2.2. Ravishdoshlarning sodda gaplarda ishlatilishi
Hozirgi o’zbek tilida ravishdoshlarning sodda gaplar tarkibida qo’llanilishi kuzatib chiqsak, ular asosiy fe‘ldagi ish-harakat, holatni qay tarzda bajarilishini, paytini, maqsadini, sababini bildirishiii guvohi bo’lamiz. Ayniqsa, sermahsul ravishdosh yasovchi qo’shimcha bo’lgan -b (-ib) ko’proq gapda ravish holi vazifasida kelishi bilan xarakterlidir. a) Ravish xoli:
-b (-ib) harakat belgisini bildirib hol vazifasida keladi:8 Shukurov afti burishib o’rnidan turib ketdi.
Normurod Shomurodov mushtini boshi uzra ko’targanicha uning ketidan bir-ikki qadam yurdi-da, holsizlanib zinaga o’tirib qoldi. Otaqo’zi etigini g’irchillatib ayvonga chiqdi.
Yuqoridagi keltirilgan misollarni tahlil qilib chiqsak, -b (-ib) qo’shimchasi orqali yasalgan ravishdosh asosiy fe‘ldagi harakat belgisini bildirib kelayotganini guvohi bo’lamiz. Misollardagi burishib. xolsizlanib. g’irchillatib ravishdoshlari asosiy fe‘ldagi harakatni qay holatda ro’y berganini ko’rsatib turibdi. Gapda qay holatda? Qay tarzda? Qanday?
So’roqlariga javob bo’ladi hamda ravish holi vazifasida keladi- b(-ib) qo’shimchasi orqali yasalgan formaning ravishdosh deb atalishi asosan uning harakatning belgisini bildirish xususiyatiga ko’radir.
Bu vazifada u xuddi ravishlar kabi -roq, -gina qo’shimchalari bilan ham qo’llana oladi: Fazilat esa qizi bilan ochilibroq gaplashishdan qo’rqadi. (107-bet).
Qandaydir qimtinib, bir nuqtaga tikilib qolgan Fazilat iymanibgina boshini ko’tardi.
Yuqoridagi gaplardan birinchisida ochilib ravishdoshi harakat belgisini bildirgani uchun ravish kabi - roq qo’shimchasi bilan qo’llangan. Gapda ravish holi vazifasida kelyapti, qay holatda? So’rog’iga javob bo’lyapti. Ravishdoshning - roq qo’shimchasini qabul qilish bilan harakat belgisining darajalanish hodisasi kuzatilyapti. Ikkinchi gapdagi iymanibgina ravishdoshi ko’tardi harakatini qay holatda yuzaga chiqishini ko’rsatib turibdi, qay tarzda? So’rog’iga javob bo’lyapti, gapda ravish holi vazifasida kelyapti. - gina qo’shimchasi bilan belgini ajratib bo’rttirib, ta‘kidlab ko’rsatish yuzaga kelmoqda, - b (-ib) qo’shimchasi bilan yasaluvchi ravishdosh bu vazifada qo’llanganda, u bildirgan harakat boshqa fe‘l bildirgan harkatni biror jihatdan harakterlaydigan harakat bo’ladi. Demak, ravishdosh bilan u bog’lanib kelgan fe‘l bir butun birikmani (so’z birikmasini) tashkil etadi. Shunga ko’ra bunday hollarda ravishdoshdan so’ng (agar uyushiq holat bo’lmasa) vergul yoki biror ajratuvchi belgi qo’yish to’g’ri bo’lmaydi.9
Harakat belgisini bildiruvchi
Ravishdosh ketma-ket qo’llanilishi mumkin. Bunda birinchi ravishdosh keyingi ravishdosh bildirgan harakat belgisini ikkala ravishdosh birlikda esa boshqa formadagi fe‘lga oid harakat belgisini bildiradi: Otaqo’zi eshikni sharaqlatib yopib, uydan chiqdi.
Shu-shu Otaqo’zi ochilib ketib, mana o’rinli-o’rinsiz ko’p gaplarni gapirib yubordi.
Birinchi misolda ham yopib ravishdoshning belgisi sharaqlatib ravishdoshi orqali ifodalanib kelyapti, sharaqlatib yopib birgalikda chiqdi harakatining ro’y berish vaziyatni ko’rsatib turibdi. Bular ham birgalikda gapda qay holatda? So’rog’iga javob bo’ladi, ravish holi vazifasida keladi.
