Er osti jixoziga markazdanqochma cho’kma elektronasos agregati,
ko’taruvchi (NKK) quvur va kabellar yig’masi kiradi. Markazdanqochma cho’kma
elektronasos agregati, quduqka nasos quvuri bilan tushiriladi. Ular tik bir valga
joylashgan uch qismdan iborat: elektrodvigitel, ko’p pog’anali markazdan qochma nasos
Elektrodvigatel,
protektor
va
nasos
flanslar
yordamida
biriktiriladi.
Elektrodvigatel vali, protektor vali orqali nasos valiga shlisali mufta yordamida ulanadi.
Protektor elektrodvigatelga neft’ yoki suv kirishdan saqlaydi.
Elektrodvigatel nasos ostida joylashtirilgan bo’ladi. SHuning uchun nasosga
suyuqlik yon tomondan, quvur ortki qismidan ishlatish quvurlari tizmasi va
elektrodvigatel oralig’idan nasos pastki qismiga filtr 3 orqali kiradi.
Eektrodvigatelni tok bilan ta’minlash uchun bronlangan aylana kabel 6 dan
foydalanilib, u nasos quvurlari tizmasiga yupka temir xomut 8 bilan maxkamlanib
tushiriladi. Xomutni xar-bir quvur muftasining yuqorisiga bittadan, quvur urtasiga
bittadan, keyin xar yigirmanchi quvur o’rtasiga ko’shimcha 5 ta xomut 100 mm oraliqda
maxkamlanadi.
Er ustida quduq usti jixozlari joylashtiriladi. Ular boshqarish stansiyasi 13,
avtotransformator 12, kabel o’ralgan baraban 11 va kabelni osish va yo’naltirish uchun
yo’naltiruvchi rolik 10 lardan tashril topgan bo’ladi.
Boshqarish stansiyasi mamarkazdanqochma cho’kma elektronasos agregatlarni
qo’lda va avtomatik boshqarish uchun mo’ljallangan, shu bilan birgalikda
elektrodvigatelni zurikish va kiska tutashuvdan ximoya qiladi.
Avtotransformator elektordvigatelni kerakli kuchlanish bilan ta’minlash va
kabeldagi kuchlanishning yo’kotilishini kompensasiyalash uchun xizmat qiladi.
Baraban kabelni tashish uchun xizmat qilib, uni quduqga tushirish va ko’tarishda
yig’ish va tarqatish oson kechadi.
Nasos quvuri uchiga maxkamlangan agregat quduqga tushirilib mustahkamlovchi
quvurlar tizmasi flansiga o’rnatilgan planshaybaga berkitiladi.
Hozirgi kunda mustahkamlovchi quvurlar ichki diametri 122 mm dan kichik
bo’lmagan quduqlar uchun bir kecha-kunduzda 40,80,130 va 200m3/sut miqdorda
suyuqlik haydaydigan nasoslar ishlab chiqilmokda. Ichki diametri 144mm dan kichik
bo’lmagan quduqlar uchun 100,160,250,350,500 va 700 m
3
/sut suyuqlik haydaydigan
nasoslar ishlab chiqilmokda.
Nasos tanlashda berilgan maxsuldorligi va quduqdan ko’tarish bosimi uning
maxsuldorligi va bosimiga mos kelishi kerak. Berilgan qazib olish miqdori nasos
tasnifiga mos kelmasa uni meyorlash uchun nasoslar pogonasi sonini oshirish, quduq
ustidagi zulfin yoki shtuserni yopish orqali qarshi bosim hosil kilish mumkin.