Havo transporti
.
Hozirgi vaqtda Rossiya havo yo'llari orqali dunyoning istalgan shahar yoki davlatlari bilan
bog'langan. Mamlakatning poytaxti Moskva shahriy xalqaro talablarga javob beruvchi Vnukova,
Sheremetyevo, Bikova, Domodedova kabi yirik aeroportlar ishlab turibdi.
Havo transporti
mamlakatning Shimol, Sibir va Uzoq Sharq rayonlarida borishi qiyin bo'lgan shaharlarni xo'jalik
maqsadlarda foydalanishda muhim rol o'ynaydi.
G) Tashqi iqtisodiy aloqalar.
Rossiya Federasiyasi so'nggi yillarda dunyoning ko'pgina mamlakatlari
bilan faol tashqi
iqtisodiy aloqalarni olib bormoqda. 1994 yilda Rossiya bilan Yevropa Ittifoqi bilan sherikchilik
va hamkorlik to'g'risida shartnoma imzolandi. Hozirgi vaqtda
Rossiya dunyoning Germaniya,
Xitoy, Italiya,
Yaponiya, AQSH, Buyuk Britaniya kabi rivojlangan
mamlakatlari bilan tashqi
iqtisodiy aloqalar olib bormoqda. Bundan tashqari Rossiya tashqi iqtisodiy
aloqalarida Sharqiy
Yevropa va MDH mamlakatlari ham muhim o'rin tutadi.