Metod oqitishning maqsad va vazifalariga erishish (amalga oshirish) yoli.
Vosita oquv jarayonining predmetli qollab-quvvatlanishi, yangi materialni ozlashtirish jarayonida oqituvchi va talabalar tomonidan foydalaniladigan obyekt.
Natija oquv jarayonining songgi mahsuli, belgilangan maqsadlarning amalga oshganlik darajasi.
Zamonaviy talim paradigmalari. Paradigma (grekcha, paradeigma) sozining ozi keng manoda turmush va fikrlashining biror sohasining fundamental asoslarini aniqlab beruvchi oziga xos tuzilishga ega nazariya deb izohlanadi.
Paradigma aniq vaqt doirasida ilmiy jamoatchilikka muammolarni aniqlash va ularni hal etish modeli sifatida taqdim etiladigan barcha ilmiy yutuqlarga tegishli tadqiqot vazifalarini hal etish namunasi sifatida qabul qilingan nazariya.
Talimning yangi paradigmasining paydo bolishi faqat ijtimoiy-iqtisodiy ozgarishlar bilan bogliq bolmasdan, u butun madaniy rivojlanish jarayonida yuzaga kelgan. Uning shakllanishida insonparvarlik falsafasi va psixologiyasi asosiy orin egallaydi. Mazkur konsepsiyaning asosiy nuqtai nazari har bir alohida inson hayotining oziga xosligi, har bir shaxs noyob, individual, shartsiz qadriyat ekanligini etirof etish. Insonparvar falsafa va psixologiya oz-ozini realizatsiyalash, oz-ozini rivojlantirish ehtiyojini insonning yuksak ehtiyoji deya etirof etib, insonning oz noyobligini asrash va rivojlantirish, insonning erkinlikka erishish mexanizmi sifatida individual shaxsiy tanlovni amalga oshirishni ozida namoyon etish, qilingan tanlov uchun javobgarlikni boyniga olishda ularni amalga oshirishning muhim shartini koradi. Shuning uchun shaxsning rivojlanishi va insonning shakllanishi boshqalar bilan hamjihatlikda, ishonch, oshkoralik, sevgiga asoslangan insonparvar munosabatlarni ornatish jarayonida sodir boladi.
Asosida talimga yangicha yondashuv yotadigan goyalarning rivojlanishida psixologlar ham muhim hissa qoshishgan: yaqin zonadan rivojlanish va inson rivojlanishida birgalikdagi faoliyatni roli haqidagi talim ot, shaxsning hayotiy faoliyatdagi vazifalari, fikriy soha, insonning reflektiv imkoniyatlarining rivojlanishi, oquv faoliyati jarayonida uning psixik rivojlanish qonuniyatlari haqidagi tadqiqotlar, shular jumlasidandir.
Zamonaviy pedagogik fanlardagi maqsadiga (talim iy, tarbiyaviy), talimning bosh maqsadi madaniyatga yondashuvga, oquv-tarbiya jarayoni doirasida hal etiladigan vazifalariga, pedagog va talabalar orasidagi ozarotasiretish tavsifiga kora paradigmalar farqlanadi.
Talimning keng tarqalgan beshta paradigmasi mavjud: ananaviy (bilimga yonaltirilgan paradigma); fenomenologik (insonparvarlik paradigmasi); ratsionalistik (bixevioristik, xulq-atvorga doir); texnokratik; ezoterik.
Do'stlaringiz bilan baham: |