1. Murakkab shakldagi detallarni, bitta o‘rnatishda, avtomatik boshqarish
ma’romida ishlov berish.
2. Yordamchi ishlarni (keskichlarning siljishini vaularni almashtirishni)
avtomatlashtirish.
3. Ishchining malakasi, tajribasi va bilimidanqat’iy nazar kesish ma’romini
avtomatik boshqarish.
4. Birdaniga bir nechta dastgohni boshqarish.
5. Bir detaldan boshqa detalga ishlov berishga o‘tish uchun tez
sozlanuvchanlik.
6. Ishlov beriladigan o‘lchamlarning va detal sifatining o‘zgarishlarsiz
qaytarilishi ishchining malakasiga bog‘liq emasligi.
7. Ishlov berish vaqtining doimiyligi.
3. RDB dastgohlarida ishlov beriladigan silindrik detallarni tanlashga asosiy talablar.
3. RDB dastgohlarida ishlov beriladigan silindrik detallarni tanlashga asosiy talablar.
Boshqaruvchi dasturdagi ma’lumot RDB dastgohining elektron tizimi orqali o‘qilib, kadrma-kadr dastgohning ish bajaruvchi organlariga uzatib beriladi. Dasturni to‘g‘ri yozilganligi, masalan, frezalash dastgohlaridachiziq(iz) qoldirish usulida tekshiriladi.
Buning uchun dastgoh shpindeliga qalam va stolga qalin qog’oz mahkamlanadi. Qog‘ozdagi izni tahlil qilish asosida dasturning to’g‘riligiga ishonch hosil qilinadi. Xatolik dasturni korrektirovka qilish orqali to‘g‘rilanadi. RDB dastgohlari uchun detallarga mexanik ishlov berish operatsiyalarini loyihalash jarayonlarida ishlov berish o‘tishlari miqdorining mumkin qadar maksimalligini ta’minlashga intilish lozim, ya’ni, universal dastgohlarda ishlov berishga nisbatan birgina operatsiyada qancha ko‘p sirtlarga ishlov berilsa, shuncha iqtisodiy tomondan qulay va vaqtdan tejash mumkin. Birgina operatsiyada mumkin qadar ko‘p o‘tishlarni bajarish dastgohda zagotovkani o‘rnatish sxemasini to‘g‘ri tanlash uchun qulay shart va sharoitlarni yaratishga imkon beradi.
4. Kesuvchi asboblarni tanlash va kesish ma’romlarini o‘rnatish.
4. Kesuvchi asboblarni tanlash va kesish ma’romlarini o‘rnatish.
Keskichni joylashib turgan o‘rnidan, dasturda berilgan buyruqqa asosan ishni boshlash nuqtasiga boshlang’ich nuqta deyiladi. Uning koordinatalari dastgohning nol nuqtasiga nisbatan aniqlanadi. Dastgohning nol nuqtasi - bu uning koordinatalar tizimining boshlanishidir.
RDB dastgohlarida o‘ng tomonli to‘g‘ri burchakli XYZ tizim qabul qilinib, bunda Z o‘qi har doim shpindelning aylanish o‘qiga parallel yo‘nalgan va uning musbat yo‘nalishi parma yoki frezani detaldan chiqish yo‘nalishiga mos tushadi.