Bu oilaga 53 turkum va 1400 dan ziyod tur kiradi. Ular asosan tropik hududlarda tarqalgan.
O'rta Osiyo va O'zbekistonda 3 ta turkumga oid 6 ta turi o'sadi. Oila vakillari daraxt va butalardan
iborat. Barglari oddiy, butun, qirrali, o'yilgan yoki qirqilgan. Sut shirasiga boy. To'pgullari
kosachasimon yoki boshoqsimon, barg qo'ltig'ida o'rnashgan. Gullari ayrim jinsli, bir yoki ikki
uyli. Gulqo'rg'oni oddiy, gulkosachasimon, 4 bargchali. Gulqo'rg'on bargchalari qancha bo'lsa,
changchilari ham shuncha bo'ladi. Urug'chisi bir yoki ikki bargchali. Gul formulasi: P4 A4 G0; R4
A0 G(2). Mevasi to'pmeva.
Do'stlaringiz bilan baham: