Mavzu: qozog`iston madaniyati



Download 1,83 Mb.
Sana28.09.2021
Hajmi1,83 Mb.
#188082
Bog'liq
qozoqiston madaniyati

Mavzu: qozog`iston madaniyati

Ma`orif tizimi


19-asr 2-yarmigacha Qozogʻiston hududida faqat musulmon maktab va madrasalari boʻlgan. 19-asrning 2-yarmidan dunyoviy maktablar, xususan, 1850-yil Orenburg chegara komissiyasi huzurida qozoq bolalari uchun 7 yillik maktab ochildi. 1864-yil Toʻrgʻayda qozoq demokrat-maʼrifatparvar pedagogi N.Oltinsarin tashabbusi bilan qozoq maktabi va uning qoshida internat tashkil etildi. 1879–89 yillarda Qozogʻistonning turli uyezdlarida 2 sinfli rus-qozoq maktablari, 1888-yil Orskda muallimlar maktabi ochildi. 1929-yil lotin alifbosi asosida qozoq yozuvi yaratildi. 1940-yil rus alifbosi asosidagi yozuvga oʻtildi. 1992-yildan taʼlim tizimida islohotlar amalga oshirildi. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari kabi oʻrta maʼlumot beradigan litsey, gimnaziya, hunar-texnika maktablari, kollejlar paydo boʻldi. 2003-yil respublikada 108 gimnaziya, 63 litsey, litsey va gimnaziya sinflari boʻlgan 289 maktab, iqtidorli bolalar uchun moʻljallangan 30 maktab ishladi. 312 hunar-texnika maktabida 89 mingdan ziyod, 382 kollejda 207 mingdan ortiq oʻquvchi oʻqidi. Qozogʻistonda birinchi oliy oʻquv yurti – Qozogʻiston pedagogika instituti 1928-yil Olmota shahrida ochilgan. 2005-yil Qozogʻistonda 43 davlat oliy oʻquv yurti ishladi.

din


Qozogʻistonda 75 % musulmonlar (etnik musulmonlar bilan hisoblaganda), 25 % masihiylik. Davlatda din erkinligi mavjud yani dinga chek qoʻyilmagan. Biroq diniy erkinlikni cheklaydigan qonunlar ham mavjud.

adabiyot


Qozoq xalqi adabiyoti xalq ogʻzaki ijodi (qoʻshiq, ertak, maqol va matal, qahramonlik va lirik-epik dostonlar) dan boshlanadi. „Er Targʻin“, „Qambar batir“ va boshqa qadimgi dostonlarda xalq ozodligi, erki va mustaqilligi yoʻlida kurashgan xalq qahramonlari madh etiladi. „Qiz Jibek“, „Bayan Suluv“, „Ayman-sholpan“ dostonlarida qozoq xalqining erksevarligi kuylanadi. Xalq ertaklarining Aldar koʻsa, Jirenshi, Tazsha, Ayozbi kabi qahramonlarning sarguzashtlari aks ettirilgan ertaklar keng tarqalgan. 15-asrda Asan Kaygʻi, Sipira, Qaztugʻan, 16-asrda Doʻstpambet, Shalkiiz, 17-asrda Jiyembet, Margʻaska Jirov, Aqtamberdi, 18-asrda Tetiqora, Buqar kabi jirovlar oʻz dostonlari bilan mashhur boʻldilar.

18–19-asrlarda qozoq madaniyati, jumladan, qozoq adabiyoti taraqqiyotida yangi davr boshlandi. Janaq Sogʻindiq oʻgʻli, Shoʻji Qarja-ubay oʻgʻli, Suyunbay Aron oʻgʻli, Shortanboy Qanay oʻgʻli, Murat Moʻnke oʻgʻli, Abubakir Shoʻqon oʻgʻli va boshqalar taraqqiyparvar xalq oqinlarining asarlari paydo boʻldi. 19-asr oʻrtalarida B. Qoʻjagulov, A.Naymanboyev kabi oqinlar, shoira T.Tansanbekova, Jambul Jabayev va boshqalarning asarlari ommalashdi. Bu davrda etnograf va folklorshunos Ch.Valixonov adabiyotda maʼrifatparvarlik gʻoyalarini yoydi. 19-asr 2-yarmida tanqidiy realizm adabiyoti – qozoq yozma badiiy adabiyot rivojlandi. Uning asoschisi, shuningdek, milliy adabiy tilning yaratuvchisi Abay Qoʻnonboyev boʻldi.

Me`morchilik



Qozogʻiston hududida yashagan qabilalarning jez davridagi turar joy qoldiqlari (qarang Andronovo madaniyati), mozorqoʻrgʻonlar va hokazo saqlangan. Miloddan avvalgi 1-ming yillik va mil. dastlabki asrlarda Qozogʻiston hududida yashagan qabilalar koʻchma kigiz oʻtov uylar bilan birga paxsa, xom gʻishtdan ham uylar qurgan. Oʻrta asrlarda shaharlar [Isfijob (11-asrdan Sayram), Taraz va boshqalar] barpo etildi, qalʼa va qoʻrgonlar qurildi. 8-asrdan hozirgi Qozogʻistonning janubiy qismida islom dini tarqalishi munosabati bilan masjid, madrasa kabi yangi tipdagi binolar, sardoba, hammom, karvonsaroy, konussimon maqbaralar qurildi. 10-asrdan memorial inshootlar (Taroz shahri yaqinidagi Babaji xotin maqbarasi, Oyshabibi maqbarasi) barpo etildi.

13-asr 2-yarmidan shaharlar (Sigʻnoq. Taroz, Sayram va boshqalar) qayta tiklandi. 14–16-asrlarda shaharlar qurish avj oldi, monumental binolar (Qaragʻandi viloyatidagi Alasha xon maqbarasi, 13-asr 2-yarmi; Turkiston shahridagi Hoja Ahmad Yassaviy maqbarasi – Yassaviy majmuasi, 14-asr oxiri – 15-asr boshi) bunyod etildi. 17–18-asrlarla Qozogʻiston hududi chegarasi boʻylab harbiy istehkomlar – Yoyiq shaharchasi (Uralsk), Guryev, Orsk. Semipalatinsk, Orenburg qalʼalari qurildi. 19-asrda eklektika ruhida qalʼa, maʼmuriy va savdo inshootlari, maqbaralar qurildi. 1920-yillarda turar joy va jamoat binolari meʼmorligida milliy anʼanaviy meʼmorlik unsurlaridan foydalanildi. Balxash, Qaragʻandi, Jezqazgʻan kabi yangi shaharlar barpo etildi. 1920–30 yillardagi meʼmorlikda konstruktivizm gʻoyalari oʻz aksini topdi. 1950-yillarning 2-yarmidan qurilish ishlari keng koʻlamda davom ettirildi (Olmaotada Hukumat uyi). 1960–70 yillarda koʻp qavatli turar joy binolarining qavati soni oshirildi, yangi meʼmoriy shakllar {"Medeo" sport majmui, 1951, 1971–72 yillarda rekonstruksiya qilingan, meʼmorlar V.Katsev, A.Qaynarboyev va boshqalar; Shevchenko (hozirzi Aqtau) shahrining meʼmoriy majmuasi; Olmaotadagi „Qozogʻiston“ mehmonxonasi, 1978, meʼmorlar Yu.Ratushniy, L.Uxobotov] yaratildi. 1935-yil Qozogʻiston Meʼmorlar uyushmasi tuzilgan.

Tasviriy san`at



Qozogʻiston hududida eng qadimgi tasviriy sanʼat yodgorliklaridan paleolit davrida hayvonlarning qoyaga ishlangan rasmlari (Qoratov va Xontovda) va neolit davriga mansub gʻor rasmlari (Pavlodar viloyatidagi jasiboy gʻorida) topilgan. Jez davridan Andronovo madaniyatiga mansub yodgorliklar: hayvon (bugʻu, echki va boshqalar) haykalchalari, ov manzaralarining qoyaga ishlangan tasvirlari (Olmaota viloyatidagi Tamgʻalidara rasmlari) saqlangan, sopol idishlar topilgan.

Qozogʻistonning oʻrta asrlarga mansub tasviriy sanʼati namunalaridan erkak, ayol va hayvonlarning tosh haykalchalari, ayollarning bronza haykalchalari saqlangan. Oʻsha davr amaliy bezak sanʼati yodgorliklaridan oʻyma, qolipaki naqsh bilan bezatilgan sirsiz va sirlangan sopol idishlar, charm, metall buyumlar maʼlum. 19-asrda qozoqlar hayoti aks ettirilgan tasviriy sanʼat asarlari yaratila boshladi (Ch.Valixonov, T.G.Shevchenkoning rasm va akvarellari, V.V.Vereshchagin rasmlari). 20-asrning 20–30-yillarida milliy rassom va grafiklar (A.Toshboyev, H. va Q.Xojikov va boshqalar) yetishib chiqdi. 40–50-yillarda tasviriy sanʼatning barcha turlari, jumladan, rangtasvir sanʼati rivojlandi (A.Ismoilov, A.Kasteyev, A.Cherkas-skiy, M.Lizogub). 1960–70-yillarda M.S.Kenboyev, K.T. Teljonov, K.M.Shayahmetov, S.A.Aytboyev, S.Mambeyev kabi rassomlar, X.I.Navroʻzboyev, B.A.Tulekov, T.S.Doʻstmahambetov kabi haykaltaroshlar, R.Saxi, Ye.Sidorkin kabi grafiklar, L.Xojikova, R.Sansenbin kabi amaliy-bezak sanʼati ustalari va boshqalar yetishib chiqsi. 1940-yil Q.Rassomlar uyushmasi tuzilgan.

teatr


Teatr sanʼati unsurlari qadimdan xalq marosimlarida, sayillarda koʻrsatilgan tomoshalarda, masxarabozlik, oqinlarning aytishuvlarida mavjud boʻlgan. 20-asrning 20-yillaridan Semey, Qoʻstanay, Petropavlovskda havaskorlik truppalari tuzildi. 1922-yil Orenburgda Qozoqxalq maorif instituti huzurida birinchi doimiy teatr toʻgaragi tashkil etildi. 1926-yil Qiziloʻrdada birinchi professional qozoq teatri ochilib, u 1928-yil Olmaotaga koʻchirildi (1961-yildan M.Avezov nomidagi Qozoq drama teatri).

1930-yillarda M.Oqinjonovning „Isatoy va Mahambet“, M.Avezovning „Tungi momaqaldiroq“, Gʻ.Musrepovning „Omongeldi“ pyesalari, shuningdek, S.Sayfullin, B.Maylin, J.Shanin, A.Tojiboyev, Sh.Husainov, A.Abishevlarning zamonaviy mavzudagi pyesalari sahnalashtirildi. Ikkinchi jahon urushi yillari qozoq teatrlari sahnalarida vatanparvarlik ruhidagi tarixiy, folklor asarlar namoyish etildi. 1940–50-yillar qozoq teatri uchun mahorat oshirish yoʻlida betinim izlanish davri boʻldi, tarixiy va zamonaviy mavzularda Gʻ.Mustafinning „Millioner“, A.Tojiboyevning „Yashnayver, choʻl“, „Mayra“, S.Muqonovning „Choʻqon Valixonov“, M.Avezovning „Yenlik va Kebek“, K.Muhammadjonovning „Telpak tagidagi boʻrivachcha“ asarlari muvaffaqiyatli sahnalashtirildi. Qozogʻiston teatr sanʼati rivojiga Sh.Aymanov, S.Qojamqulov, Q.Quanishpayev, R.Qoʻychiboyeva, X.Bukeyeva, S.Murodova, S.Maykanova, Ye.Umirzaqov, Q. Badirov, I.Nogʻayboyev, Sh.Jandarbekova, B. Rimova va boshqalar katta hissa qoʻshdilar.

E`tiboringiz uchun raxmat!!!


Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish