Shtangali chukurlik nasoslarini ishlatadigan shaxslarning ishi tebratma dastgox va
uning harakatlanuvchi qismlari bilan bog’liq bo’ladi. Shuning uchun texnika xavfsizligi
koidalari birinchi navbatda uskunaning harakatlanuvchi qismlarini tusib kuyish va
Krivoship - shatun mexanizmini barmoklarini o’zgartirishda uni tebratma dastgox
Tebratma dastgoxni ishga tushitrishdan avval, reduktorning tormozlanmaganligi,
tusiklar mavjudligi va xavfli zonada odamlar yukligiga tula ishonch hosil kilishi kerak.
Tasmani echish yoki kuyish fakat elektroyuritgich surish orqali bajariladi. Bu ishni
richag erdamida bajarish mutlako mumkin emas.
Tebratma dastgoxning ayrim qismini almashtirishda yoki uni maylashda dastgox
albatta tuxtatilishi kerak.
Arkonli yoki zanjirli podvenani balansirdan kurib almashtirishga ruxsat
berilmaydi.
Tebratma dastgox mexanizmida elektrodvigatel 11 orkali krivoshitlar
xarakatlanadi, krivoshiplar 10 va shatunlar 9 yordamida balansir 8 tebranma xarakatga
keladi. Nasosning ishlari quyidagi usulda boradi.
Plunjerning yuqoriga xarakatida pastgi so’ruvchi to’siq (klapan) suyuqlik bosimi
ta`sirida ochiladi va suyuqlik nasos cilindriga keladi. Bu vaqtda yuqoridagi xaydovchi
to’siq yopik bo’ladi, unga nasos kompressor quvuri ichidagi suyuqlik ustunining
bosimi ta`sir etadi.
Plunjer pastga xarakat qilganda pastgi so’ruvchi to’sik suyuqlik bosim ta`sirida
yopiladi va xaydovchi to’siq ochiladi, shu tariqa cilindr ichidagi suyuqlik yuqoriga
xarakatlanadi.
Plunjerni yuqoriga xarakatlanganida bir vaqtning o’zida suyuqlikni nasos
tsilindri ichiga kirishi va uni nasos kompressori ichida ko’tarilishini ta`minlanadi,
pastga xarakatlanganida esa cilindr ichidagi suyuqlik nasos kompressori ichiga o’tadi.
Chuqurlik nasoslari qurilmasini ishlashida bo’ladigan halokatlar;
- nasos kompressor quvurlar birikmasini quduqga tushib ketishi;
- quduqga chekka buyum ko’lashi natijasida nasos kompressor quvurining
qisilishi;
- nasos shtangalari birikmasini uzilishi;
- chuqur nasosi xarakatlanganda suyuqlikni yuqoriga ko’tarilmasligi;
- tebratma dastgox balansirining sinishi;
- tebratma dastgox elektromotorni ishdan chiqishi;
Nasos kompressor quvur birikmasining quduq tubiga ko’llashi, chuqurlik nasosini
almashtirish uchun quvurlar birikmasini ko’tarish-tushirish vaqtida elevatorning
nosozligi yoki mufta burama kertigining ochilishi natijasida vujudga keladi. Nasos
kompressori quvuri birikmasini quduqdan olish uchun asosan metchik, ichki quvur
tutgich va tashki quvur tutgichdan foydalaniladi. U yoki bu ko’rinishdagi quvur
tutgichlardan foydalanish, uzilish joyining xalokatiga bog’lik. Masalan; uzilgan joyda
mufta bo’lsa unda metchik qo’llaniladi, agar quvur burama kertik yoki tanasidan
uzilgan bo’lsa unda Quvur tutgichlardan foydalaniladi. Halokatlarda metchik yoki
Quvur tutgichdan foydalanganda ularning kojuxli saqlagich yordamida qo’llash lozim,
ya`ni tutuvchi asbob uzilgan joyidan o’tib ketmasligi maqsadida. Agar nasos quvuri
uzunligi xato xisoblanganda metchik yoki quvur ushlagich uzilgan joydan pastroqga
saklagichlarsiz tushirilsa unda ularni qisilishi va ushlanish holatlari vujudga kelishi
mumkin.
Quduqga chekka buyumlarni qo’lashi natijasida xam nasos kompressor quvurlari
birikmasining ushlanishi vujudga kelishi mumkin. Asosan bunday halokatlar kolonnani
ko’tarib tushirish natijasida bartaraflanadi, bunda neftning aylanma xarakati
ta`minlanishi lozim.
Nasos shtangalari burama kertik birikmalari va shtanga tanasidan uzilishi
mumkin, metalning charchashi natijasida. Qolib ketgan shtangalarni olish uchun asosan
nasos kompressor quvuri birikmasi ko’tariladi.
Chukurlik nasosini ishdan chikishi so’ruvchi va xaydovchi to’siklarni emirilishi
natijasida vujudga keladi va u dinamometrlash usuli bilan aniqlanadi.
Chukurlik nasoslarini ishlatishda tebratma dastgox balansirining sinish xalokati
xam uchrab turadi va u eng og’ir xalokat xisoblanadi. Chunki uni ta`mirlash ko’p vaqt
talab etadi, bu esa ko’p maxsulot olishning yuqotilishiga olib keladi. Bunday halokatlar
tebratma dastgoxga qilinadigan profilaktik ishlarni o’z vaqtida bajarilmasligi sababli
vujudga keladi. Asosan biriktirilgan joylarni qotirilmasligi, moylanmasligi xam bu
turdagi halokatlarni keltirib chiqaradi.
Tebratma dastgoxni xarakatga keltiruvchi elektromotorning ishdan chiqishiga
asosan ikki sabab mavjud:
- elektr tarmoqning ishdan chiqishi (qisqa tutashuv);
- balansir boshchasiga tushadigan ogirlikning ortishi.
Do'stlaringiz bilan baham: