Mavzu; Rezbalar va ularni chizmada belgilanishi.
Maqsad; a. Ta’limiy;
O’quvchilarga rezbalar , ularning belgilanishi haqida
ma’lumotlar berish.Chizma texnikaning tili ekanligini
tushuntirish. Mavzunu hayotga bog’lab o’rganish.
b. Tarbiyaviy;
O’quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash.
Ularni kasb va hunarga yo’naltirish.Ma’naviy tarbiya berish.
v. Rivojlantiruvchi;
O’quvchilarda mavzuga oid bilim ko’nikma va malakalarini
Rivojlantirish. Tafakkur qobiliyatlarini rivojlantirish.
Dars turi; yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi;
Dars usuli; no’ananaviy, amaliy, ko’rsatmalilik.
Dars jihozi; didaktik ko’rgazma, kompyuter, klaster, tarqatma,chizma,test,
Proyeksion ko’rgazmalar.
Darsning borishi; 1. Tashkiliy qism;
O’quvchilar bilan salomlashib,diqqatini darsga jalb qilish.
Navbatchi axborotini tinglash.
Xona tozaligani nazorat qilish.
Siyosiy daqiqa o’tkazish;
O’qituvchi; 2018-yil qanday nomlandi va ushbu yilda amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr bildiring.
CHizmachilik faniga oid DTS talablaridan aytib o’tish.
Ma’naviy daqiqa o’tkazish;
O’qituvchi; Bahor fasli bayramlarga boy fasl. Jumladan bu faslning ilk bayrami 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayramidir. Ona haqida har qancha garirsak ham oz. Hozir onalarni madh etuvchi she’rni tinglaymiz.
Onangiz yonida bir zum o’tirib,
Mehrli ko’zlarga bir to’yib qarang,
Dunyo ishlarini bir chetga surib,
Onasi hayotlar onangiz asrang.
Hayotdan ketganda qadri bilinar’
Tomoqqa hattoki suv ham ilinar,
Pushaymon bo’larsiz, bag’ir tilinar,
Onasi hayotlar, onangiz asrang.
O’qituvchi; Yoshlar ittifoqining maqsad va vazifalari nimadan iborat ?
Javob; Yoshlarni bir markazga jamlab, mustaqil davlatimiz uchun kerakli foydali ishlarni amalga oshirish uchun bajaradigan ishlarga ko’mak berishdir.
2. O’tgan mavzuni mustahkamlash;
a. Test savollari tarqatiladi;
1- test; Qanday masala ijobiy hisoblanadi?
a.javobi bitta bo’lsa b. javobi yo’q bo’lsa
c. javobi ko’p bo’lsa d. javobi no’malum bo’lsa
2-test; Loyihalashga doir ishlar nimaga bog’liq?
a.grafik tasvirlarga b. fikrlashga
c. ixtiro qilishga d. ijodiy yondashishga
3- test; Texnik rasm nimaga asoslanib chiziladi?
a.perespektivaga b. aksonometriya turlaridan biriga
c. ixtiyoriy d. mashtabga
4-test; Eskizlarda o’lchamlar qanday qo’yiladi?
Chizilgan eskizdan o’lchab b.detalni aslidan o’lchab.
c.detalni yaqol tasviridan o’lchab d. ixtiyoriy o’lchab.
5-test; Qirqimning qismi bilan ko’rinishning qismini birlashtirib tasvirlashda
Qismlar o’zaro teng bolish shartmi
Ahamiyati yo’q b. shart c. kesim. d. mahalliy qirqim.
6-test; Kesuvchi tekislik H-ga parallel olinsa, qanday qirqim hosil bo’ladi?
Frontal b. gorizontal c. profil d. kesim
Savollar ‘’Ma’naviyat daraxtidan’’ olib beriladi.
1-savol; Buyum deb nimaga aytiladi?
2- savol; Komplekt nima?
3- savol; kompleks chizma qanday chizma?
4- savol; Yig’ish chizmasi qanday chizma?
5- savol; Detal chizmasi qanday chiziladi.?
6- savol;Sretsifikasiya nima.?
3. YANGI MAVZUNI BAYONI;
Rezbalar va ularni chizmada tasvirlash.
Reja;
Rezba haqida ma’lumot
Rezbalarni belgilash.
Rezbalarning ishlatilishi.
Ajraladigan biriktirishda asosan rezbali detallar ishlatiladi. Shuning uchin rezbalar to’grisida tushunchaga ega bo’lishimiz zarur.
Chizmada rezbalar O’Z DST2.311;2003 bo’yicha shartli tasvirlanadi.
Rezbalar o’yilishiga qarab 2 xil bo’ladi. Boltga o’yiladigan rezbalar sterjenga oyiladi, gaykaga oyilgan rezbalar teshikda oyilgan deyiladi. Sterjenga
Oyilgan rezbaning katta tashqi diametric d asosiy tutash yo’g’on chiziqda
, kichik ichki diametric d1 ingichka tutash chiziqda tasvirlanadi. Gaykada oyilgan rezbani kichik diametric d1 asosiy yog’on tutash chiziqda, katta diametri d ingichka tutash chiziqda tasvirlanadi.
Rezbalarni shartli tasvirlashda qarab tasvirlash qiyin.Shunung uchun rezbalarni chizmalarda ilarning tashqi diametric d va qadami p bilan belgilanadi. Rezba qadami va diametrini belgilovchi yozuv rezbani belgilash deyiladi. Rezbalarni turi ko’p. Ularning metric va quvurlisi bilan tanishamiz.
Metrik rezbaning profile teng tomonli uchburchak bo;lib, uchidagi burchagi 60 gradusga teng. Metrik rezbalar mayda va yiruk qadamli qilib tayyorlanadi.
O’lchamda rezbaning mayda qadamligi ko’rsatilsa , yirik qadamli rezbada qadami ko’rsatilmaydi. Metric rezbalar o’lcham soni oldiga M xarfi qo’yiladi.
Masalan; tashqi rezbasi 25mm, qadami 2mm bo’lgan rezbaning shartli belgilanishi M24x2 ko’rinishida bo’ladi. O’lcham chiziqlari rezbaning katta diametridan chiqariladi. Quvurli rezbalar bosim ostida ishlaydigan suyuqlik va gaz quvirlarida qo’llaniladi.
Mavzuni mustahkamlash.
Klaster topshiriqlarini bajarish;
CHIZMA TURLARI
Mashinasozlik Qurilish-muhandislik Topografik
Chizmalari chizmalari chizmalar
BIRIKMA TURLARI
Ajraladigan birikmalar Ajralmaydigan birikmalar
b. Tarqatmali savollar;
1.Metrik rezba qanday belgilanadi.?
2.Boltning olchami qanday bo’ladi.?
3. Gaykada faska necha tomonlama bo’ladi.?
5. O’quvchilarni baholab rag’batlantirish
6. Uyga vazifa; 25.2 chizma, mavzuni bayonlashtirish.