3. Menejment ilmining kelib chiqishi
Menejment tarixi bo'yicha ma’lumotlar shuni tasdiqlaydi-ki, ilmiy tamoyillarni tashkilotning unumdorligini ko'tarish uchun ishlatish imkoniyatlari konsepsiyasi menejment ilm sifatida hali boshlang'ich holatdaligida paydo bo'lgan. Ilmiy usulning menejment muammolariga muntazam ravishda qo'llanilishi ilmiy menej-mentning asosi bo'lgan. Ammo menejment tafakkuri maktabining kelib chiqish tarixi yaqin davrlarga taalluqlidir.
Menejment ilmi Ikkinchi jahon urushi davrida Angliyada olim-lar guruhi fuqarolar mudofaasi va o’t ochish pozitsiyalari inshoot-larini optimal joylashtirish, kemaga qarshi bombalarni portlatish chuqurligini va transport karvonlarining konvoyini optimizatsiyalash kabi murakkab harbiy masalalarni yechish topshirig'ini olganda paydo bo'lgan. 50-60-yillarda uslubiyot yangilanib, bir qator o'ziga xos usullarga aylanib, sanoatda muammolarni yechishda va har xil vaziyatlarda qaror qabul qilishda kengroq ishlatila boshlandi. Bu-gungi kunda menejment ilmining model va usullari quyidagi masalalarni hal qilishda ishlatiladi: shaharlarda transport oqimlarini boshqarish va aeroportlarda harakat jadvalini optimizatsiyalashda, universitetlarda sinf va auditoriyalar ish jadvallarini tuzishda, supermarket va univermaglarda g'amlangan mollarni boshqarish-da, mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishda, turli xil mahsulotlarning reklamasiga xarajatlarni taqsimlashda, moddiy ta’minlashni rejalashtirishda, zavodda turli xil mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalar va mehnat resurslarini taqsimlashda, mavsumga beysbol bo'yicha oliy liganing o‘yin jadvalini tuzishda va h.k.
Menejment ilmining markaziy muammosi «tashkilot rahbar-larini tashkilotni bir butun holdagi jarayon sifatida uning manfaat-lari uchun tashkilot tarkibiy qismlanning o'zaro munosabatlari bi-lan bog'liq muammolarni hal qilishda ilmiy asos bilan ta’minlashdan» iborat. Bu hamma tashkilotlar uchun muhimdir, lekin bu tamoyilni yirik tashkilotlarda qo'llash ixtisoslashtirishning yuqori darajasi tufayli qiyin bo'lishi mumkin. Cherchmen, Akoff va Arnofflarning tasdiqlashicha: «Tashkilotda har bir funksional birlik (bo‘linma, bo'lim yoki sektor) umumiy ishning bir qismini bajarishga majbur. Shu har bir qism tashkilotning umumiy maqsadlariga erishish uchun zarurdir. Biroq, mehnatning bunday taqsimlanishining natijasi har bir funksional bo'linma o'ziga tegishli bo'lgan maqsadlarni ishlab chiqishidan iborat. Masalan, ishlab chiqarish bo'limi, odatda, ishlab chiqarish chiqimlarini kamaytirish va ishlab chiqarish hajmini ko'paytirish bilan shug'ullanadi. Marketing bo'limi sotish hajmi birligi chiqimlarini minimumga keltirish va u hajmni maksimumga chiqarishga harakat qiladi. Moliya bo'limi tashkilotning sarmoya yo'naltirish siyosatini optimizatsiya qilishga urinadi. Kadrlar bo'limi yaxshi ishchilarni kam xarajat qilish asosida yollash va ularni tash-kilotda ushlab qolishga bor kuchini sarflaydi. Bu maqsadlar har doim ham mohiyati bo'yicha bir-biri bilan kelishmasdan, ko'pincha bir-biriga zid bo'ladi».
Qaror qabul qilishni modellash va munosib usullar bo'yicha idora xizmatlari mutaxassislari maqsadlar farq qilishi munosabati bilan bog'liq bo’lgan murosalarni baholashga harakat qilib, qarama-qarshi maqsadlarning balansini ta’minlab beradigan alternativ qarorlarni aniqlamoqdalar
Xulosa
Menejment tushunchasi tor ma’noda biror-bir tashkilot maqsadini aniqlash va unga erishish uchun zarur bo'lgan rejalashtirish, tashkil etish va nazorat jarayonlarining foyda keltirishi, samara berishi faoliyat yo‘nalishini qanchalik to‘g‘ri tanlay bilishga, qaror-lar qabul qila olishga hamda uning boshqarilishini nazorat qilishga va bu jarayon borishiga bog'liq bo'ladi. Menejment keng ma'noli tushuncha sifatida, jahondagi menejment va uni tashkil etishning nazariyotchilaridan bin Piter Druker aytganidek, «alohida faoliyat turi bo'lib, tashkil etilmagan betartib ommani bir maqsadga yo'naltirilgan samarali va unumli guruhga, jamiyatga aylantiradi-gan, ijtimoiy o‘zgarishlarni rag‘batlantiruvchi element hisoblanadi»
Menejment insonlarni ongli mehnatga, tadbirkorlikka qiziqti-rish, ishga mas’uliyatliligini nazorat qilish, ularning bilim va ko'nikmalarini faoliyatga ijobiy ta’sir ko'rsatishini ta’minlash, rag'batlantirishni tashkil etishdir. Fanning predmeti xo'jalik yuritish-ning barcha bo'g'inlarida boshqaruvni tashkil etish shakllari va uslublarini ifodalovchi nazariy hamda amaliy tamoyillar majmuidan iborat. Menejment usullarini puxta egallagan, qo'llay biladigan rahbar nafaqat ishlab chiqarish faoliyatini samarali boshqarishga, qolaversa, butun iqtisodiyotni rivojlantirishga katta ta’sir ko'rsatadi. «Bugungi kunning eng muhim vazifasi, - deb ta’kidlaydi Preziden-timiz Islom Karimov, - hayotimizning barcha sohalarida, ayniqsa, boshqaruvda, respublika miqyosida, viloyat, tuman, qishloq va mahallalarni boshqarishda, tarmoq bo'g'inlarini idora etishda yangicha fikrlaydigan, qiyin damlarda mas’uliyatni o‘z zimmasiga ola-digan, hayot bilan hamqadam yurishga qodir, iymoni рок, bilim-don, ishbilarmon odamlarni topish, ularga ishonch bildirishdan iborat».
Menejment mahorati uning barcha uslublarini egallash, ularni to‘g‘ri baholab qo‘llash, har bir aniq vaziyatda eng samaralisini topish qobiliyatiga ega bo'lishdan iboratdir.
Menejmentning asosini obyektiv iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa qonunlarga asoslanuvchi huquqiy ilmiylik tashkil etadi. Xo'jalik yurituvchi subyektlar rahbarlari mazkur qonunlarni o'rganish va ularning aniq vaziyatlarda namoyon bo'lishini hisobga olgan holda iqtisodiyotni boshqarishning strategiya va taktikasini belgilaydilar.
Menejmentni jamiyatning iqtisodiy negizi bilan bog'lab, shu bilan birga, uning ikki: tashkiliy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy tomonlarini hisobga olgan holda o'rganish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |