II.4.Quduqlarni chuqurlik nasoslari yordamida ishlatish
Hozirgi davrda mavjud neft quduqlarning 80% da ortig’I chuqurlik nasosi usulida
ishlatildi.
Bu turdagi nasoslar 3000m va undan chuqurroq bo’lgan quduqlardan bir necha
kilogramdan yuzlab tonnagacha mahsulot olishni ta’minlaydi.
Chuqurlik nasosi uskunalari quyidagi ko’rsatgichlarga qarab tasniflanadi.
1. chuqurlik nasosini ishga tushirish uchun yuqoridan energiya berishi usuliga
qarab.
2. Chuqurlik nasosi va butun uskunaning ishlash prinsipi va konstruktiv
xususiyatiga qarab.
Amaliyotda quyidagi turdagi chuqurlik nasoslari uskunalari uchraydi:
1. Shtangali uskunalar.
SHtangali nasos qurilmalarida quduqka cho’qurlik nasosi tushirilgan bo’lib, er
yuzasiga joylashtirilgan dvigatel xarakatni nasos shtangalari tizmasi yordamida
uzatadi, suyuqlikni yer yuzasiga chiqarish uchun shtangali cho’qurlik nasoslari
qo’llaniladi. Bu uskunalarning balansirli va balansirsiz turlari mavjud. Balansirli
uskunalar mexanik va gidravlik harakatda bo’lishi mumkin. Bu uskunalarda odatdagi
va quvursimon shtangalar ishlatiladi.
2. Shtangasiz chuqurlik uskunalari. SHtangasiz nasos qurilmasi, unda nasos
dvigatel bilan birgalikda tushirilib, ular bir butun agregat hisoblanadi. Agregat
quduqka nasos quvurlari o’rdamida tushirilib, nasos shtangasi ishlatilmaydi. Bu
usulda qo’llaniladigan nasoslarni shtangasiz cho’kma nasoslar deb ataladi.
SHtangasiz cho’kma nasoslar o’z navbatida
a) cho’ktirma markazdan qochma elektr nasoslar.
b) Gidravlik va elektr yurutkichli cho’ktirma porshenli nasoslar.
v) maxsus vibratsion ,menbranali va elektromagnitli nasoslarga bo’linadi.
3. Bir necha chuqurlik nasos uskunalarini ishga tushurish uchun bir divigatelli
guruhli yuritgichlar.
Shtangali chuqurlik nasosi uskunasining ishlash prinsipi 3-rasmda ko’rsatilgan
bo’lib bu nasoslar tebratma dastgohdagi yurutgich ishi ta’sirida krivoship
mexanizimning aylanma ilgarilanma harakati natijasida balansir orqali shtangalar
kalonnasi nasos nasos plunjerini harakatg keltiradi.
Jaxon neft sanoatida neft qazib olish usullaridan eng keng tarqalgani quduqdan
neft’ni shtangali cho’qurlik nasoslari yordamida kazib olish usulidir. Neft qatlamiga
kazilgan quduqlar, kazish tugatilgandan birdaniga nasos usulida ishlatib boshlanadi.
Neft sanoatida umumiy kazib olingan neftning 25 %i shtangali nasos qurilmasi
yordamida kazib olinadi. Quduqni shtangali nasos qurilmasi bilan ishlatishning keng
tarkalishiga sabab, uning tuzilishining oddiyligi, unga xizmat ko’rsatishning osonligi va
iktisodiy tomondan kam xarajatliligidadir.
Bunday qurilma yordamida Ø 146 mm bo’lgan ishlatish quvurlari tushirilgan
quduqladan bir sutkada 1 tn dan 500 tn gacha suyuqlik kazib olish mumkin.
SHtangali nasos qurilmasi tarxi.
3-rasm shtangali nasos ishlash pirinsipi
Do'stlaringiz bilan baham: |