Urganch - yurtimizdagi qadimiy va navqiron shaharlardan biri hisoblanadi. Urganch (Gurganch) shahri qadimda joylashgan hudud hozirgi Turkmaniston (Toshhovuz viloyati) tarkibida bo'lib, hozir K o’hna Urganch nomi bilan ataladi. K o'hna Urganch shahriga asos solinganiga 2000 yildan ortiq vaqt bo'ldi. O'zbekiston hududidagi Urganch shahriga 1646-yilda Xiva xoni Abdulg‘oziy Bahodirxon tomonidan asos solingan. XVI asr ikkinchi yarmida Amudaryo o 'z o'zanini o'zgartirib, Orol dengiziga oqa boshlaganidan so'ng Gurganch shahri (hozirgi K o'hna Urganch) suvsiz qolgan. Abdulg‘oziy Bahodirxon Gurganch, Vazir qal'alarida va ularning atroflarida tarqoq holda yashagan aholini ko'chirib Amudaryoning janubiy qismlarida joylashtirgan va aholi o'rnashgan hudud atrofini qal'a devori bilan mustahkamlab, unga “Toza Urganch”. ya’ni “Yangi Urganch” deb nom bergan. Shundan so'ng, Gurganch shahrining nomi Ko'hna Urganch bo'lib qoldi. Urganch shahri nomini kelib chiqishi yuzasidan bir necha xil qarashlar mavjud. Shaharning paydo bo'lishi miloddan avvalgi VII-VI asrlarga borib taqaladi. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”da Burunash (Orol) dengizi bo'yida Urga (Urva) shahri bo'lganligi qayd etiladi. Tabiiy ofatlar (suv toshqini. qurg‘oqchillik) tufayli shahar hozirgi K o'hna Urganch shahri hududiga ko'chirilgan. Shahar VIII asrgacha “Gurganj” nomi bilan yuritilgan.