Joydan joyga ko'chishlar Bu guruhga turli harakatdagi joydan joyga ko'chish
bilan bog‗liq bo‗lgan mashqlar kiradi.
Safqadam - oyoqni poldan 15-20 sm baland ko'tarib oldinga qo‗yiladi (tovonni
gorizontal tutish va polga tovonning butun vuzasini qattiq qo‗yish zarur), qo‗llar
oldinga harakatlantirilganda ularni beldan bir qarich balandga (tanadan har bir
qarich uzoq-likka) ko‗tarib, tirsaklarda bukiladi; qo'llar orqaga yo'naltirilganda
ularni to‗ppa-to‗g'ri tutib yelka bo‗g‗inidan oxirigacha uzatiladi, panjalar musht
qilib tugiladi. Buyruq «Shahdam QADAM BOS!»
Saf qadamining quyidagi turlari ham borki, unda qo‗l harakati katta ko'lamda
bajariladi (oldinga yelka balandligigacha, orqaga oxirigacha va tanadan
chetroqda), oyoqlar bilan harakat xuddi saf qadamdek bo‗ladi. Saf qadamining bu
turi ommaviy gimnastika chiqishlari va sportchilarning tantanali o‗tishlarida keng
qo‗lla-niladi.
Oddiy qadam saf qadamidan erkinroq harakat qilish bilan farq qiladi.
Buyruqlar:
a) «QADAM
BOS!»
Harqanday
qadam
bilan
harakat
qilishda
(hatto bir qadamga ham) beriladigan buyruq;
b) «Oddiy qadam bilan (yugurib) QADAM BOS!» Yurish-ning, yugurishning
bir turidan boshqa turiga o‗tishda va harakat chog‗ida bajariladigan mashq
tugagandan
so‗ng
oddiy
yurishga
o‗tish
uchun beriladi. Bajarilishi kerak bo'lgan buyruq chap oyoqqa mo'ljallab beriladi.
Turgan joyda harakatlanish. Buyruqlar:
a) «Joyda (yugurib) QADAM BOS!»;
b) «Yetakchi, JOYIDA!» buyrug‗i yurib (yugurib) borayotgan guruhni bir
qadamli masofaga yig‗ish zarur bo‗lganda beriladi, chunki mashq bajarganda,
odatda, masofa uzoqlashadi.
Joyda turib harkatlanishdan yurishga o‗tish. Buyruqlar:
a) «TO‗G‗RIGA!» Chap ovoqdan beriladi. O‗ng oyoq bilanturgan joyda qadam
bosib, chap oyoq bilan oldinga harakat bosh-lanadi;
b) «Ikki (ikki, uch va to‗rt h.k.) qadam oldinga (ortga, yonga) QADAM BOS!».
Harakatni to‗xtatish uchun «Guruh TO‗XTA!» buyrug‗i (chap oyoqdan) beriladi.
O‗ng oyoq bilan bir qadam bosiladi va chap oyoqni o‗nggajuftlashtiriladi.
Joydan joyga ko‗chishning ifodasini o‗zgartirish uchun quyidagi buyruqlar
beriladi: «Bir-birini QADAMIGA MOS kelmagan!», «Bir-birini QADAMIGA
MOS!» Bu buyruqni bergandan keyin, butun guruh bajargunga qadar sanab borish
zarur.
Qadam kengligi va harakat tezligini o‗zgartirish uchun bunday buyruqlar beriladi:
«Shaxdam QADAM bilan»,«Kichik QADAM bilan!», «Tez, to‗liq QADAM
bilan!», «Yarim QADAM bilan!»
Yugurish harakatidagi buyruqlar: «YUGURIB!» Agar yurishdan yugurishga
o‗tilsa (musiqa bilan), bajariladigan buyruqlar chap oyoqdan beriladi, o‗ng oyoq
bilan qadam tashlab, chap oyoqdan yugurish boshlanadi. Musiqa jo‗rligida
yugurishdan yurishga o‗tishda bajariladigan harakat ham xuddi shunday «QADAM
BOS!» buyrug‗i beriladi. Agar musiqa jo‗r bo‗Imasa, «QADAM BOS!» buyrug‗i
o‗ng oyoqdan beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |