Rezbalarni shartli belgilash.
Metrik rezba. Metrik rezbaning prrofili teng tomonlik uchburchak bo‘lib, uchidagi profil burchak 600 ga teng bo‘ladi. (17.3-shakl). Metrik rezbaning profili va asosiy o‘lchamlari diametr va qadami O‘zDSt:2.318-96 bilan belgilangan. O‘zDSt:2.317-96 bilan metrik rezbaning 1 dan 600mm gacha bo‘lgan diametri ikki xilga bo‘linadi: yirik qadam (1 dan 68mm diametr uchun) va mayda qadam (1 dan 600mm diametrlar uchun). 6mm dan boshlab mayda qadamli rezbani har bir uchun bir qancha qadamlar mo‘ljallangan. Yirik qadamlik metrik rezba M harfi bilan shartlik belgilanadi. U rezbaning profili va nominal (tashqi) diametrini millimetrida bildiradi.
Misol, M 56, yirik qadmlik metrik tezba, nominal diametri 56mm ga tengligini bildiradi. Mayda qadamlik metrik rezbalarni shartli belgilashda qo‘shimcha uning qadami ham ko‘rsatiladi. Masalan, M56x3, rezbaning qadami 3mm ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |