Mavzu: Quyosh Quyosh



Download 23,43 Kb.
Sana13.05.2020
Hajmi23,43 Kb.
#50158


Fizika fakulteti fizika yo’nalishi 1602 guruh talabasi Irqulova odinaning Energetik resurslar fizikasi fanidan tayyorlagan seminar ishi

Mavzu: Quyosh

Quyosh — Quyosh tizimining markaziy jismi, qizigan plazma shari. Quyosh Yerga eng yaqin G2 sinfiga mansub sariq mitti yulduz. Massasi 1,990×1030 kg (Yernikidan 332958 marta koʻp). Quyoshda Quyosh tizimi massasining 99,866 foizi jamuljam. Yerdan Quyoshgacha masofa 1,4710×1011 m dan (yanvar) 1,5210×1011 m gacha (iyul) boʻlib, oʻrtacha 1,4960×1011 m ni tashkil etadi (astronomik birlik). Quyosh diametri 1,392×1011 9 m (Yer ekvatori diametridan 109 marta koʻp). Oʻrtacha zichligi 1,41×1011 kg/m3. Quyosh sirtida erkin tushish tezlanishi 273,98 m/s kvadrat, parabolik tezlik (ikkinchi kosmik tezlik) esa 6,18×105 m/s. Sirtidagi harorat 5770 K. Quyosh sistemasidagi sayyoralar soni 8 ta

Quyosh — quyosh sistemasining markaziy jismi; Yerga eng yaqin joylashgan yulduz.Unda sistemaning 99,866% massasi (Mo=1,99T033g) joylashgan. Q. qizigan plazmali shardan iborat, radiusi Ko=696000 km. U massasi boʻiicha Yerdan 332958, diametri boʻyicha 109 marta katta. Oʻrtacha zichligi 1,41T03 kg/m³. Yer Quyosh atrofida oʻrtacha 29,5 km/sek tezlik bilan choʻziq boʻlmagan el-lipsoid orbita boʻylab harakatlanadi. Yerning Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi 149597870 ±1,6 km (astronomik birlik); perigeliyda afeliyga qaraganda 5 mln. km kamroq. Q. sirtidagi tortilish kuchi tezlanishi 273,98 m/sek2. Q. sirtidagi effektiv temperatura, uning toʻla nurlanishi boʻyicha 5770 K ga teng . Yerni oʻz orbitasida ushlab turuvchi kuch 3,6T021kg . Q. oʻlchamlariga koʻra oʻrtacha sariq yulduz boʻlib, spektr yorqinlik Gersshprung— Ressel diagrammasining oʻrta qismidan oʻrin oladi. Q.ning spektral sinfi S2U.

Q. Galaktikamizspiraltarmoqlaridan birida, Galaktika markazidan 10 kps (kiloparsek) masofada joylashgan. Q. Galaktika markazi atro-fida 200 mln. yil davomida bir marta aylanib chiqadi. Yaqin yulduzlarga nis-batan Q. sekundiga 20 km tezlik bilan harakat qiladi. Q.ning yoshi 5T09yil.

Q. optik va radioteleskoplar yordamida tekshiriladi. Kosmosga uchishlar Q.ning Yer atmosferasi oʻtkazmaydigan qisqa toʻlqinli va korpuskulyar nurlanishini ham tekshirishga yoʻl ochib berdi.

1611 yilda G.Galiley teleskop yordamida Q.ni birinchi bor kuzatib, Kuyosh dogʻlari va oʻz oʻqi atrofida aylanish davrini aniqtagan. Nemis astronomi G.Shvabe esa 1843 yilda Q. oʻzgarishining soni yoki Q. faolligi davriy oʻzgarishini topdi, 1814 yilda Y.Fra-ungofer Q. spektrida yutilish chiziqlarini, 1859 yilda nemis olimlari Kirxgof bilan Bunzen bu chiziqlar Q.ning tashqi qatlamlarida, uning atmosferasida paydo boʻlishini kashf etdi. Bu Q.ning kimyoviy tarkibini, fizik tabiatini tekshirishda muhim rol oʻynadi. 1913 yilda amerikalik astronom J.Xeyl Q. dogʻlari Q. sirtining sovigan qismlari ekanligini va fraungofer chiziqlarining zeyemancha ajralishidan Q. sirtida kuchli magnit maydonlari borligini kashf etdi (qarang Quyosh magnetizmi). 1940 yillar boshida Q. radiotoʻlqinlar manbai ekanligi aniqchandi. 1942 yilda shved olimi B.Edlen va boshqa olimlar Quyosh toji spektridagi bir necha spektral chiziqni koʻp marta ionlangan kimyoviy elementlarning spektral chiziqlari ekanini aniqladi, shu bilan Q. tojining yuqori temperaturaga egaligini kashf etdi. 20-asrning yarmida magnit gidrodinamika va plazma fizikasining rivojlanishi Quyosh fizikasining rivojlanishiga muhim turtki boʻldi. Kosmik eraning boshlanishidan soʻng Q.ning ultrabinafsha va rentgen nurlanishi raketalar, Yer sunʼiy yoʻldoshlariga oʻrnatilgan avtomatik orbital rasadxonalar, bortida kosmonavtlar boʻlgan kosmik lab. lar yordamida oʻrganilmoqsa. Qrim, Pul-kovo va boshqa rasadxonalarida, koʻpgina xorij mamlakatlari bilan bir qatorda Oʻzbekiston FA [[Astronomiya in-tida ham Q.ni oʻrganish boʻyicha tadqiqotlar olib borilmoqda (qarang [[Astronomiya).

Q. oʻz oʻqi atrofida yer singari muntazam sharqdan gʻarbga tomon aylanadi. Aylanish tezligi Q. ekvatorida 2 km/sek boʻlib, qutblari tomon kamayib boradi. Ekvatorda aylanish davri =25, qutblari yaqinida esa =31 sutkaga teng . Q.ning toʻla nurlanishi Q. zenitda boʻlganda Yer sirtiga tushadigan yoritilganlik (100 ming lyuks) boʻyicha aniqlanadi. Yerning Q.dan oʻrtacha masofasida, atmosferadan tashqaridagi yoritilganlik 127 ming lyuksni; Q.ning yorugʻlik kuchi 2,84-1027shamni tashkil qiladi. Q. ning toʻla nurlanish quvvati 3,83T026 Vt, undan Yerga taxminan 2T017Vt yetib keladi.

Q. osmonda burchak diametri oʻrtacha 1919"26 ga teng disk singari koʻrinadi. Q. sirtining oʻrtacha ravshanligi (Yer atmosferasidan tashqarida kuzatilganda) 1,98T09nt, Q. diskining markaziy qismlari ravshanligi 2,48T0CH nt ga teng . Q. diskida ravshanlikning markazidan chetga tomon kamayishi spektrning turli qismlari (toʻlqin uzunliklari)da turlicha. Qisqa toʻlqinlarda chetga tomon xiralashish uzun toʻlqinlarga qaraganda kuchli. Q. diskining eng chetida ravshanlik bir sekund burchak ichida yuz marta kamayadi, shuning uchun Q. diski cheti juda aniq koʻrinadi. Rav-shanlikning Q. diski markazidan chetga tomon kamayishi Q. atmosferaga egaligidan dalolat beradi. Q.ni tekshirish asosan uning spektrini oʻrganishga asoslangan.

Q. spektri mingdan ortiq yutilish chiziklari (Fraungofer chiziqlari) bilan kesilgan tutash spektrdan iborat. q. spektorida energiyaning taqsimlanishi 6000°K gacha qizigan mutlaq qora jism spektrinikiga asosan mos keladi]].

Fraungofer chiziqlarining toʻlqin uzunligi va intensivligi lab. nur manbalariniki bilan taqqoslanib, Q.da 69 kimyoviy element borligi aniqtangan. Q., asosan, vodorod va geliydan tarkib topgan. Har bir 1000 vodorod ato-miga 100 ta geliy, bir necha oʻn kis-lorod, uglerod, azot va boshqa element atomi toʻgʻri keladi. Q. spektrida ayrim molekulalar (ON, N14, SN, SO va boshqalar) ning ham chiziqlari bor.

Q. atmosferasi tabiatiga koʻra, 3 ta asosiy qatlam, yaʼni eng pastki qatlam — fotosfera, oʻrta qatlam — xro-mosfera va tashqi qatlam — quyosh tojidan iborat. Q.ning qariyb barcha nurlanish energiyasi fotosferadan sochiladi. Fotosferaning modda zichligi 3-10 ~7g/sm³, fotosferada temperatura tashqi qatlamlarga oʻta borib kamayadi va uning oʻrtacha qiymati taxminan 6000 K, fotosfera chegarasida deyarli 4200 K boʻladi. Bosimi 2-104dan 102N/m2gacha oʻzgarib turadi. Fotosfera ostida qalinligi 200 ming km konvektiv zona joylashgan. U fotosferaga taʼsir etib turadi, natijada fotosferaning ravshanligi notekis donador (granula) tuzilishga ega va u oʻzgarib turadi. Fotosfera granulalarining diametri 150–1000 km, "yashash davri" 5—10 min. Granulalarning ravshanligi oʻrtacha fondan =10% ga ortiq. Fo-tosferada radial yoʻnalishda kvazidavriy tebranishlar harakati topildi. Bu tebranishlar 2—3 ming km oʻlchamdagi maydonlarda 5 min. davr bilan va 500 m/sek tezlik amplitudasi bilan sodir boʻladi. Bir necha tebranish davrlaridan soʻng soʻnib, yana qayta hosil boʻlishi mumkin.

Fotosferada dogʻlar va mashʼallar deb ataluvchi Q. yuzasining detallari kuzatiladi. Quyosh dogʻlari kuchli (5000 e) magnit maydoniga ega. Odatda, Q. dogʻlari yuliq toʻrsimon yorugʻ maydon-chalar — mashʼallar bilan oʻralgan. Ular Q. diski cheti yaqinida yaqqol koʻrinadi va ravshanligi atrofnikidan 18% ga ortiq. Mashʼallarning temperaturasi ham atrofnikidan bir necha yuz gradusga ortiq. Mashʼallar ustida, xromosfe-rada flokkulalar kuzatiladi. Q. dogʻlari atrofida xromosfera va Q. tojida protuberanetslar deb ataluvchi gaz bulutlari, sirtmoqsimon gaz oqimlari ham kuzatiladi. Q. atmosferasining bu detallari Q. dogʻlari bilan bir-galikda Q. yuzasining aktiv sohalarini tashkil etadi.

Q. dogʻlarining oʻrtacha yillik soni, faol sohalarining soni 11 yillik davr bilan koʻpayib-kamayib turadi. Q. dogʻlari Q. ekvatorining ikkala tomo-nidan 5° dan 30° gacha geliografik kengliklarni oʻz ichiga olgan zonada uchraydi.

Fotosfera ustida xromosfera joylashgan. Quyosh toʻla tutilgan paytda xromosferani maxsus teleskop orqali kuzatilsa, u xuddi Oy diskini oʻrab turuvchi qizgʻish halqaga oʻxshaydi. Bu halqaning tashqi tomoni note-kis boʻlib, tishli gʻildirakni eslatadi. Xromosferadagi bu alanga "til-cha"lari spikulalar deb ataladi va ularning diametri 200—2000 km, balandligi esa 10000 km. Xromosfera teleskopi yordamida maʼlum monoxro-matik nurda Q. diskida mayda (-1000 km) va yirik (2000—8000 km) yorugʻ tugunlardan tashkil topgan xromosfera toʻri koʻzga yaqqol tashlanadi. Xro-mosfera toʻri koʻzlarining kattaligi 30—40 ming km.

Xromosfera spektri bir necha yuz emission chizikdardan tarkib topgan. Xromosferada modda zichligi pastdan yuqoriga tomon 1 sm³da 1015atomdan 10’ atomgacha kamayib boradi. Xromosfera bilan fotosfera chegarasida temperatura 4500°K. Xromosfera asosidan bir necha ming km balandlikda esa temperatura ortib, 15—20 ming K ga yetadi. Atmosfera bosimi fotosferanikidan mln. marta kam. Monoxromatik nurda, odatda, mashʼallar ustida flokkulalar, vodo-rod chizigʻi Nanurida qora tolalar kuzatiladi. Q. gardishi yaqinida protu-beranetslar koʻrinadi. Flokkulalar va protuberanetslarning soni Q. faolligi oʻzgarishi bilan oʻzgarib turadi. Pro-tuberanetslarning Q.dan oʻrtacha balandligi 30—50 ming km, uz. 200 ming km. Pro-tuberanetslar bir necha oy yashashi mumkin. Protuberanetslar temperaturasi 5000— 10000°K, modda zichligi xromosferaning oʻrtacha zichligiga yaqin. Protube-ranetslarning shakli va ulardagi harakat xromosfera bilan Q. tojidagi magnit maydoniga bogʻliq.

Quyosh tojining (oq nurda) ravshanligi Q. gardishi markazinikidan million marta kam. Q. tojida qal-qonsimon va yelpigʻichsimon yogʻdu, toj nurlari va qutb chyotkalari deb ata-luvchi struktura elementlarini kuza-tish mumkin. Q. toji Q. faolligi maksimum boʻlgan yillarda simmet-rik, minimum boʻlgan yillarda esa ekvator boʻylab choʻziq shaklda boʻladi. Q. toji spektrida koʻp marta ionlashgan. Gʻe, Sa, M§, S, O, 8 ele-mentlari atomlarining emission chiziklari bor. Q. tojida barcha atomlar ionlashgan. Q. tojining oʻrtacha temperaturasi 106 K dan ortiq va toj boʻylab sekin oʻzgaradi.

Xromosfera bilan Q. chegarasidagi temperatura 105 K; 1 m³ hajmga 107atom toʻgʻri keladi. Q. tojining tashqi qatlamlaridan fazoga yuqori energiyali zarra (proton, elek-tron)lar sochilib turadi va bu oqim quyosh shamoli deb ataladi. Faol sohalar ustidagi tojda radionurlanish, shuningdek, rentgen nurlanishi ni-hoyatda kuchli, Quyoshdagi xromosfera chaqnashlari vodorod chizigʻi Ns

Quyoshni kuzatishda katta koʻzguli teleskoplar ishlatiladi. Bu teleskoplar optik qismlarining koʻpi qoʻzgʻalmas, q. nurlari bitta (gelio-stat, siderostat) yoki ikkita (selo-stat) olam oʻqi atrofida aylanuvchi koʻzgu yordamida teleskopning qoʻzgʻal-mas optik qismlariga gorizontal (gorizontal quyosh teleskopi) yoki vertikal (minorali quyosh teleskopi) holda yoʻnaltiriladi. Odatda, katta teleskoplar kuchli spektrograflar bilan birga ishlatiladi. Q. spektri rasmga olinadi yoki fotoelektrik oʻlchash asboblari yordamida qayd qilinadi. Yer atmosferasini kuza-tishda zararli taʼsirlarni bartaraf qilish maqsadida Q. teleskoplari oʻrnatilgan orbital rasadxonalar yordamida Yer sathidan 20^25 km balandlikka koʻtariladigan maxsus Q. teleskoplari qoʻllanadi.




Download 23,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish