Qozog’iston Respublikasidagi Qarag’anda to’liq siklli metallurgiya
kombinati bevosita ko’mir havzasi rayonida joylashtirilgan. Rossiyadagi
Novokuznetsk, Lipetsk, Tula, Ukrainadagi Krivoy Rog kombinatlari esa xomashyo, ya’ni temir rudasi konlariga yaqin qurilgan. Ayrim hollarda, metallurgiya zavodlari
xomashyo va yoqilg’i rayonlari o’rtasida joylashgan, zero mazkur sanoat tarmog’i
uchun bu ikki omilning ahamiyati bir xil. Bunga misol sifatida, Cherepoves
metallurgiya kombinatini (Rossiya Federatsiyasi) keltirish o’rinli. U Pechora
kokslanuvchi ko’mir havzasi bilan Kola yarimoroli temir rudasi konlarining deyarli
o’rtasida qurilgan. Lekin ushbu korxona aniq ikki oraliq masofada emas, u biroz
g’arbga “tortilgan”. Buning sababi, Sankt – Peterburg va Moskva shaharlarining
yirik mashinasozlik korxonalarini po’lat va prokatga bo’lgan ehtiyojidir.
Shuningdek, ko’mir va temir rudasini bir-biri bilan hududiy almashuv
tamoyili asosida har ikkala rayonda shakllangan qora metallurgiya markazlari ham
mavjud. Bu borada 30-yillarda amalga oshirilgan Ural – Kuznetsk kombinatini
(UKK) eslash kifoya. Mazkur mintaqaviy dastur hududiy ishlab chiqarish
majmuining dastlabki ko’rinishi bo’lib, uni hayotga tadbiq etishda ham xomashyo
rayonidagi Janubiy Ural temir rudasi konlari asosida, ham yoqilg’i rayonidagi
Kuznetsk toshko’mir havzasida (Kuzbasda), ya’ni Novokuznetskda bunday ulkan
korxonalar qurilgan edi.
Donetsk-Dneprbo’yi rayoni Ukrainaning asosiy yoqilg’i va qora metallurgiya
bazasi hisoblanadi. U ilgari dunyoga dong’i ketgan Uralni orqada qoldirib, XIX
asrning so’nggi choragida gurkirab rivojlangan, o’sha paytdagi “Janubiy sanoat
rayoni” deb atalmish o’lka sifatida mashhur bo’lgan. Hozirgi davrda bu yerda qora
metallurgiyaning ikkita ixtisoslashgan rayoni shakllangan, ular bir-birlari bilan
xomashyo va yoqilg’i almashuvi negizida, mayatniksimon ko’rinishda amal
qiladilar. Bu ham bo’lsa, Donbass va Dneprbo’yidagi bir guruh korxonalar
uyushmasidir. Donbassda kokslanuvchi ko’mir, Dneprbo’yida temir rudasi (Krivoy
Rog havzasi) bor. Mazkur mintaqada uchinchi, lekin oldingilarga qaraganda
kichikroq metallurgiya rayoni, aniqrog’i markazi ham shakllangan. U Mariupoldagi
korxonalar birikmasi bo’lib, Donbass ko’miri va Qrim yarim orolidagi Qamishburun
temir rudasi bazasida ishlaydi.
Metallurgiyada xomashyoga ketma-ket ishlov beradigan kombinatlarning
hissasi katta bo’ladi. Chunki kombinatlarda bir yo’la temir rudasidan domna
pechlarida cho’yan eritib olinadi, suyuq cho’yan va temir-tersak(metallom)dan
po’lat erituvchi – marten, konverter, elektr pechlarida po’lat eritiladi, po’latdan esa
tayyor mahsulot – prokat ishlab chiqariladi. Qora metallurgiya mahsulotlaridan esa
xalq xo’jaligining deyarli barchasida foydalaniladi.
Demak, bu tarmoq juda ahamiyatli bo’lib, uning ichki xususiyatlarini ham
yaxshi o’rganish uning mohiyatini chuqurroq tushunishga zamin yaratadi.
Masala
3,25 tonna cho’yan ishlab chiqarish uchun qancha temir rudasi (a)
va kokslanuvchi ko’mir (b) sarflanishini hisoblang.
Yechish: Ishni bajarish tartibi quyidagicha amalga oshiriladi:
a) cho’yan ishlab chiqarishda sarflanadigan temir rudasini hisoblash.
1) cho’yan miqdori aniqlanadi – 3,25 tonna yoki 3 250 kg;
2) 1 tonna cho’yan ishlab chiqarish uchun qancha temir rudasi kerakligi
aniqlanadi – 2 tonna yoki 2 000 kg;
3) hisoblash qulay usul – proporsiya asosida amalga oshiriladi:
1 t -------------------------- 2 t →
1 000 kg ----------------------- 2 000 kg
3,25 t ------- x = 3,25 ∙ 2
1= 6,5 t →
3 250 kg ---- x = 3250 ∙ 2000
1000
= 6 500 kg
Javob: 3,25 t cho’yan ishlab chiqarish uchun 6,5 t yoki 6 500 kg temir rudasi
kerak bo’ladi.
b) cho’yan ishlab chiqarishda sarflanadigan kokslanuvchi ko’mirni hisoblash.
1) cho’yan miqdori aniqlanadi – 3,25 tonna yoki 3 250 kg;
2) 1 tonna cho’yan ishlab chiqarish uchun qancha kokslanuvchi ko’mir
sarflanishi aniqlanadi – 1,2 tonna yoki 1 200 kg;
3) hisoblash qulay usul – proporsiya asosida amalga oshiriladi:
1 t ------------------------ 1,2 t →
1 000 kg ----------------------- 1 200 kg
3,25 t ---- x =
3,25 ∙ 1,2
1
= 3,9 t →
3 250 kg ---- x =
3250 ∙ 1200
1000
= 3 900 kg
Javob: 3,25 t cho’yan ishlab chiqarish uchun 3,9 t yoki 3 900 kg kokslanuvchi
ko’mir sarf bo’ladi.
Shuningdek, qora metallurgiya zavodlarida suv ham ko’p ishlatiladi. Suv metallurgiya
agregatlarini sovitish, gazni tozalash va boshqalar uchun kerak bo’ladi.
Metallurgiya zavodining 1 t mahsuloti uchun 900 m3 suv ishlatiladi, agar aylanma suv ta’minotidan foydalanilganda esa bu miqdor 15-20 m 3 ni
tashkil qiladi. Shu ko’rsatkichlardan foydalangan holda ayrim
hisoblashlarni keltirib o’tish mumkin.
№
_
2.. Qarag’anda qora metallurgiya kombinatida bir mavsumda o’rtacha
4 302 m3 suvdan foydalanilgan bo’lsa (agar aylanma suv ta’minotini ko’rinishida
bo’lmagan holda), taxminan, kombinatda qancha qora metallurgiya mahsuloti
ishlab chiqarilganligini aniqlang.
Yechish.
1) kombinatda foydalanilgan suv miqdori – 4 302 m3
2) 1 tonna mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan, o’rtacha, suv
miqdori – 900 m3
3) ko’rsatkichlardan foydalanib, mos ravishda amallar bajariladi:
1 t -------------------------- 900 m³
4,78 t = 4,78 ∙ 900 = x ---- 4 302 m³
Javob: Bir mavsumda qora metallurgiya kombinatida 4 302 m3
suvdan foydalanilgan bo’lsa, o’rtacha, 4,78 t yoki 4 780 kg mahsulot ishlab chiqarilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |