Elektron – paramagnet rezonans. Elektron spini doimiy magnit maydonda ikkita sathga parchalaladi, ular orasida o„tishlar imkoni bor.
Magnit maydon yo„qligida elektronlar spini doimiy magnit maydonda ikkita sathga parchalanadi, ular orasida o„tishlar imkoni bor.
Magnit maydon yo„lidagi elektronlar spinlari fazoda tartibsiz yo„nalgan va yig„indi magnit moment nolga teng. Modda namunasi doimiy magnit maydonda joylashganda spinlar maydon bo„ylab yoki maydonga qarshi yo„nalgan bo„ladi. Spinning magnit maydoniga parallel yo„nalishi energiya jihatidan antiparallel yo„nalishga nisbatan qulay bo„lganligi sababli elektronlar spinlarining ko„p qismi magnit maydon bo„ylab yo„nalgan bo„ladi. Oqibatda induksiyalangan magnitlanish vujudga keladi, magnitlanish vektori magnit maydon bo„ylab yo„nalgan bo„ladi, yani Pauli paramagnetizmi paydo bo„ladi. Qo„shimcha yuqori takroriylikli maydon, muayyan takroriylikda, maydonga parallel spinli elektronlarni antiparallel yo„nalishli holatga o„tkazadi, demak, yuqori takroriylikli elektromagnit maydon energiyasi kuchli yutiladi elektron paramagnet rezonans hodisasi yuz beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |