Мавзу: Саломатлик зоналари (жисмоний ривожланиш) – бу асосий фитнесс ўйинининг ҳақиқий ҳаёти Ўқитувчи: Парпиев О. О



Download 0,92 Mb.
bet2/2
Sana13.01.2023
Hajmi0,92 Mb.
#899412
1   2
Bog'liq
1 - TAQDIMOT MT2 (2) jismoniy tarbiya

«grammatist» (savod o‘rgatish ma’nosida), «kifarist» (grekcha musiqa o‘qituvchisi ma’nosida) maktablarda tahsil olganlar. Bu maktablar xususiy bo‘lib, o‘qish pullik edi. Shuning uchun oddiy fuqarolarning bolalari bu maktablarda ta’lim ololmas edilar.
o‘g‘il bolalar 13—14 yoshga yetganlaridan keyin palestra («kurash maktabi») deb atalgan o‘quv yurtiga o‘tar edilar. Bu o‘quv yurtida ular ikki—uch yil davomida jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanar edilar. Masalan, sakrash, yugurish, kurash tushish, disk va nayza irg‘itish, suvda suzish kabilar o‘rgatilardi. Palestrada o‘qish tekin edi, shuning uchun
ham yoshlarning ko‘pchilik qismi palestrada o‘qish bilan cheklanib qolar edi.
Yoshlarning badavlat oiladan bo‘lgan qismi palestrani tugatgach gimnaziyaga (jismoniy, ijtimoiy tarbiya) kirar edi. Ularga falsafa, siyosat, adabiyot fanlari o‘rgatilgan. Bu maktabni tugatgan yoshlar davlatni boshqarishda qatnashishlari mumkin edi. Nihoyat, Spartada bo‘lgani kabi, Afinada ham 18 dan 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar Efeblar qatoriga o‘tib, harbiy xizmatga tayyorlanar va o‘zlarini siyosiy bilimlarini oshirishni davom ettirar edilar.
Sharq ma`naviy-ma`rifiy ta’limotlarida jismoniy tarbiya masalalari
Ma’lumki, miloddan oldingi 7-asrning oxiri – 6-asrning
boshlarida Movarounnahr va Xuroson xalqlari yashagan hududlarda ko‘hna sivilizatsiyaning ilk kurtaklari paydo bo‘lgan Insonlarni komillikka, yetuklik va barkamollikka yetaklovchi kuch: aql-idrok, boy tafakkur, teran fikr, ma’naviy-axloqiy poklik va ruhiy pokizalik zardushtiylik ta’limotining asosiy negizini tashkil etar ekan, buyuk kelajagimizni quruvchi yoshlarni voyaga yetkazish jarayonida ajdodlarimiz ta’lim tizimida qo‘llanilgan ta’lim va tarbiya usullaridan foydalanish muhim a hamiyat kasb yetadi.
Avesto” hamda pandnomalarda zikr etilgan ta’lim tizimidagi ta’limiy-axloqiy fikr va qarashlarni o‘rganish, undagi g‘oyalardan bugungi ta’lim tizimida foydalanish muhimdir. Zardushtiylar ta’limotining ma’naviy-axloqiy mohiyatini shaxs tarbiyasi, uning har tomonlama barkamolligi g‘oyasini tasavvur etib bo‘lmaydi.
Ustozlar ta’limini olgan va tegishli malakalarga ega bo‘lgan qizlar 15, o‘g‘il bolalar esa 17 yoshida “lagomzadan” va “zin zadan” imtihonidan o‘tgan. Natijada ular balog‘at yoshiga yetgan, ro‘zg‘or yuritishni o‘rganib, “kadbonu”(uy bekasi), “kad xudo” (uy xojasi, oila boshlig‘i) bo‘lish, cho‘pon cho‘lig‘ini olib, ot surib, tuya minib yurish huquqini qo‘lga kiritishgan. Alohida iqtidorli yigitlar esa chavandozlikka maxsus tayyorlangan, harbiy mashqlarda ishtirok etgan.
Zardushtiylarda jismoniy va mehnatsevarlik tarbiyasidan nazarda tutilgan asosiy maqsad yoshlarni harbiy-jangavorlikka va mehnatsevarlikka tayyorlash, ularni jismonan va mehnatda chiniqtirishdan iborat edi. o‘g‘il bolalarga kurash tushish, otga suvliq solish va uni egarlash, mol boqish hamda, tuya-otlarni parvarishlash, ularni boshqara olish, yaylovlarda suruvlarni o‘tlatish, chorvani yirtqich hayvonlar va qaroqchilardan muhofaza qilish uchun 50 dan ziyod harbiy qurolni ishlata bilish malakasini egallash majburiy bo‘lib, chavandozlik va yana o‘ttiz ikki harbiy hunar o‘rgatilgan.
“Vandidod”ning 14-fargardida jangchilarning qurol- aslahalari nomlari keltirilgan. Bular: nayza, qilich, gurzi, kamon, cho‘qmor, to‘qmoq, vazra (sariq ma’dan tunjdan yasalgan jang boltasi), kamand, kamon, zirh, tiara va hk.lardir. Yuqori ta’limda harbiy yo‘nalish bo‘yicha tegishli bilimlarni egallagan, o‘zining jasurligi, qahramonligi, vatansevarligi va mardonavorligini ko‘rsata olgan zardushtiylargina keyinchalik sipohbed (qo‘mondon) va hazorpad (gvardiya boshlig‘i, bosh qo‘mondon) lavozimlarini egallay olganlar.
Zardushtiylarda qiz bolalarga hunar o‘rgatish, o‘qitib bilim berish qat’iy yo‘lga qo‘yilgan. Zeroki, o‘qimishli, hunarmand qiz o‘z kasbi, bilimi bilan dastlab ota-ona xonadonini obod, saranjom qilib yursa, jufti halolinikiga borganda, oilani boshqarish bilan birga kelajak avlod ta’lim va
tarbiyasi bilan jiddiy shug‘ullanishiga to‘g‘ri kelgan. Shu tariqa qiz bolalarga jundan ip yigirish, urchuq va charxda ishlash, matolar to‘qish, namat va kigiz bosish, liboslar tikishdan tashqari, o‘g‘il bolalar bilan birga kurash tushish, otda chopish, qilichbozlik va o‘z raqibidan o‘zini qalqonda himoya qila bilish, ot bilan har xil to‘siqlardan, balandliklardan o‘tish, suvda suzish, uzoqqa yugurish, nayza irg‘itish, kamondan o‘q otish kabi boshqa jismoniy- harbiy malakani egallash ham majburiy bo‘lgan.
Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi qomusiy olimlar o‘z asarlarida inson kamolotining asosiy negizlaridan biri sifatida jismoniy tarbiyani e’tirof etganlar.
Ibn Sino
aqliy, axloqiy tarbiya bilan bir qatorda, inson kamolotida jismoniy tarbiyaning muhim a hamiyatini ham nazariy, ham amaliy jihatdan tahlil yetadi. Ibn Sinogacha insonning kamolga yetishida jismoniy tarbiyaning ta’siri haqida bir butun, yaxlit, ta’limot yaratilmagan edi. Ibn Sino birinchi bo‘lib jismoniy tarbiyaning ilmiy pedagogik jihatdan bir butun tizimini yaratdi. Jismoniy mashqlar, to‘g‘ri ovqatlanish, uyqu, badanni toza tutish tartibiga rioya etish inson sog‘lig‘ini saqlashda muhim omillardan ekanligini ham ilmiy, ham amaliy jihatdan asosladi. Bolaga ham hali u tug‘ilmasdan turib g‘amxo‘rlik qilish, go‘daklik davridan boshlab tarbiyani boshlash zarurligini ta’kidlaydi. Bolaning yetuk inson bo‘lib shakllanishida unga g‘amxo‘rlik, poklik, mas’uliyatni his etish, do‘stona manosabatlar tuyg‘usini singdirib borish zarur, deydi olim.
Buyuk sohibqiron Amir Temur jismoniy tarbiyaga katta e’tibor qaratgan. «Temurnoma» da yozilishicha, Temur o‘spirinlik davrida tengdoshlari bilan o‘zining ko‘p vaqtini jismoniy mashqlar va harbiy o‘yinlarga ajratgan. Temurning o‘zi va o‘yinlarning boshqa ishtirokchilari ham katta jismoniy tayyorgarlikdan so‘ng buyuk lashkarboshilar bo‘lib yetishgan.
Ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy (1441-1501) o‘z asarlarida jismoniy tarbiya va sport g‘oyalarini oldinga surib, o‘z qahramonlarini jismonan kuchli, baquvvat va chiroyli insonlar sifatida ta’riflagan. asarlarida jismoniy tarbiya va sport g‘oyalarini oldinga surib, o‘z qahramonlarini jismonan kuchli, baquvvat va chiroyli insonlar sifatida ta’riflagan.
Respublikada oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, imkoniyatlari cheklangan shaxslarning jismoniy reabilitatsiyasi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatda yuksak madaniyatga ega bo‘lgan har tomonlama yetuk hamda jismonan sog‘lom insonni shakllantirish maqsadida, aholining jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarni belgilash, iqtidorli sportchilarni tanlab olish (selektsiya) jarayoniga innovatsion shakllar va usullarni joriy etish maqsadida o‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvar PF-5924 sonli “o‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmoni chiqarildi.
Zamonaviy sport inshootlarining bunyod etilishi diyorimizda eng yirik xalqaro musobaqalarni o‘tkazish imkoniyatini bermoqda. Sport inshootlari jismoniy tarbiyaning moddiy texnikaviy asosi hisoblanadi. Ular maxsus qurilgan inshootlar bo‘lib, barcha sport turlaridan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazishga mo‘ljallangan bo‘ladi. “Sport inshootlari” fani sport pedagogikasi bosqichida uning bir bo‘lagi hisoblanadi.
ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!
Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish