Mavzu: Reanimatsiya asoslari



Download 97,23 Kb.
Sana15.04.2022
Hajmi97,23 Kb.
#553450
Bog'liq
Mavzu


Mavzu: Reanimatsiya asoslari
Reanimasiya [re – qayta va lot. animatio – jonlantirish, tiriltirish] – klinik o’lim holatidagi (Terminal holat) kishilarni tiriltirish, shuningdek, hayotiy muhim a'zolarning baxtsiz hodisalar, kasallik va uning asoratlari natijasida to’satdan yo’qolgan yoki o’zgargan faoliyatlarini tiklash uchun ko’riladigan chora-tadbirlar majmui. Nafas olish va yurak faoliyati to’xtaganda yoki amalda nafas ham, qon aylanish ham organizm ehtiyojini ta'minlay olmay qolgan hollarda reanimasiya qo’llaniladi. Reanimasiya masalalarini reanimatologiya o’rganadi. Renimatologiyaning taraqqiy etishi endilikda R. usullaridan bevosita jonlantirishda emas, balki moddalar (suv-elektrolit, gaz) almashinuvining keskin buzilishi, qon aylanishi, nafas, jigar, buyrak faoliyatining nuqsonlarida hamda operatsiyalardan so’ng a'zolar faoliyatini tiklashda ham foydalanish imkonini berdi. Yashashga qobiliyatli organizmnigina tiriltirish mumkin. Reanimasiya tadbirlarini og‘ir mexanik shikastlanishdan, shu jumladan, shikastlanish oqibatidagi shok, qon ketishi, tok urishi, kuchli zaharlanish, bo’g‘ilish, suvga cho’kish, termik kuyish, sovqotish va h. k. dan o’layotgan vaqtda qo’llash lozim. Reanimasiyani, ko’pincha, «tezkor davolash» («intensiv terapiya»), «tezkor parvarish» («intensiv parvarish») deyiladi. Demak, to’satdan yuz beruvchi o’lim bilan tugaydigan har qanday tang holat reanimasion tadbirlarni zudlik bilan amalga oshirishni taqozo etadi. Reanimasiya o’tkazishda turli vositalar, jumladan, elektron asboblar (defibrillyator, elektrostmulyator va h. k.) va boshqa apparatlar, xirurgiya usullari (traxeostomiya, punksiya, yirik tomirlarga kateter qo’yish), dori-darmonlardan foydalaniladi, shuningdek, yurakni bevosita (ya'ni, ko’krak qafasini ochmay turib) massaj qilish, apparatsiz sun'iy nafas oldirish va h. k. usullar qo’llanadi. Reanimasiyani shifokor, hamshiralar, shuningdek, maxsus tayyorgarlikdan o’tgan boshqa sohadagi kishilar bajaradi, tez yordam xodimlari malakali reanimasion yordam ko’rsatadi.
Reanimasiya chora-tadbirlarining to’la kom-pleksi maxsus R. va tezkor davolash bo’limlarida o’tkaziladi, bu bo’limlar nevrologiya, kardiologiya, xirurgiya va boshqa(lar) markazlarda tashkil topsa, shu asosda tarmoqlar (kardiologik, toksikologik va h. k.)ga bo’linadi. Yirik viloyat yoki shahar kasalxonalarida tuzilgan. Reanimasiya markazlari ko’p tarmoqli bo’ladi.
Terminal holatlar
Terminal xolat- organizm hayot uchun muhim a'zolar faoliyati buzulishining kritik bo’sag‘asi bo’lib, A/B ning tushishi, gazlar almashinuvining va metabolizmning keskin buzilishi bilan kechadigan jarayon.
Terminal xolat va klinik o’lim. Terminal xolatlar deb - qo’shimcha aralashmasiz o’limga olib keluvchi vital funksiyalarning dekompensasiya bilan kechuvchi patologik jarayonga aytiladi. Terminal xolat bu – o’lim bilan hayog’t o’rtasidagi chegaraviy xolat bo’lib, biologik o’lim bilan tugashi mumkin. Xayog’tiy muhim organlar faoliyatini to’xtashiga klinik o’lim deyiladi. Biroq, klinik o’limda xayog’t uchun muhim a’zolarda moddalar almashinuvi saqlangan bo’ladi. Bu qaytar jarayog’n bo’lib, bu xolatdan organizmni qayta tiriltirish mumkin.
Biologik o’lim – qaytmas jarayon bo’lib, xayotiy muhim organlar va sistemalar faoliyatining to’xtashi bilan birga moddalar almashinuvi xam to’xtaydi.
Terminal xolat davrlari:

  1. Preogoniya

  2. Agoniya

  3. Klinik o’lim

1. Preogoniya – markaziy nerv sistemasida po’stloq usti qismida tormozlanish, po’stloq osti qismida qo’zalish bo’ladi. AQB 60 mm. simob ustunidan past, puls tezlashgan, hansirash, teri yuzasida oqarish, sianoz, nafas qisishi bo’ladi. Bir minutdan bir necha sutkagacha davom etishi mumkin.
2. Agoniya. Bemorni hushi va ko’z reflekslari (yog’rulikni sezish refleksdan tashqari) yog’’qoladi. Puls aniqlanmaydi yog’ki ipsimon bo’ladi, yurak tonlari bo’iq, chuqur, nafas olishi onda-sonda, chuqur va tez-tez yuzaki bo’ladi. Noadekvat nafas va qon aylanish natijasida kompensator mexanizmlar toliqadi. Bu xolat davomiyligi bir necha daqiqadan bir necha soatgacha davom etib nafas va yurak to’xtashiga olib keladi.
Terminal pauza – bu davrda tormozlanish po’stloq ostiga o’tadi, lekin hamma hujayralari tormozlanmaydi. Barcha hayotiy jarayog’nlar (nafas olishi, yurak urishi, hushi) tiklanadi. Atrofdagilarga nisbatan reaksiya paydo bo’lishi mumkin. Bu bir necha soniyadan bir necha daqiqagacha davom etadi.
3. Klinik o’lim – eng muhim hayotiy organlarning yurak, nafasning to’xtashi, hushining bo’lmasligi, arefleksiya, ko’z qorachiqlar kengaygan. Bosh miya hujayralari, organism hujayralari 5-6 daqiqagacha yashaydi.
Terminal holatlar va klinik o’lim barcha hayot uchun muhim funksiyalarning chuqur buzilishlari bilan kechadi. Bosh miyada qand va glikogen makroergik fosfor birikmalari miqdori keskin kamaygan, bosh miya po’stlog’i, miyacha hujayralari tez shikastlansa bosh miya stvoli kamroq zararlanadi. Klinik o’limdan keyin 20-30 daqiqagacha yurak avtomatizmi va o’tkazuvchanligi saqlanadi, buyrakda qon aylanishining buzilishi natijasida buyrak funksiyasi buziladi.
Terminal holatga olib keluvchi sabablar: og’ir shikastlanishlar, kuyishlar, cho’kish holatlari, korbanat angidrid bilan zaharlanganda, turli kimyoviy va biologic zaharlanishlar, toksikoz va yallg’ilanish kasalliklar (pnevmoniya, sepsis)da, ko’p qon yoqotish holatlari, qon aylanishining to’xtashi.
Qon aylanishining to’xtashi esa asfiksiya va gipoksiya holatlari, yurakning tug’ma va orttirilgan kasalliklari, dori moddalarning nojo’ya ta’sirlaridan kelib chiqishi mumkin. Yurakning to’xtashiga narkotik moddalarning peredozirovkasi, suv-tuz almashinuvining buzilishi sabab bo’lish ehtimoli yuqori.


REFERAT
Mavzu: Reanimatsiya asoslari

Bajardi: Jo’rayeva Ruxsora


Tekshirdi: _____________________


Download 97,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish