SOLIQ SOLISH OBYEKTI
(O`zbekiston Respublikasi Soliq
kodeksining 198-moodasi)
soliq solinadigan
oborot
soliq solinadigan
import
36
Amaldagi soliq kodeksining 198-moddasiga ko`ra qo`shilgan qiymat
solig`ining obyekti bo`lib, tovar (ish, xizmat)larni realizatsiya qilish oboroti
hamda tovarlarning importi hisoblanadi.
Tovarlarni (ish va xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti deganda – yuklab
jo`natilgan tovarlar (ish va xizmatlar) qiymati tushuniladi, ya`ni yuklab
jo`natilgan tovarlar (ish va xizmatlar) uchun mablag`i kelib tushishi davridan
qat`i nazar korxona qo`shilgan qiymat solig`i bo`yicha budjet oldida hisob-
kitoblarni amalga oshirishi shart.
Qo`shilgan qiymat solig`ini aniqlashda realizatsiya bo`yicha soliq
solinadigan aylanma miqdori realizatsiya qilingan tovarlar, ishlar, xizmatlar
qiymati asosida, qo`llaniladigan narxlar va ta`riflardan kelib chiqib, agar Tovar
aksizosti mahsuloti bo`lsa, aksiz solig`ini hisobga olgan holda ularga qo`shilgan
qiymat solig`ini kiritmasdan belgilanadi. Shu o`rinda, aksizosti mahsulotlarni
realizatsiyasidan qo`shilgan qiymat solig`i hisoblanishida munozarali holat
yuzaga keladi, chunki mahsulotdan hisoblangan aksiz solig`i qo`shilgan qiymat
solig`i tortiladigan obyektga aylanadi, boshqacha qilib aytganda aksiz solig`idan
yana bir marta soliq hisoblanadi. Bu to`g`ri budjetga qo`shilgan qiymat solig`i
tushumini ko`paytiradi, lekin soliqqa tortilish tamoyillari haqida ham
unutmasligimiz kerak. Bizning aksizosti mahsulotlardan qo`shilgan qiymat
solig`i hisoblashda aksiz solig`ining soliq solinadigan aylanmaga kiritilmasligi
hisob-kitoblarni ixchamlashtirish bilan bir qatorda, uni soliqqa tortish
tamoyillariga moslashtirishga olib keladi.
Soliq solinadigan import deganda esa O`zbekiston Respublikasining
bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarlar hisoblanadi (qo`shilgan qiymat
solig`idan ozod etilgan import tovarlardan tashqari). Tovarlar natural haq tarzda
berilganda yoki kassa orqali o`z xodimlariga tannarx bahosidan past qilib
sotilganda soliqqa tortiladigan oborot tovarlar (ish va xizmatlar) ni ishlab
chiqarishning haqiqiy xarajatidan kam bo`lmagan miqdorda belgilanadi.
Soliq kodeksiga ko`ra quyidagilar tovarlarni (ish va xizmatlar)ni
realizatsiya qilish oboroti hisoblanmaydi:
37
1) soliq to`lovchining xarajatlari sifatida qaraladigan uning o`z ehtiyojlari
uchun tovar berish, ishlar bajarish, xizmatlar ko`rsatish (yuridik shaxslardan
olinadigan foyda solig`ini hisoblab chiqarishda chegirilmaydigan xarajatlar
bundan mustasno);
2) bitta yuridik shaxsning bir tarkibiy bo`linmasi tomonidan boshqa
tarkibiy bo`linmasiga ishlab chiqarish ehtiyojlari (zavod ichki oboroti) uchun,
agar tarkibiy bo`linmalar Soliq kodeksiga muvofiq mustaqil soliq to`lovchilar
bo`lmasa, mol-mulk berilishi, ishlar bajarilishi, xizmatlar ko`rsatilishi;
3) soliq to`lovchining o`z ehtiyojlari uchun o`z kuchi bilan qurilish, montaj,
qurilish-montaj ishlarini bajarishi;
4) garov qiymatiga ega bo`lgan qaytariladigan tarani, shu jumladan, shisha
idishni jo`natish. Qaytariladigan tara mahsulot solib jo`natilgan, qiymati ushbu
mahsulot qiymatiga kiritilmaydigan hamda shu mahsulotni yetkazib berish
uchun tuzilgan shartnomada belgilangan shartlarda va muddatlarda mahsulot
yetkazib beruvchiga qaytarilishi lozim bo`lgan taradir. Agar tara belgilangan
muddatda qaytarilmasa, bunday tarani berish soliq solinadigan oborotga
kiritiladi;
5) yuridik shaxsning ishtirokchisi (muassisi) muassislar (ishtirokchilar)
tarkibidan chiqaanda (chiqib ketganda), shu jumladan, tugatilganlik, (bankrotlik)
yoki qayta tashkil etilganlik munosabati bilan chiqqanda (chiqib ketganda) unga
dastlabki hissa doirasida mol-mulkni berish, shuningdek, oddiy shirkat
shartnomasi bo`yicha sherikka (ishtirokchiga) uning mazkur shartnoma bo`yicha
sheriklari (ishtirokchilari) umumiy mulkida bo`lgan ulushi qaytarilayotganda
yoki bunday mol-mulk taqsimlanganda mol-mulkni berish;
6) tugallanmagan qurilishning asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari va
obyektlarini bepul asosda berish;
7) bankning mol-mulkni o`z filiallariga berishi;
8) oddiy shirkat shartnomasi bo`yicha sherikning (ishtirokchining) ulushi
sifatida tovarlarni (ish va xizmatlar)ni, boshqa mol-mulk va mulkiy huquqlarni
berish;
38
9) tovarlarni va boshqa mol-mulkni qayta ishlash asosida berish;
10) ishonchli boshqaruv shartnomasi asosida mol-mulkni mulkdordan
ishonchli boshqaruvchiga berish;
11) ishonchli boshqaruv shartnomasi tugatilgan taqdirda, mol-mulkni
mulkdorga berish;
12) obyekt qiymatini ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) oladigan ijara
(lizing) to`lovchining bir qismi tarzida qoplash.
Soliq kodeksiga ko`ra quyidagilar tovarlarni (ishlarni, xizmatlar) ni sotish
oboroti hisoblanmaydi:
soliq to`lovchining xarajatlari sifatida qaraladigan uning o`z ehtiyojlari
uchun tovar berish, ishlar bajarish, xizmatlar ko`rsatish (yuridik shaxslardan
olinadigan foyda solig`ini hisoblab chiqarishda chegirilmaydigan xarajatlar
bundan mustasno);
bitta yuridik shaxsning bir tarkibiy bo`linmasi tomonidan boshqa tarkibiy
bo`linmasiga ishlab chiqarish ehtiyojlari (zavod ichki oboroti) uchun mol-mulk
berilishi, ishlar bajarilishi, xizmatlar ko`rsatilishi;
soliq to`lovchining o`z ehtiyojlari uchun o`z kuchi bilan qurilish, montaj,
qurilish-montaj ishlarini bajarishi;
garov qiymatiga ega bo`lgan qaytariladigan tarani, shu jumladan, shisha
idishni jo`natish. Qaytariladigan tara mahsulot solib jo`natilgan, qiymati ushbu
mahsulot qiymatiga kiritilmaydigan hamda shu mahsulotni yetkazib berish
uchun tuzilgan shartnomada belgilangan shartlarda va muddatlarda mahsulot
yetkazib beruvchiga qaytarilishi lozim bo`lgan taradir. Agar tara belgilangan
muddatda qaytarilmasa, bunday tarani berish soliq solinadigan oborotga
kiritiladi;
tugallanmagan qurilishning asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari va
obyektlarini bepul asosda berish;
banklarning mol-mulkni o`z filiallariga berishi va boshqalar.
39
Do'stlaringiz bilan baham: |