Mavzu: qurilish korxonalarida rahbar psixologiyasi



Download 90,67 Kb.
bet11/24
Sana26.04.2022
Hajmi90,67 Kb.
#582432
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Bog'liq
Kurs ishi. 531-18. Murodjon Ermatov

2.5 SAMARALI RAHBAR QIYOFASI
Yuqorida samarali boshqaruv faoliyatini amalga oshirish uchun zarur shaxs xislatlarini keltirib o’tdik. Bu xislatlarni bilish, rahbar ularni o’zida shakllantirishga intilishi, so’zsiz, uning boshqaruv mahoratini yanada yuqori pog’onalarga olib chiqadi va tashkilotning ko’zlangan maqsadga yo’nalishini tezlashtiradi. Lekin, metodologiya nuqtai nazaridan rahbar shaxsi shunchaki xislat yig’indisidan iborat emas, ayni vaqtda mazkur xislatlarni mujassamlashtirib, uyg’unlashtirib turuvchi yanada shiddatli kuchlar borki, ular ishtirokida xislatlarning ma’lum kombinasiyasidan iborat rahbar qiyofasi mavjud bo’lishi mumkin. Psixologiya fanida ushbu fikr shaxs strukturasi degan ibora orqali o’z mazmunini topgan. Hozirga kelib psixologiya fanida shaxs strukturasini ifodalovchi turlicha ta’riflar mavjud bo’lib, ularning qiyosiy tavsifini keltirishga hojat yo’q deb, o’ylaymiz. Ulardan eng ahamiyatlisi sifatida quyidagi tahlil bayon etish mumkin. Shaxsdagi barcha psixologik xislatlar va ijtimoiy sifatlar quyidagi tizim shaklida tasavvur etilishi mumkin:
Tasvirlangan piramidaning tarkibiy qismlarini qatlamlar deb, qabul qilsak, yuqorida turgan tarkib o’zidan pastda joylashgan qatlamlardan shakl topadi. Demak, ushbu tizimning birinchi pog’onasida turgan “xatti-harakatlar” deb, ataluvchi qatlam birlamchi hisoblanadi va uning asosida shaxsning yanada yuksakroq tarkibiy sifatlari shakllana boshlaydi. Yuksak pog’onada turuvchi tuzilmalarning sifati va ifodalanishi pastki o’rindagi qatlamlar sifat mohiyati bilan bog’langan. Shu nuqtai nazardan qaraganda insonda avval pastki qatlamlar (xatti-harakat va ustanovkalar) shakllanadi, so’ngra ular qadriyatlarning shakllanishiga asos bo’ladi, qadriyatlar negizida insonning e’tiqodi shakllanadi va e’tiqodlar majumasi inson missiyasi orqali birlashadi. Endi, shu fikrga asoslangan holda yuqorida tasvirlangan piramidaning tarkibiy bo’laklari (qatlamlari) ustida alohida to’xtalib o’tamiz.
Missiya – eng oliy maqsad bo’lib, inson butun umrini shu maqsadga intilish uchun bag’ishlaydi. Odatda missiya shakllanishi va inson tomonidan anglanishi, uning yetuk yoshlariga to’g’ri keladi. Missiya inson hayotining yo’nalishini ifodalaydi. Odatda har bir inson hayotida o’z missiyasiga ega va hamma gap uni erta yoki kech anglanishidadir. Psixologiya fanida katta o’rin egallagan gumanistik yo’nalish e’tirof etadigan asosiy vazifalardan biri – insonga uning missiyasini anglashda yordam berishdan iboratdir. Mavzuimiz mazmunidan kelib chiqqan holda shuni ta’kidlash lozimki, har bir rahbar o’z faoliyatini qanday missiya orqali ifodalanishini iloji boricha ertaroq anglab olishi lozim. Masalan, missiya sifatida o’z xalqiga xizmat qilish, o’z vatanining ravnaq topishida ishtirok etish yoki butun xatti-harakatini oilasi farovonligiga bag’ishlash kabi sharafli burch bo’lishi mumkin. Albatta, bunday iboralar ro’yxati cheksiz va ular har bir shaxs uchun individualdir. Shaxs o’z missiyasini nafaqat anglashi, balki, tashkilot umumiy maqsadi bilan uyg’unlashtirishi lozimdir. Missiya o’z shakliga binoan aniq va ravshan ifodalanishi, shaxsdan “tashqarida” joylashishi, ya’ni tashqi muhit ob’yektlarida mujassamlashgan bo’lishi lozim (masalan, kasbiy yo’nalish, o’zgalar manfaati, xizmat sohasi va hokazo). Missiya o’z mazmuniga ko’ra shaxs e’tiqodlaridan unib chiqadi.
E’tiqod – inson behad ishonadigan g’oya va fikrlar bo’lib, ularni hatto shubha ostiga olish shaxs uchun noo’rindir. Inson tashqi olamdagi voqea-hodisalarni tahlil qilarkan, ko’p narsalarga o’z e’tiqodi nuqtai nazaridan qaraydi.

Download 90,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish