Kapital qurilishni rejalashtirishning turlari, mazmuni va yo‘nalishlari. Rejalashtirish maqsad va vazifalarni avvaldan belgilash jarayoni sifatida joriy yoki istiqbolli bo‘lishi mumkin. Agar joriy rejalashtirish qurilish ishlab chiqarishining dolzarb, kundalik faoliyatda yuzaga keladigan vazifalarini hal qilishga qaratilgan bo‘lsa, istiqbolli rejalashtirish ustivor yo‘nalishlarni prognozlash va aniqlashga mo‘ljallangan bo‘ladi. Albatta, bozor sharoitlarida xalq xo‘jaligini rivojlantirishning avvalgi beshyillik rejalari, 10-15 va undan ko‘p yillik prognozlari hozirda yo‘q, ammo yilllik reja va prognozlar o‘zining ahamiyatini va o‘rnini yo‘qotmagan. Nafaqat qurilish, balki boshqa tarmoqlar ham bugungi kunda yillik va indikativ rejalar asosida faoliyat ko‘rsatib, rivojlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |