Mavzu: Qonun tushunchasi va falsafaning asosiy qonunlari reja : Falsafada qonun tushunchasi va uning moxiyati. Qonun va qonuniyat



Download 17,03 Kb.
Sana01.07.2022
Hajmi17,03 Kb.
#721880
Bog'liq
10 Qonun tushunchasi va falsafaning asosiy qonunlari





Mavzu:Qonun tushunchasi va falsafaning asosiy qonunlari

REJA :
1. Falsafada qonun tushunchasi va uning moxiyati.
2.Qonun va qonuniyat.
3.Miqdor ozgarishdan sifat ozgarishga ozaro otish qonuni.
4.Qarama-qarshiliqlar birligi va kurashi qonuni. Inqorni inqor qonuni.

Falsafada qonun tushunchasi va unung mohiyati.Qonun va qonuniyat.


Odamzod qonunlar orqali olamning sir- asrorlarini bilish imqoniyatiga ega boladi. Falsafiy qonunlar dunyodagi ozgarishlar, paydo bolish va yoqolishlar, rivojlanish va taraqqiyot mexanizmlarini anglab olish imqonini beradi. qonun – muayyan shart-sharoitda voqealar rivojining xususiyati va yonalishini belgilaydigan, malum bir qatiy natijani taqoza etadigan obeqtiv dunyodagi narsa va xodisalarning muxim zaruriy, umumiy nisbiy, barqaror munosabatlar ifodasidir.
FALSAFADA QONUN TUSHUNCHASI VA UNING MOXIYATI. QONUN VA QONUNIYAT. Tabiat qonunlari yer yuzida inson bolmagan davrda xam mavjud bolgan. Jamiyat qonunlari esa inson faoliyati natijasida paydo bolgan shart – sharoitlar bilan bogliq ravishda yuzaga kelgan. Jamiat qonunlari kishilarning ijtimoiy munosabatlaridagi eng umumiy, muxim boglanishni korsatadi. Yana bir farqi shuki, jamiyat qonunlariga nisbatan tabiat qonunlari asti-sekinlik bilan ozgarib boradi. Ijtimoiy qonunlar esa malum davr mobaynida amal qilgandan songra, oz-orni yangi qonunlarga boshatib beradi, bazilari oz kuchini yuqotadi. Xarakat qilish doirasiga qarab qonunlar: eng umumiy, umumiy va xususiyga bulinadi. Moddalarning saqlanishi va aylanishi qonuni, energiyaning bir turdan ikkinchi turga otishi qonuni umumiy qonunlarga, xususiy qonunlarga esa, masalan kulon qonuni kabilar qiradi.
MIQDOR VA SIFAT O ZGARISHLARINING BIR - BIRIGA O TISH QONUNI. Miqdor ozgarishlarining sifat ozgarishlariga otish qonuni falsafaning asosiy qonunlaridan biridir. Bu qonunning moxiyati shundan iboratki,narsa va xodisalardagi sezilarli bolmagan mikdoriy ozgarishlar asta sekin toplana borib, tarakkiyotning malum bir bosqichida meyorni buzadi va sakrash yoli bilan tub sifat ozgarishlariga olib keladi.
MIQDOR VA SIFAT O ZGARISHLARINING BIR - BIRIGA O TISH QONUNI. Miqdor va sifat birlikda, bolib, bir-biriga otib turadi. Miqdor sifatga va aksincha, malum sharoitda sifat mikdorga otadi. Narsa va xodisalarning sifati obektiv bolsa-da, nisbiydir, chunki ular ortasidagi chegara ozgaruvchan bolib, ularni mutloqlashtirish mumkin emas. Xuddi shuningdek, narsalarni miqdoriy muayyanligi xam ozgaruvchandir. Modomiki, obektiv olam doimiy xarakatda, ozgarish va rivojlanishda ekan, narsalarning miqdoriy va sifatiy muayyanligi, ularning xossalari xam ozgarish va rivojlanishdadir. Miqdor va sifat ozgarishlarining aniq xolatini bilish fan va ijtimoiy amaliyot uchun muxim axamiyatga ega.
Qonun (falsafada) — narsa va hodisalar oʻrtasidagi muhim, zaruriy, barqaror, takrorlanuvchi munosabat. Mazkur munosabat obʼyektiv voqelikka mansub boʻlsa, u voqelik Qonunlari deb yuritiladi. Voqelik Qonunlarining inson tomonidan oʻrganilib, muayyan nazariy tilgʻa koʻchirilishi fan Qonunlari deyiladi. Shu jihatdan fan Qonunlari voqelik Qonunlarining tafakkurda inʼikos etilishidir. Fan Qonunlari, oʻz navbatida, aks ettiruvchi obʼyektiga koʻra, tabiat Qonunlari, jamiyat Qonunlari, tafakkur Qonunlariga boʻlinadi. Tasodifiy yoki oʻtkinchi munosabatlar esa Qonunni asoslashga yetarli emas. Zaruriylik Qonunning muhim belgisidir, chunki undan kelib chiqadigan natijalarning yuz berishi muqarrardir. Qonun tushunchasining mohiyati qonuniyat tushunchasiga yaqin turadi. Qonuniyat Qonundan farqli ravishda sistemaning oʻzgarishlaridagi barqaror jihatlarni va yoʻnalishlarni ifodalaydi.
Shu jihatdan, fanda statistik va dinamik qonuniyatlarga tayanib ish yuritiladi. Dinamik qonuniyatlarda oʻrganilayotgan jarayonlarning kelajagi aniq, muayyan va bir xil koʻrinishda bashorat qilinadi, yaʼni sistemaning kelajakdagi holati uning oldingi holati bilan uzviy bogʻlangan boʻladi. Statistik qonuniyatlarda esa, jarayonlarning kelajagini bashorat qilish ehtimol shaklida boʻlib, muayyan miqdordagi tasodiflar ichidan roʻyobga chiqishi mumkin boʻlgan ehtimollar nazarda tutiladi, yaʼni bunda bir qancha oʻzaro bogʻlangan aloqadorliklar ichidan roʻyobga chiqishi mumkin boʻlgan imkoniyat darajasi ehtimollik bilan chamalab olinadi. Qlar obʼyektlar oʻrtasidagi, sistema rivojlanishining turli holatlari va bosqichlari oʻrtasidagi aloqadorliklarni ifodalaydi. Qonunlar oʻzining umumiylik darajasi va taʼsir etish doirasiga koʻra, xususiy. umumiy va eng umumiy Qonunlarga boʻlinadi. Xususiy Qonunlar narsa va hodisalar oʻrtasidagi nisbatan tor doiragi achoqalarni funknional tarzda aks ettiradi (mas. mexanikada tezliklarni qoʻshish Qonunlari).
Umumiy Qonunlar narsa va hodisalarning umumiy xossalari oʻrtasida munosabatni, eng umumiy Qonun lar esa tabiat, jamiyat, tafakkur rivojining eng umumiy munosabatlarini, tomonlarini, taraqqiyotini, tendensiyalarini ifodalaydi. Butun olam tortishish Qonuni umumiy Qonunga, olamning rivojlanish Qonunlari esa engʻ umumiy Qonunga misol boʻlishi mumkin. Umumiy Qonunlar bilan xususiy Qonunlar oʻrtasida oʻzaro bogʻliqlik mavjud. Umumiy
Qonunlar xususiy Qonunlar orqali amal qiladi, xususiy Qonunlar esa umumiy Qonunlarning bir koʻrinishi boʻlib, obʼyektiv xarakterga ega. Qonunlar, birinchidan, narsa va hodisalar va ular orasidagi munosabatlarning mohiyati, sababi, kelib chiqishi, rivojlanish tendensiyasini tushuntiradi; ikkinchidan, Qonun hodisadagi rivojlanish tendensiyasi va yoʻnalishini aks ettirish orqali jarayonlarning kelajagini bashorat qilish funksiyasini bajaradi. Tabiat va jamiyat Qonunlari obʼyektiv jarayonlarni aks ettiradi. Agar tabiat Qonunlari bizga stixiyali tarzda boʻlib koʻrinsa, jamiyat
Qonunlari esa kishilarning ongli faoliyatida namoyon boʻladi. Qonunlarni bilish asosida kelajak haqida bashorat qilish, tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni boshqarish mumkin. Tafakkur Qonunlarini mantiq fani oʻrganadi. Qonunlar haqida Forobiy, Xorazmiy, Fargʻoniy, Beruniy, Ibn Sino, Ulugʻbek kabi mutafakkirlar maxsus risolalar yozishgan. Huquqqa doir, xususan, shariat Qonunlariga oid asarlar ichida Burhoniddin Margʻinoniyning "Xidoya" kitobi dunyoga tanilgan. Qonunlarni anglab olish, bilish olamning rivojlanish xususiyatlarini bilib olish va uni oʻzlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
QARAMA - QARSHILIKLAR BIRLIGI VA KURASHI QONUNI. Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuniga muvofiq xar bir narsa bir-biri bilan uzviy aloqada bolgan va biri ikkinchisini istisno etuvchi qarama-qarshi tomon va kuchlarga ega bolib ular ortasidagi kurash natijasida eskining yuqolishi va yangining paydo bolishi yuzaga keladi. Malumki, narsalar turli- tumandir. Xamma tomonlari bilan aynan oxshash bolgan ikki narsaning ozi yok. Narsalarning tafovvut darajasi xam bir xil emas: muxim va nomuxim tafovvutlar mavjud. Narsa va xodisalardagi tafovvutlar qarama-qarshiliklar asosini tashkil etadi. Qarama-qarshiliklar deb shunga aytiladiki, tabiatdagi narsa va xodisalargada mavjud bolgan tomonlar, xossalar va yonalishlar bir-birini inkor qiladi, bir vaqtning ozida bir-birini taqazo xam qiladi. Masalan, magnitdagi shimoliy va janubiy kutblar, elektrning manfiy va musbat zaryadlari, atomdagi tortilish va itarilish, ijtimoiy xayotdagi yovuzlik va ezgulik ozaro bir-birini inkor etadi va ayni vaqtda biri ikkinchisini taqazo etadi.
QARAMA - QARSHILIKLAR BIRLIGI VA KURASHI QONUNI. Qarama-qarshiliklar birligi va kurash qonuni bilish jarayonida xam oz ifodasini topadi. Malumki, bilish jarayoni bir biriga uzviy boglik bolgan xissiy va ratsional bilishdan iboratdir. Xissiy bilish orkali inson narsa va xodisalarning faqat tashqi tomonlari va xususiyatlari togrisida malumot oladi, mavxum tafakkur orqali esa ularning ichki munosabatlarini belgilovchi qonuniyatlarni biladi. Bu yerda xissiy va ratsional bilish bir jarayonning ikki ajralmas, ammo bir biridan farq qiluvchi muxim tomonlaridir. Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonunining umumiylik xususiyati moddiy dunyodagi xamma narsa va xodisalarga xos ekanligidagina emas, balki ziddiyatlar narsa va xodisalarga, ularning paydo bolishidan tortib xalok bolishigacha boshidan oxirigacha singib ketgan.
INKORNI INKOR QONUNI. Inkorni inkor qonuniga muvofiq obektiv voqelikdagi narsa va xodisalarning rivojlanishi jarayonida eskining yangi tomonidan inkor qilish roy beradi. Birok eskilik butunligicha inkor qilinmay, undagi ijobiy tomonlar saqlanib qoladi. Metafizik yonalish inkorning ijodiy yaratuvchanlik rolini tan olmaydi. Bundan farqli ularoq, dialektik qarash eski narsani yangi narsa inkor qilishini takidlaydi. Xar bir jarayon inkor qilish jixatiga ega. Ichki zidiyatlar tufayli tarakkiyot jarayonini ertami kechmi eski narsaning yemirilishiga va yangi narsani vujudga kelishiga olib keladi.
INKORNI INKOR QONUNI. Eskining orniga yangining kelishi uning kundan kunga mustaxkamlanishi, rivojlanishi va ularning ajralmasligi taraqqiyotning boshlanish xususiyatini belgilaydi. Yangi eskining ornini egallab borishida eskidan ijobiy, muxim tomonlarini ozida mujassamlashtirib, yuqorirok sifat xususiyatlariga aylanadi. Eskining orniga kelgan Yangi dastlab, imkoniyat korinishida boladi. Bu imkoniyatning voqeylikka aylanishi malum shart-sharoitlardagina amalga oshadi. Ijtimoiy xayotda yangilikning galabaga erishuvini taminlashda kishilarning faoliyati zarurdir. «Bizning tushunchamizda, qotib qolgan eski aqidalardan voz kechish- oz tarixiy otmishimizdan voz kechish degani emas, bu bir yoqlama tor fikrlashdan voz kechish demakdir» deydi I.Karimov.
Download 17,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish