1
Mavzu: Qurilish va montaj ishlari smeta xujjatlarini tuzish qoidalari
Reja:
1. Qurilishda narx shakllantirish uchun zarur smeta normativ xujatlar
tizimiga kiruvchi resursli
smeta normativlarning turlari
2. Elementli smeta resusr normalari va ularni ishlab chiqish tartibi
3. Resursli smeta normativlarni ishlab chiqish va to‘g‘ri qo‘llashdagi mas’uliyat.
4. Smeta normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishini nazorat qilish.
5. Iqtisodiy normativlar va ularning quyi tizimi
Qurilishda narx shakllantirish uchun zarur smeta normativ xujatlar tizimiga kiruvchi
resursli smeta normativlarning turlari
Qurilishda normativ hujjatlar tizimi quyidagilarga bo‘linadi:
- respublika miqyosidagi
-
davlatlararo
- boshqarmaviy
Qurilish bahosini aniqlash uchun resurs normativlarini ishlab chiqish va undan foydalanish
qoidalarini o‘z ichiga oladigan «Iqtisodiy normativlar» SHNQ 4ning quyi
tizimi bilan birgalikda
normativlar resusrlarni smetali me’yorlash metodologiyasini xosil qiladi.
Bularning barchasi respublika miqyosidagi, davlatlararo va boshqarmaviy resurs normativlari 1-
ilovada keltirilgan, qurilishda narx shakllantirish va me’yorlash tizimining resursli smeta-normativ
bazasini tashkil qiladi.
Respublika miqyosidagi normativlar «Iqtisodiy normativlar» SHNQ 4ning quyi tizimiga kiruvchi,
O‘zbekiston Respublikasi Davarxitektqurilishi tomongidan kuchga kiritiluvchi normativlarni o‘z
ichiga oladi.
Ulardan O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jalining turli sohalarida
amalga oshiriladigan
qurilishlarning bahosini aniqlashda foydalaniladigan resurslarning talab qilinadigan miqdorini
aniqlashda foydalaniladi. Ushbu normativlarga shuningdek resursli elementli smeta normalari
(RESN) ham kiradi.
Davlatlararo resurs normativlariga MDH davlatlarining standartlashtirish va texnik me’yorlash
bo‘yicha Davlatlararo ilmiy-texnika xayati yordamida ishlab chiqilgan resusr normativlari kiradi va
ular O‘zbekiston Respublikasi Davarxitektqurilish buyrug‘i bilan O‘zbekiston
Respublikasi
xududida kuchga kiradi.
Resurs normativlari qurilish bahosini resurs usuli bilan aniqlash talablariga mos bo‘lishi kerak.
Ular quyidaga talablarga javob berishi lozim:
2
-tizimning asosiy vazifalariga va qurilishda resursni me’yorlashga muvofiq bo‘lgan holda
loyihalashning turli bosqichlarida narxni aniqlashga imkon berishi;
-turli resurslarni optimal sarfini, atrof tabiat muhitidan
samarali foydalanishni, qurilish bahosini
to‘g‘ri va aniq aniqlanishini ta’minlagan holda texnik va iqtisodiy jixatdan asoslangan bo‘lishi;
-qurilish texnikasi yutuqlarini va qurilish ishlab chiqarishining ilg‘or texnologiyalarini hisobga
olgan holda qurilishning ilmiy-texnik rivojini rag‘batlantirishi;
-foydalanishda juda qulay va oddiy bo‘lishi, kompyuterlardan
va boshqa avtomatlashtirish
usullaridan keng foydalanish imkonini beradigan, hamda normativ hujjatlar hajmini qisqartirish
imkonini berishi lozim.
Resursli smeta normativlar
ishlab chiqilishi jarayonida, alohida normativlarda mavjud bo‘lgan
xarajatlarni qayta hisoblash imkoni bo‘lmasligi kerak.