Mаvzu: Quyosh turkumining tuzilishi va tarkibi



Download 387,41 Kb.
bet9/9
Sana28.02.2022
Hajmi387,41 Kb.
#474603
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 маъруза

Uran - “Yonbosh” planeta

Uran sayyorasi, aslida muzikachi, keyinchalik mashxur astronom darajasiga ko'tarilgan V. Gershel’ tomonidan 1781 yili tasodifan topildi.Ma'lum bo'lishicha, planeta ochilgunga qadar, qariyb yuz yilcha ilgaridan kuzatilib kelingan ekan.Biroq astronomlar unga xar doim xira yulduz deb qarab, ortiqcha e'tibor bermagan ekanlar.Planeta orbitasini birinchi bo'lib Peterburg akademigi A.I. Veksel’ hisobladi.


Uranning diamepri 49 ming 600 kilometr bo'lib, massasi Еrnikidan 14.6 marta kattalik qiladi, o'rtacha zichligi 1,60 g/sm3. Bu sayyora Quyoshdan o'rtacha 19,2 astronomik birlik masofada uning atrofida aylanadi. Planeta diski (gardishi) ni ko'rish uchun, uni kam deganda, 100 martacha kattalashtiruvchi teleskopda kuzatish zarur bo'ladi.
Uranning orbital tezligi sekundiga 6,8 kilometrni tashkil qiladi va Quyosh atrofida 84 yilda bir marta aylanib chiqadi. Biroq, u o'z o'qi atrofida nisbatan tez aylanadi.Sutkasining uzunligi 10 soatu 49 minut.Garchi planeta sirti detallarini ko'rib bo'lmasada, davriy ravishda bu sayyora sirti ravshanligining o'zgarib turishi yaqqol seziladi.
1977 yilning 10 martida Uranning hayotiga tegishli fizik bir yangilik ochildi: uning atrofida ham, Saturn atrofidagi kabi, xalqa topildi. Bu kun amerikalik yosh astronom olimlardan YA. Elliot, E. Danxem va D. Minklar “uchar observatoriya” deb nom olgan maxsus samolyotga o'rnatilgan teleskop orqali Uranni Sao 158687 deb nomlangan yulduzni bekitib o'tishini kuzatdilar. Kutilmaganda, yulduzning Uran bilan tutilishiga 40 minut qolganda, uning ravshanligi keskin kamayib, bir necha sekunddan so'ng dastlabki xolatiga kelgan. Shundan so'ng planeta yulduzni to'sgunga qadar bunday xol yana to'rt marta qaytarilgan va nixoyat, yulduzning planeta diski bilan to'silishi 25 minutcha davom etgach, yana navbat bilan yulduzning ravshanligi besh marta kamayib oldingi xolatiga kelgan. Kuzatuvchilar bunday xodisaning sababchisi, Uran atrofida birin - ketin beshta xalka joylashganligidan deb to'g’ri faxmladilar.
1986 yilning 24 yanvarida AQSH ning “voyajer-2” planetalararo avtomatik stantsiyasi esa, Yerdan jo'naganidan 8 yarim yil keyin Uran sayyorasidan 81 ming 200 kilometr naridan o'tayotib, u haqida qiziq ma'lumotlar to'pladi. Uning “aytishicha”, planeta atmosferasining asosiy qismi molekulyar vodoroddan iborat bo'lib, uning ustki qismini atomlar vodorodli “toj” bezaydi.


Neptun

“Qalam uchida topilgan sayyora” 1820 yilga qadar Quyosh oilasi asosan quyidagi ettita sayyora: Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn va Uran hamda ularning yo'ldoshlaridan tashkil topgan deb qaralardi.


1820 yili parijlik astronom A. Buvar, Yupiter, Saturn va Uranlarning kordinatalari jadvalini juda katta aniqlik bilan hisobladi. Biroq o'n yil o'tgach, Uran oldindan hisoblangan o'z o'rnidan 200 sekundli yoyga ilgarilab ketdi. Yana o'n yil o'tgach, ilgarilash 90 sekundga, 1846 yilga kelib esa 128 sekundga etdi. Osmon mexanikasi, nazariy hisoblashlar bilan praktika orasida bu qadar katta farq chiqishiga yo'l qo'ymasligi kerak edi.Astronomlar, Uranning harakatidagi bu chetlashish, uning orbitasidan tashqaridagi boshqa planetaning ta'siri tufayli degan qarorga keldilar.
Bunday murakkab matematik masalani hal qilish uchun bir vaqtda bir-birlaridan bexabar xolda ikki astronom “bel bog’ladi”.
qizig’i shundaki, Neptunning ochilishidan ancha ilgari 1795 yili 8 va 10 mayda - ikki marta astronom Laland kuzatdi. Biroq o'shanda u planetani xira bir yulduz deb o'ylab, bu ikki kunda olingan foto plastinkalarda kuzatilgan sayyora siljishini - o'lchashning xatoligidan deb tushundi. Agar o'shanda Laland xulosa qilishga shoshilmay, bir - ikki kun bu “xira yulduzcha” ni e'tibor bilan kuzatganda edi, u Neptunni Lever’e va Galledan yarim asr oldin topgan bo'lardi.
Neptun Urandan birozgina katta bo'lib, uning diametri 50 ming 100 kilometrdir. Zichligi 1 kub santimetrida 1,6 gramm. Quyoshdan o'rtacha uzoqligi 30,1 astronomik birlik. Massasi ernikidan 17,2 marta katta. Planetaning orbital tezligi sekundiga 5,5 kilometr bo'lib, Quyosh atrofida aylanish davri 164 yilu 280 kun. O'z o'qi atrofida Neptun 15,8 soatda bir marta aylanib chiqadi. Spektroskopik kuzatishlar, Neptunda vodorod va metan borligini ma'lum qildi. Shuningdek, sayyoraning bu yirik yo'ldoshi anchayin qalin atmosfera bilan ham qoplangan deb faraz qilinadi.
1949 yil planetaning yana bir yo'ldoshi Koypeo topdi va unga qadimgi greklarning sevimli xudosa Nerey qizining nomi - nereida berildi, uning diametri atiga 300 kilometr.

Download 387,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish