Mavzu. Rasmiy-idoraviy uslub va uning uslubiy xususiyatlari Reja


Masalan:  8500 (sakkiz  ming besh yuz) so‘mlik .  Tire



Download 421,62 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana14.05.2023
Hajmi421,62 Kb.
#938742
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
8-mavzu

Masalan:
 8500 (sakkiz 
ming besh yuz) so‘mlik

Tire
quyidagi holatlarda qo‘yiladi: 
- izohlanmish bilan izohlovchi o‘rtasida. 
Masalan:
 Javobgar – marhumning 
tug‘ishgan singlisi.
- ajratilgan gap bo‘laklari o‘rtasida. 
Masalan:
 Onasinikiga – 
Buxoro shahar

Yangiyer ko‘chasidagi 50-uyda yashovchi Muyassar Qayumovanikiga ko‘chib 
ketgan. 
Rasmiy uslubning lingvistik xususiyatlari
. Rasmiy uslub tilining asosiy 
xususiyati aniqlik va ixchamlikdir, unda muayyan nutqiy qoliplar, kasb-hunar 
so‘zlari, atamalar, tayyor sintaktik qurilmalar keng qo‘llanib, nutqning aniq va 
ravshan ifodalanishini ta’minlaydi. Tayyor nutq qurilmalari (shu asosda: 
shunga 
ко‘rа; ma’lum qilamizki; ...ni e’tiborga olib; ...ga ко‘rа; ...biz, quyida imzo 
chekuvchilar, ...ga asosan (muvofiq); ...uchun, ...dan kelib chiqib; ...sharti bilan; 
...berilsin, ...taqdirlansin 
kabi) hujjat matnining darak hikoya xarakterida bo‘lishini, 
so‘zlarning bir ma’noda ishlatilishini, badiiy-tasviriy vositalarning bo‘lmasliguii, 
fe’lning majhullik va buyruq-istak shakllarining, qo‘shma gap turlarining keng 
qo‘llanishini talab qiladi. Til materiali hujjatning turi va xarakteriga qarab tanlanadi. 


Ushbu uslubga xos bo‘lgan yoki xos bo‘lmagan stilistik xususiyatlar rasmiy tilda 
shakllangan matnlarning leksik-grammatik xususiyatlarida yana ham yaqqol 
namoyon bo‘ladi. 
Rasmiy uslubning leksik xususiyatlari
.
Rasmiy uslubga oid matnlar leksikasi 
va turg‘un birikmalari o‘zbek tilidagi boshqa FUlarga tegishli matnlar tilidan 
sezilarli darajada farqlanadi. Shuning uchun ham, ularda boshqa vazifaviy 
uslublarda deyarli uchramaydigan alohida so‘z va turg‘un birikmalarga duch 
kelamiz: ma’muriy javobgarlik, fuqarolik holati, fuqarolik javobgarligi, aybdor, 
gumondor, jabrlanuvchi, sudlanuvchi, guvoh, jamoat kafilligi, surishtiruv, 
jabrlanuvchi bilan yarashuv kabi. Yangi sharoitda yangicha mazmun kasb etgan 
O‘zbekiston Ruspublikasining Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oliy Majlis, Qonunchilik palatasi, 
Oliy majlis senati, siyosiy partiyalar, davlat hokimiyat organi, qishloq fuqarolar 
yig‘ini, saylovoldi tashviqoti, O‘zbekiston ekologik harkati, «Kamolot» yoshlar 
harakati, qonun ijrosi, konstitutsiyaviy tuzum, davlat tuzilishi, siyosiy institutlar, 
milliy xolding kompaniyasi singari turg‘un birikmalar ham mustaqillik davri o‘zbek 
tili taraqqiyotining mahsulidir. Masalan, “O‘zbekiston Respublikasi prokuratura 
organlari o‘z vakolatlarini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va 
mansabdor 
shaxslardan 
suveren
holda, 
faqat qonunga bo‘ysunib amalga 
oshiradilar”. Gaplarda 
suveren 
so‘zining qo‘llanishida sun‘iylik, uslubiy g‘alizlik 
paydo bo‘lganligini payqash qiyin emas. Xulosa shunday bo‘ladiki, mustaqil so‘zi 
tilimizda ommalashgan, uni barcha o‘zbekcha matnlarda uchratishimiz mumkin, 
ma‘nosida kenglik, qo‘llanishida erkinlik mavjud. 
Suveren
so‘zi esa jiddiy ma‘noga 
ega bo‘lib, rasmiy ohang beradi va rasmiy uslub doirasida chegaralanib, faqat davlat 
so‘ziga bog‘langanligi ma‘lum bo‘ladi. 
Mustaqillik davrida yangicha mazmunda muomalaga qaytgan yoki kirib 
kelgan prezident, parlament, palata, senat, senator, mahkama, vazirlik, vazir, 
hokimiyat, hokim, fuqaro, harakat, suverenitet so‘zlarning qo‘llanishiga tilning 
amalda bo‘lish qonuniyatlariga, uslub talablariga ko‘ra yondashish to‘g‘ri bo‘ladi. 
Rasmiy uslubda qo‘llaniladigan ayrim so‘z va jumlalarning faolligi shu darajaga 
yetganki, ularni Rasmiy uslubga xos shtamplar sifatida e‘tirof etishga majbur 
bo‘lamiz: maqsadida, muvofiq, binoan, belgilamoq, tasdiqlamoq, kuchaytirmoq, 
nazorat o‘rnatmoq, zimmasiga yuklamoq, taklif kiritmoq, ta‘minlamoq, chora 
ko‘rmoq, ishlab chiqmoq, joriy etmoq, qabul qilmoq, amalga oshirmoq, tavsiya 
etmoq, zimmasiga yuklamoq kabilar. 

Download 421,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish