Rezbalarni nazorat qilish uslublari
Rezbani nazorat qilishning ikki uslubi mavjud:
Tabaqalashtirilgan - har bir parametrni alohida holida nazorat qilish;
Kompleks - rezba konturining oldindan berilgan joizlik maydonida joylashishini nazorat qilish.
Birinchi uslub juda ko‘p mehnat talab qiladi va aniq rezbalar: yurgizuvchi vintlar, rezbali kalibrlar, aniqlagichlar uchun qo‘llaniladi.
Ikkinchi uslub chetki kalibrlar yordamida yoki chetki konturlarga ega proektorlar va shablonlar yordamida bajariladi.
Silindrik rezbalarning yaroqliligini nazorat qilish uchun kalibrlar rezbaning yaroqliligini nazorat qiladigan qattiq vositalar komplekti sifatida amal qiladi. Ularning afzalligi shundaki, ular buraladigan detallarning rezbasining to‘liq o‘zaro almashuvchanligini ta’minlaydi.
Bunday kalibrlarning ikki kategoriyasi: ichki va sirtqi rezba uchun mavjud, ular chetki kalibrlarga kiritiladi, shuning uchun o‘tkazadigan va o‘tkazmaydigan turlarga bo‘linadi, ularning har qaysisi joizlik maydonining o‘ziga tegishli qismini nazorat qiladi.
YUzasining shakli bo‘yicha ular rezbali va silliq turlarga bo‘linadi.
Rezbali o‘tkazadigan kalibrlarda - rezba vintlarining to‘liq profili, rezbali o‘tkazmaydiganlarida esa - qisqartirilgan profili bor.
O‘tkazadigan kalibrning to‘liq profilli rezbasi yuqori aniqlik bilan bajarilgan nominal profil konturiga egadir.
Qisqartirilgan rezba buramaning vintga doir yuzasining balandligi bo‘yicha kamaytirilgan va detaining rezbasi bilan faqat uning vintga doir yuzasining 1/3 balandligi bo‘yicha tegib turadi.
Rezbali birikma detallari rezbasining yaroqliligini nazorat qilish kalibrlarning ikkita komplekti bilan bajariladi.
1.(Boltlarning) sirtqi rezbasini nazorat qilish uchun kalibrlar komplekti:
a) rezbali o‘tkazadigan kalibr - PR xalqasi - rezba profili to‘liq, kompleks eng katta keltirilgan o‘rta diametr dpriv ni va ayni bir vaqtda d1nb (boltning eng katta ichki diametri) nazorat qiladi. Agar ushbu kalibr PR unga erkin buraladigan bo‘lsa, bolt ishga yaroqlidir;
b) rezbali o‘tkazadigan kalibr - NE xalqasi - rezba profili qisqartirilgan, tabaqalashtirilgan tarzda d2nm (boltning o‘zining eng kichik o‘rta diametri) nazorat qiladi. Agar ushbu kalibr NE unga ikki aylanishdan ko‘proq buraladigan bo‘lsa, bolt ishga yaroqlidir;
v) silliq o‘tkazmaydigan kalibr - NE. d1nm (boltning eng kichik sirtqi diametri) nazorat qiladi. Agar ushbu kalibr-skoba PR o‘zining og‘irligi ta’sirida undan o‘tsa, bolt ishga yaroqlidir;
g) silliq o‘tkazmaydigan kalibr - NE skobasi. dnm (boltning eng kichik sirtqi diametri) nazorat qiladi. Agar ushbu kalibr-skoba NE o‘zining og‘irligi ta’sirida undan o‘tmasa, bolt ishga yaroqlidir.
2.(Gaykalarning) ichki rezbasini nazorat qilish uchun kalibrlar komplekti:
a) rezbali o‘tkazadigan kalibr-probka PR, rezba profili to‘liq, kompleks eng kichik keltirilgan o‘rta diametr dpriv ni va ayni bir vaqtda dnm (gaykaning eng kichik sirtqi diametri) nazorat qiladi. Agar ushbu kalibr PR unga erkin buraladigan bo‘lsa, gayka ishga yaroqlidir;
b) rezbali o‘tkazmaydigan kalibr-probka NE. Rezba profili qisqartirilgan, tabaqalashtirilgan tarzda d2nb (gaykaning o‘zining eng katta o‘rta diametri) nazorat qiladi. Agar ushbu kalibr NE unga ko‘pi bilan ikki aylanishgacha buraladigan bo‘lsa, gayka ishga yaroqlidir;
v) silliq o‘tkazadigan kalibr-probka NE. d1nm (gaykaning eng kichik ichki diametri) nazorat qiladi. Agar ushbu kalibr-probka PR o‘zining og‘irligi ta’sirida undan erkin o‘tsa, gayka ishga yaroqlidir;
g) silliq o‘tkazmaydigan kalibr-probka NE. D1nb (gaykaning eng katta ichki diametri) nazorat qiladi. Agar ushbu kalibr-probka NE unga uning rezbasi qadamining ko‘pi bilan bir qadamigacha o‘tsa, gayka ishga yaroqlidir.
Silindrik rezbalar uchun kalibrlar o‘lchamlari ushbu kalibrlarning joizliklari maydonlari doirasida tayyorlanadi. Ushbu joizliklar maydonlarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, o‘tkazmaydigan rezbali xalqalar va probkalar uchun eskirishga joizliklar maydonlari nazarda tutilgan.
Rezba frezalash ko'p tarqalgan usullardan biri bo'lib, uning yordamida turli profildagi (kvadrat profildan tashqari) ichkiva tashqi rezbalarni hosil qilish mumkin.
XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Rezbani nazorat qilishning ikki uslubi mavjud:
Tabaqalashtirilgan - har bir parametrni alohida holida nazorat qilish;
Kompleks - rezba konturining oldindan berilgan joizlik maydonida joylashishini nazorat qilish.
Birinchi uslub juda ko‘p mehnat talab qiladi va aniq rezbalar: yurgizuvchi vintlar, rezbali kalibrlar, aniqlagichlar uchun qo‘llaniladi.
Ikkinchi uslub chetki kalibrlar yordamida yoki chetki konturlarga ega proektorlar va shablonlar yordamida bajariladi.
Rezba detallarning sirtqi (bolt, shpilka, vint) va ichki (gayka, uyacha, mufta) yuzalarida yasalishini ko’rish mumkin.
Barcha rezbalar maqsadi, buramalarining profili, kirishlar soni, o‘qli kesimi konturining buralishi yo‘nalishiga va liniyali o‘lchamlarini o‘lchash birligiga qarab tasniflanadi.
Maqsadi bo‘yicha ular - umumiy va maxsus rezbalar bo‘ladi.
Sanoatning har qanday tarmoqlarida ishlatishga mo‘ljallangan rezbalar umumiy maqsaddagi rezbalarga kiradi. Bular mahkamlovchi (detallarni mahkamlash uchun), turli vintli mexanizmlarda harakatlarni hosil qilish uchun tartibga soluvchi, buyumlarning germetik biriktirilishi uchun quvurli va armaturali rezbalardir.
Maxsus maqsadli rezbalar faqat sanoatning ayrim tarmoqlaridagi muayyan buyumlar uchun mo‘ljallangan, masalan, elektr chiroqlarining sokollari, protivogazlar uchun rezbalar, optik asboblar uchun okulyarli rezbalar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |