Odamda psixik hayotning yuksak shakli — ong bor. Odam ongli zotdir. Kishining psixikasi haqidagi muntazam ta’limotni birinchi marta Aristotel (eramizdan oldingi 384—322-yillar) «Jon haqida» degan kitobida bayon qilgan. Shu sababli Aristotel alohida fan bo'lgan psixologiyani vujudga keltirgan kishi yoki psixologiya fanining «otasi» hisoblanadi. Psixika to‘g‘risida dastlabki tasavvurga ega bo'lish uchun dastavval psixik hodisalar mohiyati bilan tanishish lozim. Odatda psixik hodisalar deganda ichki, subyektiv tajriba- faktlar (voqelik) namoyon bo‘lishi tushuniladi, boshqacha aytganda psixika hayotning sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol kabi har biri alohida olingan yaqqol shakllarda namoyon bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |