Rasmiy uslubning lingvistik xususiyatlari Rasmiy uslubning lingvistik xususiyatlari - Rasmiy uslub tilining asosiy xususiyati aniqlik va ixchamlikdir, unda muayyan nutqiy qoliplar, kasb-hunar so‘zlari, atamalar, tayyor sintaktik qurilmalar keng qo‘llanib, nutqning aniq va ravshan ifodalanishini ta’minlaydi. Tayyor nutq qurilmalari (shu asosda: shunga ко‘rа; ma’lum qilamizki; ...ni e’tiborga olib; ...ga ко‘rа; ...biz, quyida imzo chekuvchilar, ...ga asosan (muvofiq); ...uchun, ...dan kelib chiqib; ...sharti bilan; ...berilsin, ...taqdirlansin kabi) hujjat matnining darak hikoya xarakterida bo‘lishini, so‘zlarning bir ma’noda ishlatilishini, badiiy-tasviriy vositalarning bo‘lmasliguii, fe’lning majhullik va buyruq-istak shakllarining, qo‘shma gap turlarining keng qo‘llanishini talab qiladi. Til materiali hujjatning turi va xarakteriga qarab tanlanadi.
- Ushbu uslubga xos bo‘lgan yoki xos bo‘lmagan stilistik xususiyatlar rasmiy tilda shakllangan matnlarning leksik-grammatik xususiyatlarida yana ham yaqqol namoyon bo‘ladi.
Rasmiy uslubning leksik xususiyatlari. Rasmiy uslubga oid matnlar leksikasi va turg‘un birikmalari o‘zbek tilidagi boshqa tegishli matnlar tilidan sezilarli darajada farqlanadi. Shuning uchun ham, ularda boshqa vazifaviy uslublarda deyarli uchramaydigan alohida so‘z va turg‘un birikmalarga duch kelamiz: ma‘muriy javobgarlik, fuqarolik holati, fuqarolik javobgarligi, aybdor, gumondor, jabrlanuvchi, sudlanuvchi, guvoh, jamoat kafilligi, surishtiruv, jabrlanuvchi bilan yarashuv kabi. Yangi sharoitda yangicha mazmun kasb etgan O‘zbekiston Ruspublikasining Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oliy Majlis, Qonunchilik palatasi, Oliy majlis senati, siyosiy partiyalar, davlat hokimiyat organi, qishloq fuqarolar yig‘ini, saylovoldi tashviqoti, O‘zbekiston ekologik harkati, «Kamolot» yoshlar harakati, qonun ijrosi, konstitutsiyaviy tuzum, davlat tuzilishi, siyosiy institutlar, milliy xolding kompaniyasi singari turg‘un birikmalar ham mustaqillik davri o‘zbek tili taraqqiyotining mahsulidir. Masalan, “O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari o‘z vakolatlarini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan suveren holda, faqat qonunga bo‘ysunib amalga oshiradilar”. Gaplarda suveren so‘zining qo‘llanishida sun‘iylik, uslubiy g‘alizlik paydo bo‘lganligini payqash qiyin emas. Xulosa shunday bo‘ladiki, mustaqil so‘zi tilimizda ommalashgan, uni barcha o‘zbekcha matnlarda uchratishimiz mumkin, ma‘nosida kenglik, qo‘llanishida erkinlik mavjud. Suveren so‘zi esa jiddiy ma‘noga ega bo‘lib, rasmiy ohang beradi va rasmiy uslub doirasida chegaralanib, faqat davlat so‘ziga bog‘langanligi ma‘lum bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |