Sonlarning 16-li ko‘rinishi. Faraz qilaylik, xotiradagi ayrim baytlar tarkibini ko‘rmoqchimiz. Buning uchun 4 ta ketma - ket baytlar tarkibini aniqlashimiz kerak.
4 bayt 32 bit bo‘lganligi uchun muttaxassislar 2-lik sonlarni “stenografik” ko‘rsatish metodini ishlab chiqdilar. Bu metod bo‘yicha har bir bayt ikkiga bo‘linadi va har bir yarimbayt tegishli qiymatlar bilan ko‘rsatiladi. Quyidagi 4ta baytni ko‘rib chiqamiz.
2-li: 0101 1001 0011 0101 1011 1001 1100 1110
10-li: 5 9 3 5 11 9 12 14
CHunki bizda qandaydir 10-lik sonlarni ko‘rsatish uchun ikkita raqam kerak, shuning uchun sanoq sistemani kengaytiramiz. Endi 10=A, 11= V, 12=S, 13=D, 14=E, 15=F. SHuningdek, biz yuqorida ko‘rsatilgan baytlar qiymatini ko‘rsatishning qisqartirilgan formasiga ega bo‘ldik:
59 35 V9 SE
SHunday sanoq sistemasi o‘ziga 0 dan F gacha “raqamlarni” qo‘shadi. Bu “raqamlar” 16-ta. SHuning uchun bunday sanoq sistemasi 16-li ko‘rinishda deb aytiladi.
16-li formati Assembler tilida ko‘p ishlatiladi. 16-li formatda dasturlarni assemblerlashtirishni listingida hamma adreslarni, komandalarni mashina kodi va konstantallar ichidagi narsalarni kiritiladi. Assembler dasturida 16-li sonni indeksiya qilish uchun, sondan keyin “N” belgisi quyiladi. Masalan, 25N (o‘nli qiymati 37) 16-li sonlar har doim 10-li va 0-9 raqamlardan boshlanadilar, B8N raqami 0V8N deb yoziladi.
EHM da masala echilayotganda barcha matematik kattaliklar erkli va erksiz o‘zgaruvchilar - turli tabiatli fizik kattaliklar orqali ifodalanadi. Bu fizik kattaliklar - elektr, magnit, optika va h. signallari - mashina o‘zgaruvchilari deb ataladi. Hozirgi zamon EHMlarida axborotning ikki xil - uzlukli va uzluksiz ifodalanishi qo‘llaniladi.
Axborotning uzlukli shaklda ifodalanishida matematik kattalikning har oniy qiymati bir necha mashina o‘zgaruvchilari orqali ifodalanadi. Mashina o‘zgaruvichlarining ahamiyati ularning vaqt yoki fazoda tutgan o‘rinlariga nisbatan aniqlanadi. Odatda matematik o‘zgaruvchilarni uzlukli shaklda ifodalash uchun pozitsion koddan (ko‘pincha, ikkili koddan) foydalaniladi.[1]
Bu koddagi xona raqamlari qiymati faqatgina mos mashina o‘zgaruvchilarining berilgan vaqt onida (ketma-ket kod) yoki fazoning berilgan joyida (parallel kod) borligi («1») yoki yo‘qligi («0») orqali tavsiflanadi. Odatda axborotning uzlukli shakldagi ifodalanishida mashina o‘zgaruvchisi sifatida elektr potensiallari yoki impulg‘slar ishlatiladi. 1-rasmda y(x) matematik o‘zgaruvchining vaqt bo‘yicha ketma-ket (yoki parallel) uzlukli kodlar kombinatsiyasi ko‘rinishida ifodalanish misoli keltirilgan.
1-rasm «b» da argument x5 da o‘zgaruvchi u(x) qiymatining ketma-ket kodi tasvirlangan. 1-rasm «v» da x ning o‘sha qiymatidagi u(x) qiymatining parallel kodi tasvirlangan.
1.1-rasm. O‘zgaruvchining vaqt bo‘yicha uzlukli kodlar kombinatsiyasi ko‘rinishida ifodalanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |