Rentgenoanatomiyasi. - Me’daning rentgenologik ko'rinishi o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, uning faoliyatiga, odam konstitutsiyasiga va jinsiga bog'liq ravishda o'zgari turadi. Rentgenogrammada me’daning gumbazi tafovut qilinib u havo bilan to'la. Havo pufagidan pastroqda qizilo'ngachning me’daga o'tish joyi — kardiya joylashgan. Undan pastga tomon vertikal holatda me’daning
- tanasi ko'rinadi. Tananing pastki qismi bukilib, gorizontal yoki qiya ko'tarilgan antral yoki pilorik qismiga o'tadi. Me’daning hazm qilish va harakat faoliyatiga qarab, gumbazi va tanasidan hosil bo'lgan hazm qopchasi (saccusdigestorius), pilorik qismi va pilorusdan hosil bo'lgan chiqaruv kanali (canalis egestorius) tafovut qilinadi. Me’daning shakli va joylashishi odam gavdasining tuzilishiga bog'liq. Uning quyidagi turlari uchraydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |