Respublikamiz mustaqillikga erishgandan so’ng dastlabki yillik (1992 yil)
bo’yicha talablar qo’yildi. Shundan kelib chiqib, boshlang’ich bosqichda soliq
xarajatlarining tengligini ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan muammolarni xal
14
qilishga qaratilgan edi. Uni respublikada ishlab chiqarish hajmi tushib ketgan bir
sharoitda, yuqori inflatsiya paytida va davlat moliya sohasidagi o’ta og’ir bir
vaziyatda amalga oshirishga to’g’ri keldi.
Yuzaga kelgan vaziyat, bilvosita soliqlar (asosan QQS)ga asoslangan soliq
tizimini fiskal vazifani bajarishi zarurligini taqozo qildi. Soliqlarni joriy
etilishining bosh maqsadi bo’lib davlat taqdi etayotgan xizmatlarni moliyaviy
resurslar bilan ta’minlashdan iboratdir. Shu sababli bu davrda soliq isloxotida
sezilarli muhim o’zgarishlar bo’lib o’tdi, bunda ayniqsa, aylanmaga soliq va
sotishdan soliq o’rniga qo’shilgan qiymat solig’i joriy qilinishining asosiy
sabablaridan bo’lib birinchi navbatda u yordamida davlat budjetiga daromadlar
tushumining tengligini ta’minlash va bozor munosabatlarini shakllantirish
vaqtida katta ahamiyatga ega bo’lgan davlat budjetini tuzishning barqaror
bazasini yaratish hisoblanadi. Olimlarnng fikricha qo’shilgan qiymat solig’i kabi
nazariya sohasidan amaliyot sohasiga juda tez o’tgan va dunyoning bir necha
mamlakatlari budjetining bilvosita soliqlari ichida yuqori mavqeni egallagan
soliqni soliqlar rivojlanish tarixi bilmaydi.
Iqtisodiyotning har xil sohalaridagi tuzilishi, o’zgartir-masdan, soliq
stavkalarini uncha kata bo’lmagan miqdorda oshirilishi, budjetga soliq
tushumini sezilarli darajada oshirishi mumkin. Bu qo’shilgan qiymat solig’i
G’arbiy Yevropadagi xorijiy davlatlarda bozor iqtisodiyoti sharoitida sinab
ko’rilgan, natijada u budjet daromadlarini shakllantirishning ishonchli manbai
sifatida o’zining qulay va samarali vosita ekanligini isbotlagan .Lekin shunga
qaramay mamlakatimizda QQSning dastlab joriy etilishidagi yuqori stavkani
(30%) shu paytda faoliyat ko’rsatgan korxonalarning moliyaviy natijalariga egri
soliq sifatida bo’lmagan bo’lsada , Tovar va xizmatlar bahosining oshishiga va
buning natijasida inflatsiya darajasining yanada yuqori (646%
6
) bo’lishiga o’z
«ulishini qo’shadi», desak mubolag’a bo’lmasa kerak (to’g’ri, bunda boshqa
6
Ачилов М., Тен В. Банковская система Республики Узбекистан. Журнал «Ринок, денги и кредит», №9,
2001, С. 7
15
omillarning ham ta’siri katta bo’lgan). Shu tufayli keying yillarda QQS sta
vkalari tushirib borildi.
QQSning mamlakatimizda rivojlanish tarixi qisqa davrni o’z ichiga olgani
bilan ancha samarali faoliyat ko’rsatib kelmoqda va budjet daromadlarini
shakllantirishda mustahkam o’rin egallagan. Buning asosiy sabablaridan biri
QQSning ilgari amalda bo’lgan soliqlardan bir necha afzalliklarga egaligidir.
Endi bu afzalliklar xaqida to’xtalsak.
QQS umuman bilvosita soliqlarning kelib chiqish tarixi shuni ko’rsatdiki,
ularga soliq yukini mahsulot ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga o’tkazish
vazifasi qo’yilgan. Mohiyati jihatidan QQS bilvosita soliq bo’lganligi uchun
korxonaning moliyaviy yakuniga betaraf bo’ladi
7
. Buni bevosita soliq misolida
yaqqol ko’rish mumkin, masalan foyda solig’i yuki bevosita ishlab
chiqaruvchining zimmasiga tushib, QQSda esa soliq yuki (ayrim xolatlardan
tashqari) istemolchiga o’tib ketadi. QQS solig’ining, bizningcha eng muhim
afzalliklaridan biri bu mahsulot sotuvchi korxona faoliyatiga nisbatan, ya’ni
korxonaga nisbatan betarafligidir.
Qo’shilgan qiymat solig’ining bunchalik tez va keng tarqalishi zamonaviy
texnika va yo’lga qo’yilgan xujjatlar aylanishida soliq operatsiyalarini tez va
aniq amalga oshirish imkonini berishi muayyan tovarlar va xizmatlarga soliq
solishning imtiyozli shartlari borasida chakana savdodagi sotuvlardan olinadigan
soliqqa nisbatan samaraliroq ekanligi bilan izohlanadi.
Demak, respublikamizda QQSning joriy etilishi bir tomondan soliq
tizimida keng qo’llanib kelinayotgan dunyo andozalariga o’tish uchun bir qadam
bo’lgan bo’lsa, ikkinchi tomonidan davlat budjeti daromadlarini uzluksiz
ta’minlash ko’zda tutilgan edi. Budjet daromadlarini shakllantirishda QQS
qanday mavqeini egallab kelmoqda va uning soliq tizimida tutgan o’rnini
baholash uchun biz keyingi yillardagi soliq tushumlari tuzilishini keltirib
o’tmoqchimiz (1-jadval).
7
Yahyoyev.Q. Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti. –T.: 2000. 59-b.