Merkuriy - Quyoshning “kenjasi”
Bu sayyora, Quyosh sistemasidagi to'qqizta pleneta ichida Quyoshga eng Yaqini bo'lib, qadimda rimliklar uni sayohatchilarning panohi, savdo - sotiq xudosi nomi bilan Merkuriy, arablar esa uni utorud deb atashgan. Utorudning orbitasi boshqa sayyoralarnikidan farq qilib, cho'zinchoq aylana (ellips) shaklidadir. Shuning uchun ham bu sayyoraning Quyoshdan uzoqligi 0,31 dan to 0,47 astronomik birlikkacha cho'zilib turadi, o'rtacha uzoqligi esa 58 million kilometrni tashkil qiladi. Merkuriyning diametri 4880 killometr bo'lib, uning sirtida tortish kuchi Еrnikidan 2,5 marta kam.
Utorud o'z orbitasi bo'ylab sekundiga 48 kilometr tezlik bilan harakatlanib, Quyosh atrofida 88 kunda to'la aylanib chiqadi. Qizig’i shundaki, Quyosh oilasi “kenja” sining bir kuni uning ikki yiliga teng, boshqacha qilib aytganda planetaning bir kechayu-kunduzi Yerning 176 kuniga tengdir.
Merkuriy sirtining kunduzgi o'rtacha harorati +30 gacha (sel’siy shkalasida), kechasi - 1800 gradusga pasayadi. Biroq shuni aytish kerakki, planeta sirtining mayda tuprog’i issiqliq yomon o'tkazganligi tufayli bir necha o'n santimetr chuqurlikda harorat sirt haroratidan keskin farq qilib, 70-90 gradusni tashkil qiladi va juda kam o'zgaradi. Bu nazariy ma'lumot keyinchalik radioastronomik kuzatishlar asosida to'la tasdiqlandi. Merkuriyning rel’efi va fizik tabiatiga tegishli ma'lumotlarni “qo'lga kiritish” ning murakkabligi shundaki, bu sayyoraning yo'li doimo Quyoshdan kichik burchak oralig’ida bo'ladi.
Merkuriyning “jamoli” ni Yaqindan ko'rish, sayyoralararo avtomatik stantsiya “Mariner-10” ga (AQSH) nasib qilgan ekan. 1973 yilning oxirlarida sayyora tomon yo'lga chiqqan bu stantsiya, 1974 yilning 21 sentyabrida Merkuriydan 47 ming 981 kilometrlik masofadan o'tayotib, planeta sirtining 500 ga Yaqin sifatli rasmini oldi. Bu rasmlar “yuz tuzilishi” jixatidan kenja sayyora oyga juda o'xshashligini ko'rsatdi. Oy sirtidagi kabi Merkuriy yuzasi ham meteoritlar zarbidan “momataloq” bo'lib, turli kattaliklardagi kraterlar bilan qoplangan “mariner-10” olgan planeta “portretlari” dan shunaqangi ko'rinib turibdi.
Qizig’i shundaki, garchi ko'pchilik kraterlarning diametri bir necha o'nlab kilometrni tashkil qilsada, chuqurliklariga ko'ra ular oydagi kraterlardan farq qiladi. Biroq kuzatilgan planeta kraterlari, ularni o'rovchi tepalik markazlari va markaziy tog’chalariga ko'ra oy kraterlarini eslatadi. Sayyora yuzidagi bu cho'tirlik uning hayotida o'ziga xos “kundalik” bo'lib, Merkuriy sirtining shakllanish tarixidan hikoya qiladi.Shuningdek, planeta kraterlarining ayrimlari, oydagi ba'zi kraterlar kabi radial yo'nalishda cho'zilgan yorug’ nur sistemalari bilan o'ralgan.
Biroq Merkuriyda kuzatilgan ayrim ob'ektlar, na oyda va na Quyosh sayyoralarida kuzatilmasligi bilan kishi diqqatini o'ziga tortadi. Bulardan biri - eskarplar deb yuritiluvchi o'pirilishlar bo'lib, ulariing balandligi 2-3 kilometrgacha etadi. O'pirilishdan hosil bo'lgan bunday jarliklarning uzunligi esa bir necha yuz kilometrdan bir necha ming kilometrgacha boradi.
Merkuriy jinslarining zichligi, oynikiday tartibda (3,0-3,3 g/sm3) bo'lib, o'rtachasi 5,44 g/sm3 ekanligi, uning markaziy qismida temir yadrosi borligini ko'rsatadi. Eng kamida bu, Merkuriy markazida silikat jinslar katta bosim ostida metallik holatga o'tayotganidan darak beradi.
“Mariner-10” planetaning siyrak atmosferasi borligini ma'lum qildi.Ma'lum bir planetada atmosferaning bo'lish-bo'lmasligi, odatda, talay faktorlar bilan aniqlanadi. Biroq bularning ichida eng muhimi planetaning sirtida tortish kuchining kattaligi va harorat eng muhim rolni uynaydi. Haroratiing ortishi tufayli atmosferani tashkil etgan molekula va atomlarniig tartibsiz issiqlik harakatlari ortadi. Oqibatda ma'lum tezlikka erishgan havo molekulalari planetani butunlay tark etadi.Xuddi shu sababdan Yer har kunda 100 tonnagacha vodorodidan “judo” bo'ladi.
Kichik massali Merkuriy (Yer massasining 5.5 foiziga) sirtida bu qadar Yuqori haroratgacha (+4200C) qizish, planeta atmosferasiniig asosiy qismining yo'qolishiga sabab bo'lgan deb qaraladi.Merkuriyning yo'ldoshi yo'q.
Do'stlaringiz bilan baham: |