Ikkinchi gapdagi ravishdoshlar ketma-ket qo’llanilib ketib ravishdoshining ochilib ravishdoshi belgisini bildirib kelyapti va ular ikkalasi birgalikda gapirib yubordi asosiy fe‘ldagi harakatni qay holatda ro’y berganini ko’rsatib turibdi. Gapda ikkovi birgalikda qay holatda? So’rog’iga javob bo’ladi, ravish holi vazifasida keladi. Ko’chirma gaplarda bu vazifadagi ravishdoshning qo’llanish o’rni ikki xil bo’lishi mumkin.
ko’chirma gap avtor gapining o’rtasida kelsa, ravishdosh ko’chirma gapdan oldin
«dedi» so’zi ko’chirma gapdan so’ng qo’llanadi:
avtor gapi ko’chirma gapdan keyin bo’lsa, ravishdosh ham «dedi» so’zidan so’ng,
xatto gap oxirida qo’llanadi.
Mehmonlar ichkariga kirisharkan, «Gazik» ning shofyori Otaqo’zining orqasidan borib:
-Xo’jayin, - deb chaqirdi
-Yaxshi, - dedi Xolmurod bir oz o’ylanib turgach.
Yuqoridagi misollardan ravishdoshning ko’chirma gaplarda qo’llanganligini ko’rib chiqyapmiz. Birinchi gapda borib ravishdoshi «deb» so’zidan avval qo’llangan, bunga sabab ko’chirma gap avtor gapining o’rtasida kelishidir. Asosiy harakatni borib ravishdoshi belgisini bildiryapti, qay holatda? So’rog’iga javob bo’lyapti, ravish holi vazifasida qo’llanyapti.
Ikkinchidan gapda avtor gapi ko’chirma gapdan keyin kelganligi sabab «dedi» so’zidan so’ng qo’llanilyapti, o’ylanib ravishdoshi qay holatda? So’rog’iga javob bo’ladi, holatni ifodalaydi, ravish holi vazifasida keladi. Biz yuqorida -b(-ib) qo’shimchasi orqali yasalgan ravishdoshlarning favish) holatlarini kuzatib chiqdik. Shu bilan birga bu vazifada a, -y qo’shimchasi bilan yasalgan ravishdoshlar ham keladi.
Ravishdoshning -a, -y qo’shimchasi bilan yasaluvchi turi harakatning belgisini bildirishi vazifasida, asosan, takror yoki juft holda qo’llanadi:1
Naimjon eski do’ppisini boshiga ishqay-ishqay yaqinroq keldi.
Vohid Mirobidov go’yo kuyovining bundan ham yomonroq gaplarni aytib yuborishdan qo’rqanday shosha-pisha orqaga tisarildi.
Misollardan ko’rinib turibdiki, - a, -y qo’shimchali ravishdoshlarning bu vazifada kelishi asosan, juft yoki takror holatlarda kuzatilar ekan.
Birinchi gapdagi ishqay-ishqay ravishdoshi takror holatda qo’llanilgan. Gapda qay holatda? So’rog’iga javob bo’ladi, ravish holi vazifasida keladi, tisariladi fe‘lining qay holatda yuz berganligini, belgisini ifodalayapti.
Takroriy yoki juft so’z holida qo’llangan -a, -y qo’shimchasi bilan yasaluvchi ravishdosh o’rnida -(-i) -b qo’shimchasi yordamida yasalgan ravishdoshni qo’llash mumkin.
Lekin -a,-y qo’shimchali formada ma‘no ko’paytirib ifodalanadi. Qiyoslang:
kuta -kuta—kutib-kutib, so’ray-so’ray—so’rab-so’rab, yig’lay-yig’lay—yig’lab-yig’lab va b.1 Maqsad holi
Hozirgi o’zbek tilida ravishdoshning - gani qo’shimchasi bilan yasalgan shakli maqsad holi vazifasida keladi.
-gani (-kani, -qani) affiksi; olgani ekkani, yiqqani. Bu affiks yordamida maqsad bildiruvchi ravishdosh yasaladi. Biz avvalo -gani maqsad ravishdoshini gan+i shaklidagi qo’shimchadan farqlab olishimiz kerak. Domla mukofot olgani keptilar bu yerga. Dada bo’lgan bu odam sho’rlik oyimlarning boshlariga ne kulfatlar solganini bilasizmi!
Birinchi gapda olgani maqsad ravishdoshi sanaladi. Chunki o’z mohiyati jihatidan maqsadni ifodalab kelyapti, (kelish harakatini) nima maqsadda? So’rog’iga javob bo’ladi, hamda mukofot so’zi bilan maqsad holi vazifasida keladi.
Ikkinchi gapdagi solganini so’zidagi qo’shimchalar esa - gan+i ya‘ni sifatdosh + egalik qo’shimchasi sanaladi. Chunki bu mazmunda maqsad ma‘nosi yo’q. Sifatdoshdan so’ng egalik qo’shimchasi kelishining boisi, kulfatlar so’zidagi qaratqich kelishigining talabi bilan yuzaga chiqadi.
Demak, maqsad ravishdoshi avvalo mazmun jihatdan maqsad ma‘nosini bildirib, asosiy fe‘ldagi ish-harakat - holatning ( ifodalab ) nima maqsadda bajarilishini ifodalab kelar ekan. Maqsad ravishdoshning maqsad xoli vazifasida kelishuviga bir necha misollarni tekshirib chiqamiz.
U ham Normurodning ahvoligi achinib ko’ngil so’ragani kelgan emish. Kechirasiz, Normurod Shomurodovich, cho’lni ko’rgani keluvdik. (140-bet).
Xayolimdan: «Shum xabarni og’aynisiga yetkazgani ketibdi-da!»- degan fikr o’tdi.
Yuqoridagi misollardan birinchi gapda so’ragani ravishdoshi ish-harakatni nima
maqsad amalga oshishini ko’rsatib kelyapti. Gapda ko’ngil so’zi bilan birga nima maqsadda? So’rog’iga javob bo’lganligi uchun ham maqsad holi vazifasida kelyapti. Ikkinchi misoldagi ko’rgani maqsad ravishdoshi asosiy fe‘ldagi kelish harakatining maqsadi ko’rish ekanligini ifodalib kelyapti. Gapda nima maqsadda? So’rog’iga javob bo’ladi, cho’lni ko’rgani birgalikda maqsad holi vazifasida keladi.
Uchinchi gapdagi yetkazgani ravishdoshi ham maqsad ravishdoshi sanaladi. Chunki asosiy fe‘ldagi ketish harkatining mohiyati, mazmuni shum habarni yetkazish maqsadi ekanligini ifodalab kelyapti. Yuqoridagi misoldagi kabi bu ravishdosh ham maqsad holi vazifasida keladi. Gapda nima maqsadda? So’rog’iga javob bo’ladi.
Ba‘zan -gani qo’shimchasi o’rnida uning - gali varianti qo’llanilishi hollari uchraydi.
Lekin -gali qo’shimchasi hozirgi o’zbek tili uchun xarakterli emas. -gani qo’shimchasi tarkibi uning kelib chiqishi haqida turlicha qarashlar bor.
Bizningcha bu qo’shimcha - gali qo’shimchasidagi «l» ning «n» ga o’tishidan yuzaga kelgan,- gali qo’shimchasi esa - galir qo’shimchasidan kelib chiqqan. (-gali (r)> - gali) -galir qo’shimchasi yordamida yasaluvchi forma esa ot forma bo’lgan. Shunday deb qarashga quyidagi hodisalar imkon beradi. Birinchidan bu forma tarixan to’liqsiz fe‘l uchun ko’makchisi, shuningdek, - dek qo’shimchasi bilan qo’llangan va maqsad ma‘nosini ifodalay olgan. Ikkinchidan – gani qo’shimchasi bilan yasaluvchi ravishdoshning bo’lishsiz formaga ega emasligini ham uning aslida -galir qo’shimchasidan kelib chiqqanligini - galir qo’shimchasi bilan yasaluvchi forma esa ot forma bo’lganini ko’rsatadi.
Hozirgi o’zbek tilida - (-i) -sh, - moq qo’shimchalari bilan yasaluvchi ot formaning - ma qo’shimchasini qabul qilmasligi ham shunga ishora qiladi. Uchinchidan harakat nomi yasovchi -moq qo’shimchasi asosida yuzaga kelgan -moqchi qo’shimchasining ayrim tillarda, masalan, qozoq tilida -moq qo’shimchasi bilan yasaluvchi formaning maqsad ma‘nosini ifodalay olishi ham maqsad ifodalovchi -galir qo’shimchasi bilan yasalgan formaning ham ot forma bo’lganligidan dalolat beradi. 1 -gani qo’shimchasining variantlari ham uchrab turadi:
Vohidxo’janing odamlari to’g’on sohilidagi oq teraklarni qirqqani kelishgan edi.
Ushbu misolda qirqqani maqsad ravishdoshi sanaladi, -gani qo’shimchasining -qani varianti qo’llangan. Chunki qirq o’zagidagi oxirgi undosh o’ziga o’xshagan undoshni talab qilyapti. Bu maqsad ravishdoshi ham kelishi qirqishi ekanligini ifodalamoqda. Gapda nima maqsadda? So’rog’iga javob bo’ladi, maqsad holi vazifasida keladi.
Maqsad ravishdoshi haqida to’laroq ma‘lumotga ega bo’lish uchun yana misollarga murojat qilamiz: odatda yigitlar qishloq o’rtasidagi tepalikka, gumbazli masjid oldidagi maydonga yig’ilishar, ularni jo’natgani tumonat odam to’planar... Yuqoridan bu ishlarni tekshirgani odam kelganligi. Keyinchalik Jabbor chindan halok bo’lib, «gunohini yuvgani» frontga ketgani Bo’riboev esa sog’-salomat qaytib kelganidan keyin... Fazilat unga turmushga chiqishga majbur bo’ldi.
Yuqoridagi misollardagi jo’natgani, tekshirgani, yuvgani maqsad ravishdoshlar asosiy fe‘ldagi ish-harakatning maqsadni bildirish bilan harakterlidir, nima maqsadda? So’rog’iga javob bo’ladi, gapda har uchalasi ham maqsad holi vazifasida keladi.10
Payt holi Ravishdoshning - gach (-kach-qach) va - guncha (-kuncha - quncha) qo’shimchalari orqali yasalgan shakllari gapda payt holi vazifasida kelishini ko’rib o’tamiz. Avvalo, biz bir masalani yechib olsak.
-gach, (-kach- qach ) affiksi: kelgach, ekkach, chiqqach. Ravishdoshning bu turi: 1. Payt ma‘nosini bildiradi va payt ergash gapning kesimi vazifasida kelib, bosh gapdagi harakatning o’zi bildirgan xarakatdan keyin bajarilishini ifodalaydi: uch-to’rt kun mehmondor chilikda yurishgach, maktabga qaytdilar. U yechinib ko’rpachaga kirgach, Ikromjonga nimadir demoqchi bo’lib, boshini ko’tardi.
A.Hojievning yuqoridagi misollari qoidaga mos tushmaganlik holatini ko’rishimiz mumkin Binobarin,qo’shma gap bo’lishi uchun uning qonuniyatlariga mos gap bo’lishi kerak, ya‘ni , har bir sodda gapning o’z egasi ( ifodalanmasa ham ) bo’lishi kerak. Yuqoridagi misollar esa qo’shma gap talablariga javob bermaydi, biz ularni sodda gap deb atasak, to’g’riroq bo’ladi. Chunki, birinchi gapdagi yurishgach, qaytdilar kesimlarining egasi ular hisoblanadi. Bu yerda «ular» ning ikkita harakati ko’rsatilyapti, xolos. Ikkinchi gapdagi kirgach, ko’tardi harakatlarini bajaruvchi shaxs u bo’lib, ikkoviga ham dahldordir. Demak, bu gaplarni qo’shma gap deb o’rganishimiz to’g’ri bo’lmas ekan. Shu jihatdan olib qaraganda biz quyidagi ishimizda payt ma‘nosini ifodalovchi ravishdoshlarning sodda gaplarda payt holi vazifasida kelishini kuzatayotganda bu masalaga e‘tibor beramiz va yuqoridagiday misollarni sodda gap tarzida tahlil qilamiz:11
Lekin qishloqqa kelgach, qurilish bilan «tanishish» ishlarini shiyponlardan emas, Mingbuloqdan boshladi.
Haydar nima qilishini bilmay bir oz o’ylanib turgach choldan xabar olishga qaror qildi.
Otaqo’zi unga vaziyatni tushintirishga urinib ko’radi, tushunmagach qo’lini siltab qo’ya qoladi.
Yuqoridagi misollardan birinchisida kelgach ravishdoshi boshladi asosiy fe‘lning ro’y berish paytini ifodalab kelyapti. Gapda qachon? so’rog’iga javob bo’ladi. Ikkinchi gapdagi turgach ravishdoshi qarorga kelish vaqtini belgilovchi omil hisoblanadi. Qachon? so’rog’iga javob bo’ladi, gapda payt holi vazifasida keladi. Uchinchi gapdagi tushunmagach ravishdoshi payt mazmunini ifodalab kelayotganini sifatdosh bilan «keyin» so’zidan tashkil topgan birikuvga almashtirib ko’rganimizda ham guvohi bo’lamiz: tushunmagandan keyin. Gapda qachon? so’rog’iga javob bo’ladi hamda payt holi vazifasida keladi. Ba‘zan - gach affiksi bilan yasaluvchi ravishdoshning gina - yuklamasi bilan qo’llanishi uchraydi . Bunday hollarda u payt holi vazifasida keladi: Ko’rshapalakdek bir ko’rinib yo’qolgan Mirsodiqlarni ko’rgachgina ma‘lum bo’ladi.
Keltirilgan fikrni inkor etmagan holda - gina yuklamasi qo’llanmasa ham,- gach qo’shimchali ravishdosh larning payt holi vazifasida kelishini yuqoridagi misollar orqali ko’rib o’tdik.
-Gach affiksi bilan yasaluvchi ravishdoshga chiqish kelishigidagi sifatdosh bilan
«keyin» so’zidan tashkil topgan birikuv ham qo’llanadi: kelgach- kelgandan keyin, aytavermagach- aytavermagandan keyin. Umuman, -gach affiksi bilan yasaluvchi ravishdoshning qo’llanishi ko’proq kitobiy uslubga xos bo’lib, oddiy so’zlashuvda uning vazifasida kelgandan keyin, aytmagandan keyin tipidagi forma qo’llanadi.12
Payt xrli vazifasida - gach qo’shimchali ravishdoshdaya tashqari - guncha yordamida yasalgan ravishdosh ham keladi.
Guncha, ( kuncha - quncha ) affiksi kelguncha, chekkuncha chiqquncha. Bu affiks yordamida yasaluvchi ravishdosh ham hozirgi o’zbek tilida juda ko’p qo’llanadi va qo’yidagi ma‘nolarni bildiradi:
O’zi bog’lanib kelgan fe‘l bildirgan harakatning bajarilish vaqtini beligilaydi. Bundagi quyidagi holatlarni ko’rishimiz mumkin:
biror harakatning - guncha affiksli fe‘l bildirgan harakatga qadar bajarilib bo’lishi ifodalanadi. Bunda biror xarakat bajarilgan vaqtda -guncha afiksli fe‘l (ravishdosh) bildirgan harakat esa davomli harakat bo’lmaydi:
Bundan chiqdi, boshimga musibat tushguncha men yaxshi odam edim. Ushbu misolda tushguncha ravishdoshi avval mavjud bo’lmagan hodisani ifodalayapti, gapda qachon? so’rog’iga javob bo’lyapti, hamda payt holi vazifasida kelyapti. Bunday hollarda ana shu mazmunga mos ravishda, uni ta‘kidlash uchun «to» so’zi va - guncha affiksli fe‘l bildirgan harakatning yuzaga kelganligini ifodalash uchun «bo’lmay» fe‘l formasi qo’llanishi mumkin: To o’lguningcha , toki so’nggi nafasing chiqquncha chizgan rejalaring, o’ylagan o’ylaringni ro’yobga chiqarmog’ing kerak.
Misoldan ko’rindiki? chiqquncha ravishdoshining oldidan toki so’zini qo’llash orqali ma‘noni kuchaytirish holati yuzaga kelyapti. Chiqquncha ravishdoshi qachon? so’rog’iga javob bo’ladi. Asosiy fe‘ldagi ro’yobga chiqarmoq ish-harakatni qachongacha ekanligi,paytini ifodalab kelyapti, gapda payt holi vazifasida qo’llanyapti;
biror harakatning-guncha affiksli fe‘l bildirgan harakat sodir bo’lguncha davom
etishi ifodalanadi:13
Abror Shukurovich tanish ko’chalardan o’tib, yangicha qurilgan ikki qavatli oynavand binoga yetib borguncha butun olam oftob seliga g’arq bo’lib, raykom oldidagi gulzor lovillab ketdi.
Ushbu gapda gulzorning lovillab ketish hodisasi borguncha ravishdosh ifodalayotgan harakat sodir bo’lguncha davom etyapti. Borguncha ravishdoshi qachon? so’rog’iga javob bo’ladi, gapda payt holi vazifasida keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |