Venera - Zuxra - “tong yulduzi”
Qadim rim mifologiyasida sevgi xudosining nomi “Venera” deb yuritiladigan bu planetaning Quyoshdan o'rtacha uzoqligi 108 million kilometrdir. Zuxra orbitasi bo'ylab sekundiga 35 kilometrli tezlik bilan xarakatlanib, 225 kunda Quyosh atrofida bir marta to'la aylanib ulguradi.
Ravshanligi jihatidan Quyosh va oydan keyin turadigan bu sayyora, juda qadimdan kishilar diqqatini o'ziga tortib, “qo'zg’almas” yulduzlar fonida harakatlanishi birinchi bo'lib sezilgan “adashgan” yoritkichdir.
1610 yildayoq G. Galiley bu planetani o'zi yasagan teleskopda kuzatib, oy kabi turli fazalarda bo'lishini ko'rdi.Bu xodisa, zuxra ham oy kabi sferik shakldagi osmon jismi ekanligining dastlabki isboti edi. Zuxraning kattaligi salkam Еrnikicha bo'lib, diametri 12 ming 100 kilometrni tashkil qiladi.
1761 yil 6 iyunda astronomlar “tong yulduzi” bilan bog’liq fizik bir hodisaning guvohi bo'ldilar: sayyoraning harakati Quyosh diskida proektsiyalandi. Bunday g’aroyib xodisani kuzatish taniqli rus olimi M. V. Lomonosovga ham nasib qilgan ekan.Olim Veneraning Quyosh diskidan o'tishini kuzatayotib, sayyora qalin atmosfera bilan qoplanganligini aniqladi.Uzoq yillar davomida ana shu qalin atmosfera - “paranji” misol zuxraning haqiqiy jamolini bizdan yashirib kelardi.
Kezi kelganda shuni aytish kerakki, Veneraning Quyosh diskiga proektsiyalanib o'tishi, juda kam uchraydigan hodisa bo'lib, Lomonosovning XVIII asrdagi eslatilgan kuzatishidan so'ng atiga 3 martagina kuzatildi; navbatdagi o'tishi esa 2004 yilning 8 iyunida bo'ldi. Sayyoraning sirtini spektroskopik o'rganishlar, uning agmosferasi, asosan karbonat angidriddan iborat deyishdan ortiq ma'lumotlarni berishga ojizlik qildi.
Sayyorani tekshirishning 60 - yillardan boshlangan yangi usuli “tong yulduzi” ga tegishli ko'p jumboqlarni hal qilishga imkon berdi. Natijada Veneraning o'z o'qi atrofida va Quyosh atrofida haqiqiy aylanish davrlari birinchi marta tug’ri aniqlandi.
Ma'lum bo'lishicha, planetaning aylanish o'qi uning orbita tekisligiga deyarli tik joylashib (anig’i 87 gradusda Yerdagidek yil fasllari kuzatilmaydi.Shu radiolokatsion kuzatishlar Zuxraning o'z uqi atrofida aylanish davrn 243 kunga tengligini, hamda sistemasining sharqdan - g’arbga aylanuvchi yagona ekanligini ma'lum qildi (boshqa sayyoralar atrofida g’arbdan sharqqa aylanadi).
Xulosa qilib aytganda, Veneraga uchirilgan kosmik apparatlar yordamida uning atmosferasi va sirtiga tegishli quyidagi yangi ma'lumotlar qo'lga kiritildi:
Sayyora atmosferasining bosimi juda Yuqori bo'lib, olimlar hech kutmagan miqdorni 90 atmosferani ko'rsatdi. Uning 97 foizini karbonat angidrid, suv bug’lari, kislorod esa atiga 1,5 foizini tashkil qilishi ma'lum bo'ldi. Sayyora sirtida Yaqinda o'lchangan harorat +470 gradusgacha (sel’siy shkalasida) etadi.
“Tong yulduzi” ning erga yana bir “qarindosh” ligi shundaki, uning osmonida ham qalin bulutlar kuzatilib, ularning “tizgini” shamolning qo'lida bo'ladi. Qizig’i shundaki, sayyora atmosferasida bulutlar bir necha qavatga ega, asosiy bulutlar qatlamining Yuqori chegarasi taxminan 65 kilometr atrofida bo'lib, pastki chegarasi 48-49 killometrli balandlikda yotadi. 65 kilolmetrdan to 85 kilometgacha.Shubxasiz, zuxra to'g’risidagi bu modelni tugallangan deyishga hali erta.
Yer
Biz ustida yashayotgan osmon jismi, Quyoshdan uzoqligi bo'yicha uchinchi o'rinda turuvchi planeta bo'lib, Quyoshdan o'rtacha uzoqligi 149,6 million kilometrni tashkil etadi. Planetamizning ekvatorial radiusi 6378 kilometr, ya'ni qutb radiusidan taxminan 21 kilometrga ortiqlik qiladi. Yer, Quyosh atrofida sekundiga 30 kilometr tezlik bilan harakatlanib, 365,24 kunda bir marta to'la aylanib chiqadi. Bir yilda to'rt faslning planetamizda kuzatilishining sababi, Yer o’qining orbita tekisligiga 66,5 daraja og’maligi bilan tushuntiriladi.
Yer o'z o'qi atrofida 23 soatu 56 minutu 4 sekundda to'la aylanib chiqadi.Biroq uning Quyoshga nisbatan aylanish davri bir oz uzunroq bo'lib, 24 soatni tashkil qiladi.Sayyoramizning Quyoshga nisbatan aylanish davrining uzunligiga sabab, Quyoshning yulduzlar oralig’ida yillik ko'rinma siljishidir (bunday siljish, Yerning Quyosh atrofida haqiqiy harakatlanishi tufayli sodir bo'ladi).
Yerning o'rtacha zichligi 5,5 g/sm3 - ga teng bo'lib, massasi taxminan 6 ·1021 kilogrammni tashkil etadi. Planetamizning tuni deyiluvchi atmosferasi minglab kilometrli balandlikkacha cho'zilib, og’irligi qariyb 5 ming 160 trillion tonna keladi. Bunday “tun” Yerda hayotning paydo bo'lishi va rivojlanishida muxim rol o'ynagan. Xususan, 20-30 kilometr chamasi balandlikda joylashgan azon qatlami, Quyoshning qisqa to'lqinli ul’trabinafsha nurlarini kuchli yutib, barcha tirik jonivorlarning, jumladan odamzotni, bunday nurlarning xavfli ta'siridan asraydi. Atmosferaning 21 foizga Yaqinini kislorod, taxminan 78 foizini esa azot, qolgan qismini esa boshqa gazlar: argon, karbonat angidrid va suv bug’lari tashkil qiladi.
Yer gidrosferasiga (Yer yuzidagi qattiq, suyuq va gaz holatidagi suvlarning majmuasi) ko'ra boshqa planetalardan keskin farq qiladi. Unda faqat suyuq, holatdagi suvning hajmi 1 million 370 ming trillion kub metr bo'lib, umumiy maydoni 3610 milliard kvadrat metrga teng. Boshqacha aytganda, Yer sirtining qariyb 71 foizini suvlik tashkil qiladi.Quruqlikning o'rtacha balandligi dengiz satxidan 875 metr bo'lgani holda, dunyo okeanining o'rtacha chuqurligi 3800 metrgacha boradi.
Suv o'zining ajoyib xususiyatlariga ko'ra, Yerda optimal issiqlik rejimining vujudga kelishida muxim rol o'ynaydi.Suvsiz organik hayot Yerda vujudga kela olmasdi.
Grenlandiya quruqligini ko'p qismini muz qoplaydi. Uning umumiy massasi 24 ming 200 trillion tonnaga tengdir. Bordiyu, bunday miqdordagi muz erisa edi, dunyo okeanining satxi 60 metrga ko'tarilib, quruqlikning yana 10 foizi suv ostida qolgan bo'lardi.
Yerning qattiq qatlami litosfera deyilib, bu qismda planetamizning asosiy qatlami mujassamlashgan bo'ladi. Garchi bir qarashda litosfera sirtida turib, uning ichki tuzilishi haqida ma'lumotga ega bo'lish mumkin emasdek tuyulsada, aslida sayyoramizning inertsiya momenti va Yer qimirlashlari asosida uning ichki tuzilishi haqida etarlicha aniq ma'lumotlar olish mumkin.
Gap shundaki, seysmik to'lkinlar bo'ylama va ko'ndalang bo'lib, bo'ylama to'lqinda zarrachalar to'lqining tarqalish yo'nalishi bo'yicha siljigani holda, ko'ndalang to'lqinda tarqalish yo'nalishi bilan tug’ri burchak tashkil qiladi. Ko'ndalang tulqinlarning tarqalish tezligi esa bo'ylama to'lqinlarnikidan katta bo'ladi. Shuningdek, seysmik to'lqinlar, turli zichlikdagi qatlamlar chegarasidan qaytish va sinish hususiyatiga ham egadir. Bunday ma'lumotlar asos qilib olingan usullarga tayangan holda, litosferaping ichki tuzilishi haqida etarli darajada ishonchli ma'lumotlar olindi.
Xususan, suyuqlikning ko'ndalang to'lqin siljishiga qarshilik qilmasligi tufayli, bunday to'lqin suyuqlikda tarqala olmasligi bazasida litosferaning suyuq yadrosi borligi asrimizning boshidayoq aniqlangan edi.
Bu usullar yordamida tekshirishlar, litosferaning qattiq qatlami ham bir jinsli bo'lmay, taxminan 40 kilometr chuqurlikda keskin chegara borligini bildirdi. Bu chegaraviy sort uning kashfiyotchisi nomi bilan moxorovichich sirti deb yuritiladi. Bu sirtdan Yuqori qatlam litosfera po'stlogi osti esa mantiya deb yuritiladi. Mantiyaniig zichligi 3,3 g/sm3 dan (moxorovichich sirtida) 5,5 g/sm3 gacha (yadro chegarasida) ortadi. Yadro chegarasida zichlik keskin ortib 9,4 g/sm3 ni tashkil qiladi. Yer markazida zichlik 14,5 - 18 g/sm3 gacha tartibda bo'lib, bosim 1 million 300 ming atmosferaga boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |