Mavzu: Rivojlangan mamlakatlarda inflyasiyaga qarshi siyosatning xususiyatlari


Germaniya energiya inqirozi fonida inflyatsiyaga qarshi kurashga 65 mlrd yevro yo‘naltiradi



Download 0,93 Mb.
bet5/11
Sana13.02.2023
Hajmi0,93 Mb.
#910652
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi Nuraliyev

Germaniya energiya inqirozi fonida inflyatsiyaga qarshi kurashga 65 mlrd yevro yo‘naltiradi


Germaniya hukmron koalitsiyasi 65 milliard yevrolik yordam paketi haqida kelishib oldi, u inflyatsiya o‘sishi va energiya xarajatlari ko‘payishi fonida fuqarolar va kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratiladi, deb yozadi Meduza.

Olaf SholsFoto: AFP
“Mamlakatimiz qiyin davrlarni boshidan o‘tkazmoqda. Biz hech kimni yolg‘iz qoldirmaymiz. Shu qishdan eson-omon chiqamiz”, — dedi Germaniya kansleri Olaf Shols matbuot anjumanida. Kansler qo‘shimcha qilishicha, “Rossiya endi ishonchli energetik sherik bo‘lmay qolgan”.E’lon qilingan yordam paketi doirasida 2022-yil 1-dekabrdan pensionerlarga 300 yevro, talabalarga esa 200 yevro miqdorida bir martalik to‘lovlar beriladi. Uy-joy nafaqasi olish huquqiga ega bo‘lganlar isitish tizimi uchun qo‘shimcha 415 yevro nafaqani qo‘lga kiritadi. Uy-joy nafaqasi olish huquqiga ega bo‘lgan odamlar soni ikki million kishiga yetkaziladi.Shuningdek, Olaf Shols ma’lum qilishicha, Germaniya hukumati ko‘zda tutilmagan soliqlardan tushgan daromadni yakuniy iste’molchilar uchun gaz, neft va ko‘mir narxini pasaytirish uchun ishlatmoqchi.Hukumat aholini transport uchun arzon chiptalar bilan ta’minlashga 1,5 milliard yevro yo‘naltiradi, shuningdek, energiya sig‘imi katta bo‘lgan to‘qqiz mingta kompaniyaga 1,7 milliard yevro miqdorida soliq imtiyozlarini taqdim etadi. Germaniya Moliya vazirligi qayd etishicha, yangi yordam paketi qo‘shimcha budjet xarajatlarini talab qilmayd.Bu inflyatsiyaga qarshi kurashga yordam berishga mo‘ljallangan uchinchi paket bo‘lib, uning hajmi avvalgi ikkita paketning birgalikdagi hajmidan ham ko‘proq. Germaniya hukumati ushbu chora-tadbirlarga jami 95 milliard dollar yo‘naltirgan.Germaniyada energiya inqirozi 2-sentabr kuni “Gazprom” Yevropaga gaz yetkazib bergan “Shimoliy oqim” gaz quvurini noma’lum muddatga to‘xtatib qo‘yganidan keyin kuchayib ketdi.

Yaponiyada inflyatsiya 40 yillik rekord darajaga yetdi


Yaponiyada asosiy iste’mol inflyatsiyasi oktabr oyida 3,6 foizga o‘sdi, bu 40 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Bu haqda hukumat ma’lumotlariga tayanib, Kyodo agentligi xabar bermoqda.

Foto: Bloomberg
Mamlakatdagi inflyatsiya Yaponiya Markaziy bankining 2 foizlik maqsadli ko‘rsatkichidan oshib ketdi. Odatda Yapniyada inflyatsiya o‘rniga deflyatsiya kuzatiladi. Narxlarning oshishi ketma-ket 14 oy davom etmoqda. Bunga energiya narxining oshishi va Yaponiya milliy valyutasining rekord darajadagi past kursi sabab bo‘lmoqda. Iyena kursi 32 yillik eng past darajaga tushib ketdi.Shu bilan birga, Yaponiya banki rahbari Xaruxiko Kuroda inflyatsiya barqaror bo‘lmaydi va shuning uchun pul-kredit siyosatini zudlik bilan o‘zgartirishni talab qilmaydi, deb hisoblaydi.Import qilingan xomashyo narxlari oshib borayotgan bir paytda, past iyena kursi iqtisodiyot uchun noqulaydir.Sentabr oyida mamlakatda inflyatsiya darajasi 3 foizga yetgandi.

Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish