Mavzu: Respeblikamizda aholini ijtmoiy muhofaza



Download 119,27 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.05.2023
Hajmi119,27 Kb.
#940423
Bog'liq
tarix222 (1)



Mavzu: Respeblikamizda aholini ijtmoiy muhofaza
qilish
va sog’liqni saqlash tizimida olib
borilgan
kompleks
chora tadbirlar.
Reja:
Kirish.
1.
Mustaqillikga erishganimizdan so’ngi o’zgarishlar
.
2. Aholini muhofaza qilish.
3. Konsitutsiyamizdagi aholining sog’liqini saqlash
bo’icha keltrib o’tlgan moddalar mazmuni.
Xulosa.


Kirish.
XX asrning so‘nggi yillariga kelib SSSR tarkibidagi respublikalar
suverentetini va inson hukuklarini poymol kilgan ma’muriy buyruqbozlik
tizimi o‘z davrini o‘tab bo‘lganligi yanada yaqqolroq namoyon bo‘la boshladi.
Bu hol o‘zbek xalqining mustaqillik uchun bo‘lgan kurashini tezlashtirib
yubordi va bozor iqtisodiyotiga asoslangan fuqarolik demokratik davlat
qurish asoslari shakllana boshladi.
I.Karimov
xalq hohish-irodasini bajarib, o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish ishiga
boshchilik qildi. 1989-yil 28-oktabrda Respublika Oliy Kengashida
O‘zbekistonning davlat tili haqida qonuni qabul qilindi. Respublikadagi
barcha rasmiy xujjatlar o‘zbek tilida yuritiladigan bo‘ldi. Ushbu qonunning
qabul qilinishi mamlakatimizning mustaqillik sari tashlagan birinchi qadami
bo‘ldi.
1990-yillarning boshlariga kelib O‘zbekistonda xalqning mustaqillikka
erishishidan iborat azaliy orzusini amalga oshirish bosh masala bo‘lib qoldi.
Mamlakatda shunday vaziyat vujudga keldiki, 
bir tomondan
, bir-biriga
qarama-qarshi bo‘lgan turli qarashlar shakllandi. Ikkinchi tomondan, o‘sha
davrdagi markaziy davlat rahbariyati mamlakat ichkarisidagi vaziyatni to‘g‘ri
baholay olmadi, milliy respublikalarda mustaqillikka erishish tobora
kuchayib borayotganining oldini ololmay qoldi.
1990-yil oxirlariga kelib Boltiqbo‘yi mamlakatlari mustaqillik to‘g‘risidagi
talablarni SSSR Oliy Kengashi majlisi va xalq deputatlari quriltoyiga
ko‘ndalang qilib qo‘yganlaridan so‘ng Prezident M. Gorbachev bir guruhi
deputatlar va rahbarlar bilan vaziyatni o‘rganish, aniqrog‘i, tazyiq qilish,
ta’sirini o‘tkazish maqsadida Boltiqbo‘yiga bordi. Guruhi tarkibida
O‘zbekiston Prezidenti I.Karimov ham bor edi. U yerda I.Karimov xaqiqat
bilan yuzma-yuz keldi va shunda juda katta qat’iyat va favqulodda jur’at
bilan munosabatini bildirdi. Komissiya ishini yakunlamasdanoq
Gorbachevni ham, uning manfaatlarini qo‘llab-quvvatlovchi 
guruhni ham
tashlab
, tezda orqaga qaytdi. Bu bilan u Boltiqbo‘yi xalqlarinining talablari
qonuniy ekanligi, mustaqillik SSSR tarkibidan chiqish-tarixiy xaqiqat, inson
haq-huquqlarinining tantanasi ekanligini oshkora namoyon qildi.
Xaqiqatdan ham, ittifoq tarkibida turib hech qanday milliy ravnaq, ma’naviy


taraqqiyot to‘g‘risida gap bo‘lishi ham mumkin emas edi.
1991-yil avgust oyiga kelib butun mamlakatda voqealar shu 
darajada
chuvalashib ketdiki
, uning yechimini topish o‘ta mushkul bo‘lib qoldi. Shu
vaziyatdan foydalanib 19-21-avgust kunlari Moskvada davlat to‘ntarishi
qilishga urinib ko‘rildi. Favqulodda holat davlat qo‘mitasi tuzilib, SSSR
Prezidenti M. Gorbachev zo‘ravonlik bilan vazifasidan chetlashtirildi.
Ma’lumki, mustaqillikka erishish ostonasida odamlarning ta’minoti,
daromadi, yashashi uchun zarur bo‘lgan kundalik mahsulotlarning eng kam
miqdori, ortiqcha ishchi kuchining bandligi kabi masalalardagi ahvol og‘ir
bo‘lgan. Buning asosiy sababi - bu yillarda har bir viloyat bo‘yicha aniq
dasturlar, ichki rezervlar hisobidan ishni to‘g‘ri 
tashkil etish
, ishlab chiqarish
quvvatlarini rekonstruksiya qilish, qancha miqdorda, kimga va qachon
qo‘shimcha xom ashyo ajratish evaziga ahvolni yaxshilash imkoniyatlari
to‘g‘risida amaliy tadbirlar bo‘lmagan. Bu davrda yildan-yilga tobora
keskinlashib kelayotgan asosiy ijtimoiy muammo - bu aholi o‘rtasida
ishsizlar sonining jadal ravishda o‘sib borishi edi. Mamlakatimiz rahbari
o‘sha davrda vujudga kelgan ahvoldan chiqish yo‘li sifatida quyidagilarni
belgilab berdi:
a

ishlarning ahvoliga xolis baho berish, respublikadagi vaziyatni
sog‘lomlashtirishning konkret va aniq-puxta dasturini ishlab chiqish;
b) hayotning barcha sohalarida qat’iy tartib va intizom o‘rnatish, rahbar
kadrlarni joy-joyiga to‘g‘ri qo‘yish, ularga nisbatan talabchanlikni oshirish.
Demak, yuqoridagi 
fikrlardan kelib chiqqan holda
, harbiy xizmatchilar bilan
olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarida
mustaqillikkacha bo‘lgan davr bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy jarayonlarni
falsafiy-mantiqiy tushunish, istiqlol tarixini anglash, tarixiy-siyosiy voqelik
va hodisalarga tahliliy yondashish, ularning bosqichma-bosqich kurashlar
evaziga qo‘lga kiritilganini idrok etish masalalarga chuqur yondashish zarur
edi. Ana shunday og‘ir, sarosimali tahdid va taxminlar paytida O‘zbekiston
rahbariyati korxona va xo‘jaliklarning 
rahbarlari
, xalq noiblari, barcha sofdil
kishilar, xalqni matonat va osoyishtalikka da’vat qildilar. Ayniqsa, Birinchi
Prezident I.Karimovning bo‘layotgan voqealarga munosabati barchani
qanoatlantirdi, uning halqqa suyanganligi u bilan dardlashganligi, xalq bilan
hukumat o‘rtasida sog‘lom munosabatning vujudga kelishiga olib keldi.
Hindiston safaridan qaytgan O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I.Karimov, 19-
avgust kuni Toshket shahrining faollari bilan bo‘lgan uchrashuvda
O‘zbekiston nuqtai nazarini ma’lum qildi va Markazdan bildirilgan qonunga
xilof bo‘lgan har qanday ko‘rsatmalarni respublika rahbariyati tomonidan
bajarilishni man etdi. 1991-yil 20-avgustda O‘zbekiston SSSR Oliy Kengashi
Rayosati va O‘zbekiston SSR Prezidenti xo‘zuridagi Vazirlar Mahkamasining
respublika rahbarlari ishtirokida qo‘shma majlisi bo‘ldi. Unda fitna
munosabati bilan vujudga kelgan 
vaziyat muxokama qilinib
,


O‘zbekistonning mustaqillikka erishish yo‘li o‘zgarmasligi haqida Bayonot
qabul qilindi. Unda O‘zbekiston Mustaqillik Deklaratsiya qoidalarini amalga
oshirish yo‘lida boraveradi, deb ko‘rsatildi. O‘sha kuni O‘zbekiston Birinchi
Prezidenti I.Karimov respublika aholisiga murojaat bilan chiqib,
O‘zbekistonning mustaqilligiga erishish yo‘li qat’iy ekanligini yana bir bor
alohida uqtirdi. Shunday og‘ir sharoitda, tarixiy vaziyatni to‘g‘ri baholay
bilish qobiliyatiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti
I.Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda O‘zbekiston
Mustaqilligi haqida qonun qabul qilishni talab qildi. Respublika Oliy
Kengashi 1991-yil 26-avgust kuni O‘zbekiston davlat mustaqilligi to‘g‘risida
qonun loyixasini tayyorlash hamda 31-avgustda Oliy Kengash sessiyasini
chaqirishga qoror qildi. 1991-yilning 31-avgustida O‘zbekiston zamonaviy
tarixining yangi davri boshlandi. Shu kuni Oliy Kengashning navbatdagi
tashqari oltinchi sessiyasi 

O‘zbekiston Respublikasining davlat
mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida” 
qaror qabul qildi
, bu bo‘yicha tegishli
bayonot bilan chiqdi va 

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining
asoslari to‘g‘risida”gi Qonunni tasdiqladi. 1991-yil 1-sentabr kuni dunyo
siyosiy xaritasida yangi mustaqil davlat - O'zbekiston Respublikasi paydo
bo'ldi . 1992-yil 2-martda O'zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotiga teng
huquqli a'zo sifatida qabul qilindi . O'zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi qabul qilingan 1992-yil 8-dekabr kuni ham tarixiy sanaga
aylandi . Bugungi kunda respublikamiz Davlat mustaqilligining ramzi
hisoblangan bayrog'i , tamg'asi va madhiyasiga ega . U mustaqillikka
erishgan kunidan boshlab iqtsodiy, ijtmoi
, madaniy va ma'rifiy sohalarda
o'ziga xos yo'lni tanladi va bu yo'ldan dadil bormoqda . Milliy iqtisodiyotning
o'sishi bilan birga, uning tarmoq tarkibi xilma-xilligi yaxshilandi .
Mustamlaka O'zbekistonda qishloq xo'jaligi sanoatga qaraganda ancha
ustivor edi . Yengil va oziq-ovqat sanoati esa og'ir sanoatga nisbatan ancha
oldinda edi . Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq qishloq xo'jaligida paxta
yakkahokimligini bartaraf etishga e'tibor kuchydi . Quyi Amudaryo iqtisodiy
rayoninning iqtisodiyoti ilgari qoloq edi . O’tmishda iqtisodiy rayonni boshqa
yerlar bilan bog’laydigan yo’llar yo’qligidan qishloq xo’jaligi asosan mahalliy
aholining oziq-ovqatga bo’lgan ehtiyojini qondirishgagina xizmat qilib kelar
edi . Jo’xori , bug’doy , sholi , kunjut , zig’ir ,qisman paxta , beda , sabzavot
va poliz ekinlari ekilgan . Quruq meva bilan mayiz shirinlik o’rnida iste’mol
qilingan . Chorvachilikda go’sht , yog’ , jun va teri olingan . Qishloq xo’jaligi
moddiy- texnika bazasining mustaxkamlanishi, temir va
avtomobil transportining barpo etilishi, havo yo’llarining ishga tushurilishi,
gaz quvurlarining iqtisodiy rayon hududidan o’tishi natijasida Quyi
Amudaryo iqtisodiy rayoni xo’jaligining rivojlanishi jadallashdi .
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday
vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining (keyingi o‘rinlarda FVDT) 2020


yildagi asosiy faoliyati favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularni bartaraf
etish va yong‘in xavfsizligini ta'minlash sohasida chora-tadbirlarni samarali
tashkil etish, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza
qilish, FVDT boshqaruv organlari hamda kuch-vositalarining tayyorgarligini
oshirish hamda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemik vaziyatni
yaxshilash bo‘yicha tadbirlarga qaratildi. Gidrometeorologik va geologik
xavfli hududlarda joylashgan 117 ta xo‘jalikdan 9 tasi doimiy, 89 tasi
vaqtinchalik xavfsiz hududlarga ko‘chirildi. Qirg‘oq mustahkamlash orqali
muhofaza qilinishi lozim bo‘lgan 460 ta xo‘jalik hamda 366 ta xo‘jalik sel,
toshqin suvlaridan muhofaza qilinib, xavf bartaraf etilgan va 159 ta maxsus
taktik-o‘quv mashqlari davomida 88 976 m3 tuproq, 44 896 m3 qum-
shag‘al, 2 290,6 m3 beton ishlari bajarilib, 70 259 p.m. o‘zan tozalash ishlari
amalga oshirilgan.
Kuz-qish mavsumida A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil' va “Angren-Pop”
elektrlashtirilgan temir yo‘llarining “Qamchiq” dovoni qismida xavfli
ekzogen geologik jarayonlar va gidrometeorologik hodisalarning oldini olish
maqsadida, avtomobil' yo‘lining 190,2-197,6 km.larida jami 563 076 m3
hajmda tuproq va shag‘al ishlari, temir yo‘l masofasi bo‘ylab 410 metr
masofada kyuvet tozalash ishlari, yo‘lning 7 km.lik uchastkasida 98 805 m3
hajmda tuproq ishlari bajarilib, 117-km qismida 48 dona gabion setkalar
o‘rnatilgan. Tuman (shahar) miqyosida o‘tkazilgan 31 ta qo‘mondonlik
shtab-o‘quv mashqlari hamda korxona va tashkilotlardagi 268 ta maxsus-
taktik o‘quv mashqlari davomida FVDT xizmatlari, aholi, korxona hamda
tashkilotlarda 120 350 nafar fuqarolar bilan targ‘ibot va tushuntirish ishlari
olib borildi. Hayot faoliyatini ta'minlovchi muhim ob'ektlarda tashkil etilgan
150 ta ko‘ngilli qutqaruv tuzilmalari bilan favqulodda vaziyatlarda harakat
qilish va yong‘inlarni o‘chirish bo‘yicha 8 ta amaliy-taktik o‘quv mashqlari va
5 ta mashg‘ulotlar o‘tkazilgan. Respublikadagi koronavirus infeksiyasi bilan
bog‘liq epidemik vaziyat sababli kasallik tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha
mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda 240 dan ortiq “karantin
ob'ekt”i, 550 dan ortiq savdo majmualari, 700 ga yaqin bozorlarning
faoliyati nazoratga olinib, 390 ga yaqin respublika va hududiy blok-
postlarda fuqarolar hamda avtotransport vositalarini zararsizlantirish
tadbirlari olib borilgan. Shuningdek, joriy yilning 28 aprel' kuni Buxoro
viloyatidagi yog‘ingarchilik va kuchli shamol esishi oqibatida Olot, Qorako‘l
va Jondor tumanlarida kuzatilgan tabiiy ofat hamda 1 may kuni Sirdaryo
viloyati Sardoba tumanidagi “Sardoba” suv omborida yuzaga kelgan
texnogen favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish va tiklash ishlari
bajarilgan. Kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxush
holatlar va favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, 2019/2020
yillar kuz-qish mavsumida aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanish, gaz-havo
aralashmasining chaqnashi va yong‘inlarning oldini olish uchun joylarda 60


113 ta reydlar o‘tkazilgan. Olib borilgan tadbirlar davomida jami 8 695
marta uy-joy mulkdorlar shirkatlari va 39 237 marta mahallalarning
hududlari o‘rganib chiqildi. Mazkur hududlardagi ko‘p qavatli uylarda jami
81 027 marta va ulardagi 1 224 465 ta xonadonlar hamda 5 475 049 ta
aholi turar joylari va 28 303 ta dalahovlilar o‘rganilgan, mavjud 38 885 ta
ijtimoiy soha ob'ektlaridan 37 416 tasida nazorat tartibida tekshiruvlar
o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklardan 360 461 tasi bartaraf etilgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika seysmoprognostik monitoring
markazi tomonidan Markaziy Osiyoda ro‘y bergan 1004 ta kuchli va sezilarli
zilzilalar, 26 ta nuqtadagi yer osti suvlarining namunalari tekshirilib, tahlil
qilingan. Orolbo‘yi hududida Favqulodda vaziyatlar vazirligi va O‘rmon
xo‘jaligi davlat qo‘mitasi bilan birgalikda 2018-2020 yillar davomida jami 1,2
mln. gektar o‘rmon-melioratsiya ishlari amalga oshirilgan. Bunda 1,125
ming gektar maydonda qum yig‘uvchi ariqlar tashkil etilib, Orol dengizining
suvi qurigan tubida jami 2 mln. gektar maydonda “yashil qoplamalar” –
himoya o‘rmonzorlari barpo etilgan. Orolbo‘yi hududidagi Qorao‘zak,
Taxtako‘pir, Bo‘zatov va Mo‘ynoq tumanlarida joylashgan 13 ta ovul
fuqarolar yig‘inlarida 32 ta nuqtada 15-500 metr chuqurlikda quduqlarni
burg‘ulash ishlari natijasida Orolbo‘yi hududini ko‘kalamzorlashtirishga
mo‘ljallangan 9 ta hamda mahalliy aholi uchun 87 ta artezian quduqlari
qazilib, topshirilgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Muhandislik-qurilish maxsus boshqarmasi
tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining aholisiga qulay shart-
sharoitlarni yaratish, muhandislik-qurilish tadbirlarini amalga oshirish
maqsadida 2020 yilda Mo‘ynoq tumani “Do‘stlik” mahallasi hududida 8 ta
ko‘p qavatli uylar yangidan qurilib, ulardan 5 tasi foydalanishga topshirildi
va Mo‘ynoq tumani Sudoch'e ko‘li akkum dambasining 9 km uzunlikdagi
qirg‘og‘i mustahkamlanib, Sudoch'e ko‘li suv uzatish inshootining 7 km
qismi to‘liq rekonstruksiya qilingan.
Yong‘in xavfsizligini ta'minlash sohasida 39 050 ta korxona, tashkilot va
muassasalarda tekshirishlar, 7 387 ta tadbirkorlik sub'ektlariga tegishli
ob'ektlarda yong‘in-profilaktika ko‘riklari o‘tkazilib, Davlat yong‘in
nazoratining 754 061 banddan iborat yozma ko‘rsatmalari asosida 631 657
ta (83,8 %) kamchilik bartaraf etilgan.
Shuningdek, 3 818 463 ta yakka tartibdagi uy-joylar, 42 756 ta ko‘p qavatli
uylardagi 928 111 ta xonadonlarning yong‘inga qarshi holati o‘rganilib, 110
774 ta nostandart elektr, gaz, isitish moslamalaridan foydalanish
taqiqlangan.
2020 yilda respublikada sodir bo‘lgan yong‘inlar soni 11 083 tani tashkil etib,
2019 yilning shu davriga (639 ta) nisbatan 5,5 %ga, yong‘inlarda
odamlarning kuyish tan jarohati olish holatlari 259 nafarni tashkil etib, 2019
yilning shu davriga (29 nafar) nisbatan 10,1 %ga kamaygan bo‘lsada,


odamlarning halok bo‘lish holatlari 124 nafarni tashkil etib, 2019 yilning shu
davriga (13 nafar) nisbatan 11,6 %ga oshgan. 2020 yilda respublika
hududida 133 ta favqulodda vaziyat sodir bo‘lib, (80 ta texnogen, 53 ta
tabiiy) 2019 yilning shu davriga nisbatan (157 ta, 104 ta texnogen, 53 ta
tabiiy) 15,3 %ga kamaygan. Ushbu favqulodda vaziyatlar oqibatida 276
nafar odam vafot etgan (2019 yilda 292 kishi – 5,5 %ga kamaygan) va 232
nafar odam jaroxatlangan (2019 yilda 529 kishi –56,1%ga kamaygan).
Qayd etilgan favqulodda vaziyatlarning asosiy qismini yo‘l-transport
hodisalari (27,8%), aholi uy-joylarida gaz (portlashi) chaqnashi (9%), ijtimoiy
-maishiy hamda turar-joy, bino va inshootlaridagi yong‘inlar (11,3%),
aholining tabiiy va is gazidan zaharlanishi (22%), aholining toksik
moddalardan zaxarlanish (6,8%) tashkil etgan.
2021 yilda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish
bo‘yicha tadbirlarni o‘z vaqtida va samarali olib borilishini tashkil etish
maqsadida FVDTning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
FVDTni favqulodda vaziyat (noxush hodisa)larga olib kelishi mumkin
bo‘lgan tahdidlar va xavflarni oldindan aniqlagan holda bartaraf etuvchi,
aholi hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilganda o‘z vaqtida va kompleks yordam
ko‘rsatuvchi mobil, zamonaviy va professional tizim sifatida yanada
takomillashtirish; aholi, eng avvalo, ijtimoiy himoyaga muhtoj (bolalar,
ayollar va imkoniyati cheklanganlar) aholi qatlamlari bilan muloqotni
kengaytirish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa
fuqarolik jamiyati institutlari bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va
ularni bartaraf etish sohasida o‘zaro hamkorlikni ta'minlash;
O‘zbekiston Respublikasi FVV tuzilmasini takomillashtirish, aholi va
hududlar xavfsizligiga tahdidlar, tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli
xavflar manbalarini hisobga olgan holda, tumanlar va shaharlar miqiyosida
kuch va vositalarni samarali taqsimlash, aholi hayoti va sog‘lig‘iga xavf
tug‘ilganda o‘z vaqtida va sifatli yordam ko‘rsatuvchi turli xizmatlarning
tezkor harakatini muvofiqlashtiruvchi mexanizmlar faoliyatini tashkil etish;
favqulodda vaziyat (noxush hodisa)lar sodir bo‘lishi xavfini barvaqt
aniqlash maqsadida monitoring, tahlil va prognozlash tizimini
takomillashtirish, respublika hududlarini seysmik xavflar, texnogen avariya
va halokatlar manbalari bo‘yicha tasniflash; aholini va hududlarni
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga mas'ul rahbarlar va
mansabdor shaxslar tomonidan ommaviy axborot vositalari
imkoniyatlaridan keng foydalangan holda fuqarolarni favqulodda vaziyatlar
sodir bo‘lganda harakat qilishga tayyorlash bo‘yicha ishlarni kuchaytirish;
FVDT va FVV uchun mutaxassis kadrlarni tayyorlash bo‘yicha yaxlit tizimni
yaratish tadbirlarini davom ettirish;
O‘zbekiston Respublikasida gidrometeorologik jarayonlarga ta'sir ko‘rsatish
va seysmomonitoring xizmatlarning moddiy-texnik ta'minotini yaxshilash,


o‘quv va ilmiy-texnik bazasini takomillashtirish, mutaxassislar va
qutqaruvchilarning samarali ishlashi uchun yetarli sharoitlar yaratish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish chora-
tadbirlarini tashkil qilish va amalga oshirishning barcha bosqichlarida
zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng tatbiq etish;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyat (yong‘in)lardan muhofaza qilish
bo‘yicha davlat ekspertizasi, nazorati, tekshiruvini amalga oshirish;
ta'lim muassasalari uchun “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” bo‘yicha davlat
ta'lim standartlari va o‘quv dastur (mavzu)larini takomillashtirish hamda 
amalda tatbiq etish; aholini va hududlarni favqulodda vaziyat(yong‘in)lardan
muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi sohasida huquqiy-me'yoriy
hujjatlarni ishlab chiqishni davom ettirish.


Sogʻliqni saqlash
- aholi sogʻligʻini muhofaza qilishga yoʻnaltirilgan ijtimoiy,
iqtisodiy va tibbiy tadbirlar tizimi. Sogʻliqni saqlash kasalliklarning oldini
olish va davolash, sogʻlom turmush va mehnat sharoitini yaratish, yuqori
mehnat qobiliyatini va uzoq umr koʻrishni taʼminlashga qaratilgan umumiy
tadbirlarni koʻzda tutadi; uning asosiy vazifasi bemorlarga zamonaviy,
ixtisoslashgan hamda mos tarzda yordam koʻrsatishdan iborat. Sogʻliqni
saqlash Sharqda, xususan Oʻzbekistonda uzoq tarixga ega. Ayniqsa oʻrta
asrda bu hududda tabobat ilmida yuqori bosqichlarga erishildi. Shu davrda
yunon va boshqa tillardan qad. tibbiy asarlar arab tiliga tarjima etilib,
ulardagi tavsiyalar amaliyotda qoʻllanila boshlagan. Ayni vaqtda Sharq
mutafakkirlari tabobat ilmidan olamshumul asarlar yaratganlar. Bu borada
Abu Rayhon Beruniyning "Tibbiyotda dorishunoslik" ("Kitob assaydana
fittib"), Abu Ali ibn Sinoning "Tib qonunlari" ("Al Qonun fittib") asarlari
mashhur boʻlib, jahon tabobatida uzoq davrlar mobaynida asosiy qoʻllanma
boʻlib kelgan. Ayniqsa, Abu Ali Ibn Sino davolashning yangi usullarini qoʻllab
tabib (hakim) sifatida oʻz davrida juda mashhur boʻldi. Keyingi davrlarda
ham tabiblik Turkistonda sogʻliqni saqlashning asosiy shakli boʻlib keldi.
Tabiblar madrasalarda taʼlim olishgan yoki ustozshogirdlik yoʻli bilan turli
kasalliklarga, singanchiqqanlar, yarachaqalarga davo qilishni,
xastaliklarning oldini olishni oʻrganishgan. Ularning koʻplari nafaqat
bemorlarni davolash, balki doridarmonlar tayyorlash bilan ham
shugʻullanganlar. Sohibqiron Amir Temur boshqa maʼrifiy ishlar qatori aholi
salomatligini muhofaza qilish ishiga ham alohida eʼtibor bergan. Boshqa
mamlakatlar mashhur tabiblarini poytaxt Samarqandga olib kelib, maxsus
shifoxonalar ochgan. Movarounnahr va Xurosonda 8—9-asr dayoq
shifoxonalar uchun maxsus binolar kurila boshlagan. Shifoxonalar 15-asrda
Samarqand, Buxoro kabi shaharlarda ham koʻp boʻlgan. Bunday jamoat


shifoxonalari "Dor ushshifo" ("Davolash uyi") nomi bilan yuritilib, ularda
zamonasining bilimdon tabiblari bemorlarni davolashgan. "Dor
ushshifo"dagi maxsus dorixonalarda dorishunoslar bemorlar uchun
doridarmonlar tayyorlab berishgan. Aksariyat shifoxonalarda tabiblar
bemorlarni davolashdan tashqari, tabobat ilmi bilan ham shugʻullangan.
Shifoxonalar ochishga Alisher Navoiy ham katta ahamiyat bergan.
Manbalardan maʼlum boʻlishicha, keyingi yillarda ham Turkistonning baʼzi
viloyatlarida maxsus shifoxonalar boʻlgan. Xususan, mashhur adib Vosifiy
Zayniddin Mahmud (1485— 1551) "Nodir voqealar" ("Badoyeʼ ulvaqoyeʼ")
asarida Toshkentning shahar qoʻrgʻonidan tashqaridagi Kaykovus chorbogʻi
haqida qiziqarli voqealarni bayon qilib, bu yerda xon va sultonlar uchun
shifoxona boʻlganligini yozgan..U davrlarda suv, havo, osmon, yer tozaligiga,
yaʼni zamonaviy tushuncha — ekologiyaga ahamiyat berilgan. Turkistonni
chor Rossiyasi bosib olganidan keyin oʻlkaga Gʻarbga xos tibbiy
muassasalar kirib keldi. Podsho hukumati Turkistondagi oʻz qoʻshinlarining
manfaatini koʻzlab 1868-yil Toshkentda harbiylar va amaldorlar uchun
kasalxona (lazaret) ochdi. Keyinchalik boshqa shaharlarda ham kattakichik
kasalxonalar, shifoxonalar ochila boshladi. 1872-yil Samarqandda, 1873-yil
Xivada, 1891-yil Buxoroda unchalik katta boʻlmagan kasalxonalar ochiddi.
Pekin ular, asosan, davlat xizmatchilari va rus fuqarolariga xizmat
koʻrsatgan. Xususan, ayollarga tugʻruqxona yoki kasalxonada tibbiy xizmat
koʻrsatish ishi uzoq vaqtgacha uyushmagan hodda qolib ketavergan. Faqat
1880-yil Toshkentda xayriya yoʻli bilan atigi 4 oʻrinli tugʻruqxona tashkil etildi,
ayollar va bolalarga moʻljallangan ambulatoriyalar ochildi. Mehnatni
muhofaza qilish, Sogʻliqni saqlashga doir uyushgan muntazam tizim
yoʻqpigi uchun sobiq Turkiston tuprogʻida koʻpgina yuqumli kasalliklar
haddan tashqari koʻp uchrar, baʼzida epidemiyaga aylanib,
qanchadanqancha kishilarning yostigʻini quritar edi. Chunonchi, 1872-
yildagi vabo epidemiyasi vaqtida Turkiston oʻlkasida 38 ming kishi nobud
boʻldi. 1892-yildan 20-asr boshlarigacha 6 marta vabo epidemiyasi boʻlib,
har safar minglab kishilarning yostigʻini quritdi. Oʻlkada bezgak,
leyshmanioz, traxoma, rishta va boshqa kasalliklar ham ancha koʻp uchrar
edi. Mas, Buxorodek katta shahar aholisining beshdan bir qismidan
koʻprogʻi rishta kasalligiga giriftor boʻlgan. Oʻtgan asrning 20y.larida bu
borada bir qator tashkiliy ishlar amalga oshirildi. Sogʻliqni saqpash xalq
komissarligi tuzilib, oʻlkadagi mavjud kasalxona, ambulatoriyalar va boshqa
tibbiy muassasalar davlat tasarrufiga oʻtkazildi. Davolash va
epidemiyalarga karshi kurashish uchun sayyor otryadlar tuzildi,
bakteriologik lab. ishga tushirildi, umumiy oʻrinlar soni 7 mingga yaqin
kasalxonalar ochildi. Oʻlkada chin chechak, vabo, rishta, bezgak, traxoma,
leyshmanioz singari kasalliklar, asosan, tugatildi, sil, teri kasalliklari va
boshqa kasalliklar sezilarli darajada kamaydi. Oʻlkada Sogʻliqni saqlash
tizimining moddiytexnik bazasi bosqichmabosqich kengaytirilib,
mustahkamlandi. Toshkentdagi yirik kasalxonalarda tor mutaxassisliklar
boʻyicha ixtisoslashgan koʻz, quloq, asab kasalliklari boʻlimlari va boshqa


tashkil etildi. Samarqandda yangi kasalxona, Qoʻqonda bolalar kasalxonasi,
Fargʻonada bemorlarni fizioterapevtik usullar bilan davolaydigan maxsus
shifoxona ochiddi. Toshkentda shu sohadagi kichik xususiy kasalxona
negizida 1919-yil 150 oʻringa moʻljallangan fizioterapiya instituti barpo etildi.
1920-yil Toshkentda silga kdrshi dastlabki dispanser ish boshladi. 1922-yil
vrachliksanitariya nazorati tashkiloti tuzildi. 1924-yil Toshkentda teritanosil
kasalliklari dispanseri, Buxoroda esa tropik tibbiyot instituti (hozirgi
Samarqanddagi tibbiyot parazitologiyasi i.t. instituta) ochildi. 1924-yilga
kelib Turkistonda 6 tropik stansiya va uning joylardagi tarmoqdari ishlab
turdi. 1924-yil respublikada 53 kasalxona, 151 ambulatoriya (ularning 79
tasi qishloq joylarida), 40 feldsherlik punkti va boshqa muassasalar bor edi.
Shu yillarda tibbiyot taʼlimini yoʻlga qoʻyish va mahalliy aholidan tib
mutaxassislari tayyorlashga kirishildi. 1918-yilda Toshkentda dastlabki
tibbiyot oʻquv yurti — hozirgi Oxunboboyev nomidagi Respublika tibbiyot
bilim yurti, oradan bir yil oʻtib, oliy tibbiyot maktabi ochildi, feldsherlik
kurslari, qisqa muddat oʻqitiladigan jarroxlik kurslari, muruvvat hamshiralari
kurslari tashkil etildi. Oliy tibbiyot maktabi 1920-yilda Oʻrta Osiyo davlat
universiteti tarkibidagi tibbiyot ftiga aylantirildi. Bu ftda oʻqishga yoshlarni
tayyorlash uchun respublikaning koʻpgina shaharlarida ishchi ftlari ochilib,
ularga oʻzbek gʻamda boshqa yerli aholi yigitqizlari jalb etildi. Oʻrta Osiyo
davlat universiteti oliy maʼlumotli tibbiy xodimlar tayyorlashdagina emas,
balki joylarda yangi tibbiyot oʻquv yurtlari ochishda ham muhim oʻrin tutdi.
1925-yil viloyatlarning markazlarida tibbiyot markazlari ochiddi.
universitetning tibbiyot fti 1931-yil mustaqil tibbiyot instituti (Toshkent
tibbiyot instituti)ga aylantirildi. Samarqandda ham Samarqand tibbiyot
instituti ochildi. 1932-yil Toshkent vrachlanr malakasini oshirish
instituGʻyaitashkil etildi. 1937-yil Toshkent farmatsevtika instituti ish
boshladi. Ayni vaqtda ilmiy tadqiqot intlari ham barpo etildi. 1937-yil
Toshkentda sil, 1940-yil qon quyish intlari bor edi. Sanoat korxonalari va
qishloq joylariga koʻplab vrachlar yuborildi, shahar va qishloklarda yangi
kasalxonalar, poliklinikalar, ambulatoriyalar ochildi, havosi sof va
xushmanzarali joylarda iqlimiy kurortlar, shifoxonalar barpo etildi. 1941—45
ylardagi urush davrida Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash tizimi zimmasiga
ancha masʼuliyatli vazifa tushdi. Jarohatlangan va shikastlangan jangchilar
uchun gospitallar ochish, Sogʻliqni saqlash tizimining moddiytexnik
bazasini yanada mustaqkamlash, oʻlkaning sanitariya holatini barqaror
saklab turish kerak edi. Tez orada 130 dan ortiq harbiy gospitallar ochildi,
Leningraddagi Harbiy tibbiyot akademiyasi, Moskva tibbiyot instituti va
boshqa tibbiy i.t. muassasalari Oʻzbekistonga koʻchirib keltirildi.
Respublikada urush nogironlarini davolash uchun maxsus jarroxlik
shifoxonalari ochildi. Urushdan keyin respublikada bir qancha tibbiy ilmiy
tadqiqot intlari kaytadan ish boshladi va yangilari paydo boʻldi (sanitariya,
gigiyena va kasb kasalliklari, onkologiya va radiologiya, pediatriya ilmiy
tadqiqot intlari va boshqalar). 1955-yil Andijon tibbiyot instituti, 1972-yil
Oʻrta Osiyo, hozirgi Toshkent tibbiyot pediatriya instituti, 1990-yil esa


Buxoro tibbiyot instituti ochildi. Keyinchalik 1ToshTI ning Urganch filiali,
2ToshTIning Fargʻona filiali, Toshkent tibbiyot pediatriya institutining Nukus
filiali tashkil etildi. Kardiologiya, gastroenterologiya, endokrinologiya,
nevrologiya, gematologiya, pulmonologiya, allergologiya, revmatologiya va
boshqa sohalar boʻyicha xizmat koʻrsatadigan yirik klinikalar ishga tushirildi.
Oʻzbekistonda shifoxonalar soni 1010 ta, ulardagi oʻrinlar soni 140072 ta
boʻldi (2003). Sovetlar tuzumi davrida Sogʻliqni saqlash muassasalari
tarmogi ancha kengaygan boʻlsada, lekin ekologik nomutanosibliklar tufayli
tashqi muhitning buzilishi, xususan, yerga turli xil kuchli kimyoviy moddalar
solinishi, paxta yakkahokimligi va boshqa ijtimoiy noxushliklar natijasida
aholi orasida turli ichki kasalliklarning koʻpayishi kuzatildi. Oʻzbekiston
mustaqillikka erishganidan soʻng aholi salomatligini muhofaza qilish
sohasini qaytadan isloh qilish boshlandi, Sogʻliqni saqlash tizimining asosiy
tamoili — profilaktik yoʻnalishni tiklash; uning zamonaviy va samarali
usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; onalar va bolalar
salomatligini muhofaza qilish tadbirlarini kuchaytirish; tibbiy taʼlim tizimi va
kadrlar tayyorlash sohasini takomillashtirish; i.t. ishlarini davr va jamiyat
hayotining talablaridan kelib chiqqan holda qayta tashkillashtirish;
mamlakatda sifatli va yetarli miqdorda doridarmon, tibbiy ashyolar hamda
shu sohaga taalluqli texnik vositalar ishlab chiqaradigan sanoat vujudga
keltirish; Sogʻliqni saqlash muassasalarining moddiy texnik bazasini yanada
yaxshilash; davolashprofilaktika muassasalarining bir qismini davlat
tasarrufidan chiqarib, mulkchilik shaklini oʻzgartirish asosiy vazifa qilib
qoʻyildi. Oʻzbekistonda Sogʻliqni saqlash ishlarini Oʻzbekiston Respublikasi
Sogʻliqni saklash vazirligi boshqaradi. Krraqalpogʻiston Respublikasida
Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar, shaharlar hamda tumanlarda tegishli
boshqarma yoki boʻlimlar mavjud. Respublikada Seni rivojlantirishda
Oʻzbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari federatsiyasi, shuningdek,
"Sogʻlom avlod uchun" xalqaro xayriya jamgʻarmasi, "Qizil yarim oy" jamiyati,
"Nuroniy" jamgʻarmasi va boshqa oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda
(qarang ijtimoyi jamg’arma). Bozor munosabatlariga oʻtish Sogʻliqni
saqlash sohasiga ham yangi talablar qoʻydi. Xususan, maʼmuriyboshqarish
sarfharajatlarini kamaytirish; bemorlarni davolash jarayonida kunduzgi
kamharajat va samarali usullardan foydalanish; shifoxonalar ish hajmining
bir qismini poliklinikaga koʻchirish, kam samarali oʻrinlar sonini qisqartirish;
shartnoma asosida bajariladigan ishlar uchun haq olish va boshqa choralar
koʻrilmoqda. Aholi sogʻligʻini muhofaza qilish koʻp jihatdan davlat
epidemiologiya xizmati faoliyatiga bogʻliq. Oʻzbekistonda
sanitariyaepidemiologiya stansiyalari va aholi oʻrtasida sogʻlom turmush
tarzini shakllantirishning tashkiliyuslubiy va muvofiklashtiruvchi ishlarini
olib boradigan "Salomatlik" markazlari bu vazifani amalga oshirmoqsa.
Respublikada "Salomatlik" instituti, uning viloyatlar va shaharlardagi
shoxobchalari radio va televideniye hamda matbuotdan foydalangan holda
aholi oʻrtasida sanitariyagigiyenaga oid bilimlarni keng targʻib qilib boradi.
Bolalarga ixtisoslashgan tibbiy yordam beruvchi muassasalar tarmogʻi


barpo etildi. Respublikada ishlab chiqilgan "Sogʻlom avlod uchun" dasturi
avvalo muntazam oʻtkazib turiladigan tibbiy tekshirishlar asosida
salomatligi zaif va kasalmand maktab oʻquvchilari va oʻsmirlarni aniklab,
ularni va umuman yosh avlodni sogʻlomlashtirish choratadbirlarini amalga
oshirib borishni koʻzda tutadi. Onalik va bolalikni muhofaza qilishdagi,
sogʻlom avlodni kamol toptirish uchun eng yaxshi moddiy sharoit va axloqiy
muhitni taʼminlashdagi alohida xizmatlari uchun 1993-yil 7 mayda
Oʻzbekiston Respublikasi ning I va II darajali "Sogʻlom avlod uchun" ordeni
taʼsis etildi. Oʻzbekistonda tibbiy taʼlimning uzluksiz boʻlishiga va
mutaxassislarning oʻz malakalarini oshirib borishiga katta ahamiyat beriladi.
Toshkentda vrachlar malakasini oshirish instituti ishlab turibdi. Uning 43
kafedrasi va har xil ixtisoslikka moʻljallangan kurslarida har yili 8—10 ming
vrach oʻz malakasini oshiradi. Mamlakatda Sogʻliqni saqlash sohasidagi
islohot bosqichmabosqich olib borildi. Birinchi boskichda (1991—94 yillar)
butun eʼtibor onalar va bolalar sogʻligʻini muhofaza qilish xizmatini
takomillashtirish, demografik koʻrsatkichlarni barqarorlashtirish, yuqumli
kasalliklarni kamaytirishga karatildi. Ikkinchi bosqichda (1994—98 yillar)
dorixonalar va bir qancha davolashprofilaktika muassasalari
xususiylashtiriddi, ambulatoriyapoliklinika xizmati rivojlantirilib qayta tuzildi.
Natijada, aholining kasalxonada yotib davolanishi 1997-yildagi 18,3%
oʻrniga 2001-yilda 13,8% ga kamaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Maxdamasining "Oʻzbekiston Respublikasi qishloqlari ijtimoiy
infrastrukturasini 2000-yilgacha boʻlgan davrda rivojlantirish dasturi
toʻgʻrisida"gi qaroriga (1996-yil 21 may) muvofiq, Sogʻliqni saqlash
sohasida mutlaqo yangi muassasa — qishloq vrachlik punktlari (QVP)
tashkil etish va aholiga dastlabki feldsherlik yordami emas, balki malakali
vrachlik yordami koʻrsatish koʻzda tutildi. QVGT uchun hamma
koʻrsatkichlar — moddiy taʼminot, kadrlar, zamonaviy asbobuskunalar va
doridarmonlar bilan taʼminlash boʻyicha xalqaro standartlarga mos
keladigan maxsus mezon ishlab chiqildi. 1998-yildan Sogʻliqni saqlashning
rivojlanishida yangi davr boshlandi — 1998-yil 10 noyabrda Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining farmoni bilan 1998— 2005-yillarda Sogʻliqni
saqlash tizimini qayta qurish Davlat dasturi qabul qilindi. Unda mamlakat
aholisiga tibbiy yordam koʻrsatish sifatini oshirish tadbirlari koʻrsatib berildi.
Bu dastur asosida Sogʻliqni saqlashning birlamchi boʻgʻinini
mustahkamlash va umumiy vrachlik amaliyotini rivojlantirish tadbirlari
amalga oshirildi. Hamma viloyatlarda QVPning keng tarmoklari tashkil etildi,
natijada ikki bosqichli, yaʼni QVP hamda tuman markaziy shifoxonasi orqali
tibbiy yordam koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi. Mazkur ishlar Jahon banki bilan
hamkorlikda "Salomatlik" loyihasi asosida amalga oshirildi. Bu Sogʻliqni
saqlashning birlamchi boʻgʻini muassasalarini boshqarish va
moliyalashtirishning yangi usullarini ishlab chiqish, tibbiy xizmat koʻrsatish
sifatini yaxshilash va umumiy amaliy tibbiy xodimlar tayyorlash imkonini
berdi. Shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish tizimining yangi shakli joriy
etildi. Natijada mamlakatning hamma hududlarida shoshilinch tibbiy


yordam koʻrsatishga, uyga vrach chaqirish bilan malakali tibbiy yordam
koʻrsatish oʻrtasidagi vaqtni ancha qisqartirishga muvaffaq boʻlindi. gʻoz.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, Nukus sh. va barcha
viloyat markazlarida uning filiallari hamda markaziy tuman va shahar
kasalxonalari boʻlimlari faoliyat koʻrsatmoqda. Ularda kadrlar tayyorlash va
ular malakasini oshirish, favqulodda vaziyatlarda tibbiy yordam koʻrsatish
ishlari amalga oshiriladi. Tibbiy kadrlar tayyorlashda ijobiy oʻzgarishlar roʻy
berdi. Tibbiyot oliy oʻquv yurtlarida oʻqish muddati 7 yilga uzaytirilib,
bakalavr va magistrlar, shuningdek, oliy malakali tibbiy hamshiralar —
qamshiralar ishi bakalavrlari tayyorlanadigan boʻldi. Onalar va bolalarni
muhofaza kilish xizmatini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari uzoq
muddatga moʻljallangan Davlat dasturlarida ["Onalar va bolalar skriningi"
(1998), "Soglom avlod" (2000), "Ona va bola" (2001), "Ayollar va oʻsib
kelayotgan avlodlar sogʻligʻini mustahkamlash boʻyicha qoʻshimcha
tadbirlar toʻgʻrisida" (2002)] belgilab beriddi. Ekstragenital kasalliklarni
aniklash va bunday bemorlarni soglomlashtirish uchun fertil yoshdagi
ayollarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish ishi yanada jonlantirildi, ularni
kontratseptiv vositalar bilan taʼminlash hajmi koʻpaytirildi, aholi, ayniqsa,
yoshlar oʻrtasida barvakt va yaqin qarindoshlar bilan turmush qurishning
salbiy oqibatlari, ekstragenital kasalliklari bor ayollarda homilador boʻlish va
tugʻishning oldini olish buyicha tushuntirish ishlari ancha faollashtirildi.
Tugʻma nuqsonli va irsiy kasalligi bor bolalarning tugʻilishi oldini olish
maqsadida onalar va bolalarda skrining oʻtkazish tizimi tashkil etildi,
genetika Davlat registrini yaratish ishlari olib borilmoqda. Sogʻliqni saqlash
tizimidagi oʻzgarishlar "Sihatsalomatlik" jurnali, "Oʻzbekiston tibbiyot jurnali"
va tibbiyot sohalariga oid jurnallarda yoritib boriladi.


Xulosa.
Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston turli sohalarda ulkan yutuqlarga erishdi.
Ayni paytda, butun dunyoda boʻy koʻrsatayotgan inqirozga qaramay,
Oʻzbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda salmoqli
koʻrsatikichlarni namoyish etmoqda. Bu yutuqlarning barchasi — Oʻzbekiston
Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning toʻgʻri va uzoqni
koʻzlab olib borgan siyosati natijasidir. Islom Abdugʻaniyevich Karimov
iqtisodiy mustaqillikka erishmasdan turib, siyosiy mustaqillikni taʼminlash
mumkin emas, degan fikrning qatʼiy tarafdori edi. Aynan shuning uchun ham
Yurtboshimiz tomonidan mashhur besh tamoyil asosida butun dunyoda
taraqqiyotning "oʻzbek modeli" deb eʼtirof etilgan Oʻzbekiston iqtisodiyotini
tubdan isloh etish va tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirish dasturi ishlab
chiqildi. Bu modelning tub negizini "Islohot – islohot uchun emas, avvalo inson
uchun" degan strategik yoʻnalishni amalga oshirish tashkil etadi.
Mustaqil
davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay
faoliyat koʻrsatishi. Mustaqil tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro
munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning
mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.
U BMT Ustavi va xalqaro shartnomalar va deklaratsiyalart mustahkamlab
qoʻyilgan. Unga rioya qilish hozirgi zamon xalqaro huquqining asosiy
vazifasidir. Davlatning suvereniteti uning boshqa davlatlar bilan
munosabatlaridagi mustakilligini ham bildiradi. Mustaqil davlatning faqat
siyosiy emas, balki iqtisodiy mustaqilligini ham anglatadi. Mustaqillik
insoniyatning azaldan orzu-umidi boʻlib kelgan. Ana shu gʻoya asosida


AQSH, Fransiya, Lotin Amerikasi mamlakatlarida inqiloblar yuz berdi. 20-
asrning 90-yillariga kelib sotsialistik mamlakatlarda inson huquqlarini
himoya qilish va ozodlikka intilishning yangi bosqichi boshlandi. Sharqiy
Yevropa mamlakatlarida qariyb yarim asr hukm surgan totalitar davlat
tuzumi inqirozga yuz tutib, demokratik tartibotlar qaror topa boshladi.
Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasi parchalanib, uning oʻrnida
bir necha mu-staqil respublika, Chexoslavakiya Sotsialistik Respublikasi
ikkiga boʻlinib, Chexiya va Slovakiya suveren davlatlari vujudga keldi.
Germaniya Federativ Respublikasi va Germaniya Demokratik Respublikasi
birlashib, nemislar yashaydigan hududda sotsialistik tuzum barham topdi.
Ayni chogʻda, sobiq SSSR parchalanib uning oʻrnida mustaqil taraqqiyot
yoʻlini tanlagan 15 mamlakat tashkil topdi. Boshqacha qilib aytganda, bu
davrga kelib M.ka erishish masalasi dunyoni keng qamrab olgan jarayonga
aylandi. Oʻzbekistonning Mustaqillika erishishi ana shu olamshumul jarayon
tarkibida yuz berdi. Mustaqillik imkoniyatlarini oldindan payqagan,
mamlakat ijtimoiysiyosiy jarayonlarining borishini toʻgʻri kuzatib, toʻgʻri
baholay bilgan Oʻzbekiston ittifokdoshlari orasida birinchilardan boʻlib, oʻz
mustaqilligini eʼlon qildi: 1991-yil 31 avgust kuni kabul kilingan Oʻzbekiston
Respublikasining Davlat mustaqilligi toʻgʻrisidagi Bayonot Oʻzbekiston
hukumatining siyosiy yoʻlini toʻla qonunlashtirib berdi. 1991-yilning
avgustida "Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari
toʻgʻrisida"gi qonun qabul qilindi va ana shu qonun doirasida Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining bundan keyin Oʻzbekiston SSRni
Oʻzbekiston Respublikasi deb atash, 1-sentabrni Mustakillik kuni deb eʼlon
qilish, Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish,
shuningdek, ittifoqning va uning tarkibiga kiradigan barcha mustaqil
davlatlarning oliy qonun chiqaruvchi idoralariga, barcha xorijiy davlatlarga
va jahon hamjamiyatiga murojaat qilib, ularni res-publikaning davlat
mustaqilligi eʼlon qilingan hujjatni tan olishga daʼvat etish toʻgʻrisida qaror
qabul qildi. Bu Oʻzbekiston mustaqilligining dastlabki huquqiy poydevori edi.
"Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida"gi
qonun 17 moddadan iborat boʻlib, u Oʻzbekiston Respublikasining asosiy
belgilarini aniqlab berdi. Qonunga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi oʻz
tarkibidagi Qoraqal-pogʻiston Respublikasi bilan birga mustaqil demokratik
davlat deb eʼlon qilindi. Oʻzbek xalqi oʻz taqdirini oʻzi belgilash huquqiga ega
boʻldi, xalq davlat hokimiyatining birdanbir sohibi, egasi, xoʻjayini boʻlib qoldi.
Oʻzbekiston mustaqilligi respublikada adolatli, demokratik, insonparvar
jamiyat qurish uchun yoʻl ochib berdi, oʻz milliy davlatchiligini barpo qilishga
imkoniyat yaratdi. Mustaqillik tufayli Oʻzbekiston xalqaro miqyosda oʻzini
tanitish, ayni chogʻda xalq-aro huquq meʼyorlari asosida jahondagi barcha
davlatlar bilan teng hamkorlik qilish imkoniyatini qoʻlga kiritdi. Jahon
haritasida Oʻzbekiston yangi, yosh mustaqil davlat sifatida oʻz oʻrniga ega
boʻldi. Iqtisodiyotda tub oʻzgarishlar qilish uchun imkoniyat yaratildi. Yaʼni
jahon amaliyoti isbotlagan bozor iqtisodiyotiga oʻtish uchun sharoit barpo
etildi. Mulkka munosabat tubdan oʻzgarib, jamiyatda yangi mulkdorlar


sinfini shakllantirish uchun imkon ochildi. Mustaqillik xalqning maʼnaviy
uygʻonishi uchun toʻla imkoniyat yaratdi. Yurt tarixi, qadimiy madaniyat
tiklana boshladi. Xalqining azaliy urf-odatlari, maʼnaviy qadriyatlari unga
qaytarib berildi. Dinga munosabat mutlaqo ijobiy tomonga oʻzgardi.
Shunday qilib, qoʻlga kiritilgan M. oʻzbek xalqi tarixida tamoman yangi
davrni boshlab berdi, milliy dunyoqarashda yangicha tafakkur shakllana
bordi. Xalq kelajakka ishonch bilan qaray boshladi. Oʻz yurtining toʻla xoʻjay-
ini ekanligini, oʻz takdirini oʻzi belgilash imkoniyatini qoʻlga kiritganligini his
qila boshladi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Mustaqillik
2.
https://fvv.uz/uz/activity/ozbekiston-respublikasi-aholisi-va-
hududlarini-favqulodda-vaziyatlardan-muhofaza-qilish-boyicha-2020-
yilda-bajarilgan-tadbirlar-yakuni-va-2021
3.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Sog%CA%BBliqni_saqlash

Download 119,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish