Mavzu: Qishloq xo`jalik ekinlari urug`lari unib chiqishidagi xususiyati
Reja:
Qishloq xo`jalik ekinlari urug`lari haqida
Qishloq xo`jalik ekinlari urug`lari unib chiqishidagi xususiyati
O’simliklarning o’sishi, rivojlanishi va hosildorligiga issiqlikning ta’siri
Ularning o’sishi uchun yorug’liq issiqliq namliq oziq moddalar, havo hamda tuproq zaruriy sharoit omillari hisoblanadi. O’simliklarni parvarish qilishda ular e’tiborga olgan holda ta’minlanib turiladi. Yorug’liq quyosh o’simlikka tubida va bargida yashil donachalar yordamida barglarda va yashil poyalarda kraxmal, qand, oqsil, moy va boshqa moddalar hosil bo’ladi. Agar qsimlikka yorug’lik yetishmasa uning barglari sarg’ayadi, butunlay qorong’u joyda saqlansa o’simlikning yashil xususiyati yukoladi. O’simlik daraxt tagida ustirilganda, kalin kilib ekilganda, shuningdek begona o’tlar ko’payib, soyalatib kuyganda, ular juda nimjon o’sadi, poyalari ingichkalashadi va o’simlikning uzi sargayib, hosili juda kamayib ketadi. Ayrim o’simliklar soya joyda mutlako hosil bermaydi. Hamma madaniy o’simliklar yorug’likni bir xil talab qilavermaydi.
Ayrim o’simliklar yorug’liketarli va ko’p miqdorda bo’lgandagina yaxshi o’sib mo’l hosil bersa, ayrimlari esa bir oz soya bo’lsa ham o’sishi mumkin. Masalan, kungaboqar, makkajo’xori, qovun, tarvuz, qovoq, pomidor, baqlajon, qalampir, bodring va boshqa o’simliklar yorug’sevar o’simliklardir. Bular ochiq yorug’ yaxshi tushadigan yerlarda yaxshi o’sadi va yuqori hosil beradi. Ayrim madaniy o’simliklar yopyg’cevap bo’lishi bilan birga yorug’likning qisqa muddat tushib turishini xoxlaydi. Ular yorug’lik 8-10 soatdan kam bo’lmaydigan, lekin 12-14 soatdan oshmaydigan sharoitni talab etadi. Ayrim o’simliklar soyaga chidamlirok bo’ladi. Bunday o’simliklarga rediska, ukrop, piyoz, lavlagi, malina, qulupnay va boshqalar kiradi. Bunday o’simliklarni biroz soya tushib turadigan joyga ekib yaxshi hosil olish mumkin. Ammo soyaga chidamli o’simliklar ham yorug’lik yetarli tushib turadigan yerlarda yaxshi o’sadi va yuqori hosil beradi. Bug’doy, arpa, karam, sabzi, rediska, turp, piyoz va boshqa shu kabi o’simliklar yorug’likni uzoq muddat tushib turishini xoxlaydi. Bular 15-16 soat va undan ko’proq quyosh tushib tursagina gullaydi va hosil beradi, agar kun uzunligi bundan kamayib ketsa gullamaydi. Yorug’lik tushishini uzaytirib yoki qisqartirib, o’simlikning gullash muddatini o’zgartirish, buning evaziga mo’l va sifatli hosil olish mumkin. Masalan, rediska, salat va piyoz ekinlari uchun qisqa yorug’lik kuni yaratish mumkin. Buning uchun egatlar ustiga simdan, daraxt novdalaridan va boshqa narsalardan ishkomlar qilinadi. Ustiga qorong’ilatadigan material, masalan tol (qora qog’oz) tashlab, kech soat 8 dan ertalab soat 8 gacha sun’iy korongi sharoit yaratiladi, natijada ular gullab ketmaydi.
O’simliklarning o’sishi, rivojlanishi va hosildorligiga issiqlikning ta’siri kattadir. O’simlik urug’larining bo’rtishi, unib chiqishi va o’sishi, ular tomonidan suv va oziq moddalarning o’zlashtirilishi, ularda oziq moddalarning hosil bo’lishi uchun ma’lum darajada issiqlik kerak bo’ladi. Agar o’simlikka issiqlik yetishmasa, uning o’sishi sekinlashadi, hosildorligi keskin kamayib ketadi. O’simliklar urug’larining unib chiqishidan hosili pishib yetilgunga qadar issiqlikni xar xil talab qiladi. Masalan, chigit tuproqdagi harorat 14-18° bo’lganda unib chiqadi, shonalashi uchun yuqori harorat (24-25) talab qiladi. G’o’zaning yaxshi o’sishi va rivojlanishi uchun esa 25 -30° issiqlik kerak bo’ladi, issiqlik 37° dan ortib ketsa, u g’o’zaga salbiy ta’sir qiladi, kuzgi 3-4° li sovuq o’simlikni xalok qiladi. Ekinlar issiqlikka bo’lgan talabiga qarab issiqsevar, o’rtacha va sovuqqa chidamlilarga bulinadi. Issiqsevar o’simliklarga g’o’za, makkajo’xori, okjuxori, sholi, qovun, tarvuz va boshqalar kiradi. Ularda urug’larning unib chiqishi uchun harorat 13° dan past, bo’lmasligi keraq Lekin harorat 25-30° bo’lganda bu jarayon yanada tezlashadi. Issiqsevar o’simliklar haroratning uzoq vaqt +10° dan pasayib ketishini ham yoktirmaydi. Bularga bodring, pomidor; qalampir, baqlajon va boshqalar kiradi. Ayrim o’simliklar yuqori haroratga chidamli bo’ladi, bularga qovun, tarvuz, qovoq va boshqalar kiradi. Ba’zi o’simliklar o’rtacha haroratni talab qiladi va sovuqqa chidamli bo’ladi. Bularga bug’doy, arpa, suli, no’xat, beda va boshqa o’simliklar kiradi. Ularning urug’lari harorat 10° dan past bo’lganda ham unishi mumkin, bunday o’simliklar uchun qulay harorat 18-25° xisoblanadi. Bu o’simliklarning maysalari 5-10° sovuqqa chiday oladi. O’simliklarning issiqqa va sovuqqa chidamliligi ular xayotining hamma davrlarida ham bir xil bo’lmaydi. Odatda yosh o’simlik nihollari katta yoshdagi o’simlikka nisbatan sovuqqa ancha chidamsiz bo’ladi. Harorat asta-sekin pasayib boradigan sharoitda, o’simlikning sovuqqa chidamliligi ortadi, havo tusatdan sovib ketsa, o’simlik kishga tayyorlanib ulgurmaydi.O’simlik tarkibiy qismining asosini suv tashkil etib, ular xayotida muhim rol o’ynaydi. O’simlikning o’sishi, rivojlanishi va hosildorligi uning suv bilan kanchalik ta’minlanishiga bogliq O’simlik tuproqdagi oziq moddalarni ildizi orqali suvda erigan xolda oladi. Agar oziq, moddalar suvda erimasa, uni o’simlik o’zlashtira olmaydi. O’simlikning nafas olishi, ko’payishi va unda hosil bo’ladigan qand, kraxmal, oqsil, yog’ va boshqa moddalar, ularning o’simlik organlaridagi xarakati suv tufayli sodir bo’ladi. Ildiz orqali tuproqdan o’zlashtirilgan namlik o’simlikning butun tanasiga tarkaladi, shuningdek suvning ma’lum qismi barg orqali atmosferaga bug’lanadi: O’simlik orqali suvning bunday bug’lanishi, o’simlik tanasidagi haroratni pyasaytiradi va yozning issiq kunlarida salbiy ta’siridan saqlaydi, ya’ni suv o’simlik tanasidagi haroratni tartibga solib turishda muhim rol o’ynaydi. O’simlikning suvga bo’lgan talabi uning o’sish va rivojlanish davri davomida uzgarib turadi. Masalan, o’simlik dastlabki o’sish davrida suvni juda oz miqdorda o’zlashtiradi, o’sishning tezlashishi va hosil tugishining boshlanishi bilan ularning suvga bo’lgan talabi keskin ortadi, hosilning yetilish va pishish davrida esa yana kamayadi. O’simlikning suvga bo’lgan talabi ob-havo sharoitiga ham bogliq yozning issiq kunlari va kuchli yorug’likda o’simlikning suvga bo’lgan talabi 1,5-2,5 barobarga ortadi, havo haroratining pasayishi bilan aksincha kamayadi. Hamma o’simliklar ham namlikni bir xil talab qilavermaydi. Ayrim o’simliklarning suvga talabi juda kuchli bo’lib, tuproqda namlik kamayib ketsa ularning o’sishi yomonlashadi va hosili pasayadi. Bunday o’simliklarga karam, bodring, ko’kat va boshqalar kiradi. Bug’doy, arpa, g’o’za, pomidor, qalampir kabi o’simliklar tuproqda namlikning o’rtacha bo’lishini talab qiladi. Shuningdek ayrim o’simliklar qurg’oqchilikka chidamli bo’ladi. Masalan, bularga qovun, tarvuz, oqjo’xori, maxsar va boshqa shu kabi o’simliklar kiradi. Demaq o’simliklarning suvga bo’lgan talabi xar xil bo’ladi. Shunga ko’ra o’simliklardan yuqori hosil olish uchun ularning suvga bo’lgan talabini bir me’yorda qondirish muhim ahamiyatga ega. Suv o’simlik talab etgan miqdordan ko’payib ketsa, o’simlik tez o’sib, g’ovlab ketadi, hosili kech yetiladi va kasallikka chalinadi. O’simlikda suv tanqisligi sezilsa, o’simlik orqali suv kam bug’lanadi, o’simlik tanasi qizib ketadi, u so’liy boshlaydi, sekin o’sadi, ildizlari tuproqka chuqur kirib boradi va deyarli shoxlamaydi. Bu xol o’simlikning hosildorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. O’simliklar tuproqdagi mineral moddalar bilan ildizi orqali oziqlanadi. Tuproqda o’simliklar uchun zarur bo’lgan xilma-xil oziq moddalar bo’ladi, agar tuproqda ana shu oziq moddalar yetishmasa o’simlik yaxshi o’smaydi, rivojlanishdan orqada qoladi va hosildorligi kamayadi. Shuning uchun tarkibida oziq moddalari bo’ladigan go’ng va mineral tuzlar inson tomonidan tuproqqa solib turiladi. O’simliklar tuproqdan tayyor oziq moddalarni ildizi orqali olishidan tashkari, ular oziq moddalarni barglarida ham hosil qiladi. O’simlik barglaridagi ogizchalari orqali havodagi karbonat angidrid gazini olib, uni ildizi orqali o’zlashtirgan suv bilan oziq moddalarga aylantiradi. Bunday jarayonning ruy berishida quyosh nuri, issiqlik va bargdagi yashil xlorofill donachalar katta rol o’ynaydi. Ko’pchilik o’simliklarda shonalash, gullash va meva hosil qilish paytida oziq moddalarga bo’lgan talab kuchayadi.
Hamma tirik organizmlar singari o’simliklar ham havodagi kislorod bilan nafas oladi. Tuproq bushliklaridagi havodan esa ildizi orqali nafas oladi. O’simliklarga havo yetishmasa yoki tuproq uta zichlashib ketsa, o’simlikning o’sishi yomonlashadi va yaxshi rivojlanmaydi va hosildorlik keskin pasayib ketadi. Tuproqdagi havo o’simlik ildizini kislorod bilan ta’minlashidan tashkari, mikroorganizmlarning ishini yaxshilaydi va tuproqdagi o’simlik hamda xayvon koldiklarini chiritib, o’simliklar yengil o’zlashtiradigan xolga keltiradi. Shuning uchun zichlashgan tuproqni yumshatish, ekin kator oralarini kultivasiya qilish va chopish orqali tuproqka kislorod kirishi ta’minlanadi. Havoda kisloroddan boshqa karbonat angidrid gazi ham bo’lib, undan barglarda yashil donachalar va quyosh yorug’ligi yordamida, oziq moddalar hosil bo’lishi o’tgan darsda aytib o’tilgan edi. Demaq o’simliklar uchun havo muhim ahamiyatga ega. Hamma madaniy o’simliklar unumdor tuproqlarda yaxshi o’sadi, rivojlanadi va yuqori hosil beradi. Ammo hamma yerda ham tuproq bir xil unumdorlikka ega emas. Ayrim tuproqlar tez zichlashib kolsa, ayrimlari donador bo’lib sochilib turadi. Ba’zi tuproqlarda yer osti suvlari juda yakin joylashgan bo’lib, o’simlik yaxshi usa olmaydi, ayrimlarida esa tuz ko’p bo’lib, o’simliklarga salbiy ta’sir kursatadi. O’simlikning o’sishi uchun noqulay bo’lgan bunday tuproqlarga ishlov beriladi, go’ng solinadi, zovurlar kovlab, yer osti suvlarining satxi pasaytiriladi, tuproq sho’ri yuviladi va xokazo. Hamma tuproqlarda ham o’simliklar bir xilda o’savermaydi. Masalan, karam, kartoshka va ildizmevalar tuprogi zichlashmagan, chirindisi ko’p bo’lgan tuproqlarda yaxshi o’sadi. Piyoz uchun tuprogi unumdor, yuqori katlamida oziq moddalar va namlik yetarli bo’lishi lozim. Pomidor, qalampir va baqlajon buz tuproq, o’tloq va o’tloqi-botqoq tuproqlarga ekilsa, yaxshi hosil beradi. Bodring va qovoqni unumdor, chirindiga boy, yumshoq tuproqlarga ekilgani ma’kul. Sho’r bosgan, shuningdek yer osti suvlari yuza joylashgan yerlar sabzavot ekinlari uchun yaroksiz xisoblanadi. Arpa, lavlagi, ruza, burdoy bir oz sho’rlangan yerlarda o’sa olishi mumkin, beda, qovoq, pomidor, karam esa ularga nisbatan sho’rga chidamsiz bo’ladi. Qovun, piyoz, tarvuz va bodring sho’rga ancha chidamsizdir. Oqjo’xori bir oz sho’rlangan yerda usa oladi, makkajo’xori o’simligi esa bunday yerda yaxshi o’smaydi va hosildorligi keskin kamayib ketadi.
Qishki shudgorlik ekinlarini parvarish qilishga zarur o’sish manba ko’rsatkichlarini tavsifini quyidagi misollar yordamida ko’rishimiz mumkin.
1. O’simliklarga yorug’likning ta’sirini o’rganishda ikkita sopol tuvaq tuproq, so’ngan go’ng, urug’lar kerak bo’ladi.
O’simliklarga yorug’likning kursatadigan ta’sirini o’rganish uchun ikkita sopol tuvak olib, ularga uch qism tuproqka bir qism go’ng kushilgan aralashma solinadi va suv bilan namlanadi. Urug’lar nam tuproqka ekiladi va tuvaklar uy haroratidagi xonaga kiritib kuyiladi. Urug’lar unib, maysalar hosil kilgach, tuvaklarning birini yorug’ yerga va ikkinchisini esa korongi joyga kuyib parvarish qilinadi. Yorug’ joyda parvarish qilingan o’simliklar yopyg’ tushgan tomonga buriladi, barglari tuk yashil rangda bo’ladi va o’simlik tuplari bakuvvat bo’lib o’sadi. Qorong’i joyda o’stirilgan o’simlikning bargi va poyasi sariq, o’zi esa nimjon bo’ladi.
Qand lavlagi urug’ining unib chiqishiga issiqlikning ta’sirini o’rganish.
Kerakli jixozlar: ikkita sopol tuvaq tuproq, chirigan go’ng va qand lavlagi urug’i.Birinchi tajriba. Yuqoridagi tartibda tayyorlangan tuproq aralashmasidan tuvaklarga to’ldiriladi va suv bilan namlanadi. Ularga qand lavlagi urug’lari bir muddatda ekiladi. Tuvakning birini harorati 4-5° li, ikkinchisini 14-16° li yerga ko’yiladi. Ikkinchi tuvakdagi urug’lar 8-10 kunda unib chiqadi,birinchi tuvakdagi urug’larning unib chiqishi esa 3-4 xaftaga cho’ziladi.Ikkinchi tajriba. Ikkita tuvakka ham qand lavlagi urug’lari bir vaqtda ekiladi. Urchtlar unib chikqandan keyin birinchisini 7-8° li, ikkinchisini 17-18° li sharoitda parvarish qilinadi. Bunda yuqori haroratda parvarish qilingan o’simliklar tez usganligini yakkol ko’rish mumkin.
O’simliklarning namlik va havoga talabini o’rganish Kerakli jixozlar: uchta oddiy shisha stakan, tuproq, qand lavlagi va makkajo’xori urug’lari.O’simliklarning namlik va havoga bo’lgan talabini o’rganish uchun uchala staqanda ozgina joy koldirib, tuproq bilan tulatiladi va ularga qand lavlagi urug’lari 2-Zsm chuqurlikda yoki makkajo’xori urug’lari 6-7 sm chuqurlikda ekiladi. Birinchi staqandagi tuproq kuruk bo’ladi, ikkinchi staqandagi tuproq namlanadi, uchinchi stakanga esa tulguncha suv kuyib, issiq joyda (18-20°) saklanadi.Birinchi va uchinchi staqandagi uro’tlar unib chikmaydi. Chunki birinchi stakanda havo va issiqlik yetarli, ammo namlik yetishmaydi. Uchinchi stakanda esa namlik va issiqlik yetarli, ammo tuproqda suv ko’p bo’lganligi uchun havo yetishmaydi. Ikkinchi stakanda namliq havo va issiqlik yetarli bo’lganligi uchun urug’lar normal unib chiqadi.-Maktab o’quv-tajriba uchastkasidan 6m2 yer ajratib makkajo’xori eking, unib chiqib yaxshi rivojlana boshlagandan so’ng ularni ikki qismga ajrating. Birinchi qismidagi o’simliklarni vaqt-vaqti bilan /5--6 marta/ sug’orib turing ikkinchisidagilarini esa ko’llatib sug’oring. Vaqti-vaqti bilan sug’orilgan makkajo’xori yaxshi o’sadi, ko’llatib sug’orilgan makkajo’xorining ildizlariga havo yetishmasdan nobud bo’ladi.O’simliklarni parvarish qilishning asosi ularning o’sish tezligini va rivojlanishini ta’minlash hisoblanadi. O’simliklarni o’sish tezligi va rivojlanishini nazorat qilishda o’simliklarning biologik xususiyatlaridan o’simlik vegetasiya davrining uzunligini o’sish va rivojlanishini, ildiz sistemasi va assimilyasion yuzasining rivojlanish dinamikasini, quruq moddalarning to’planishi, o’simlikning organ va qismlari shakllanishini moddalar almashinuvini, suv va ozuqa rejimlarini, sovuqda, qurg’oqchilikka, sho’rga chidamliligi va boshqalar tekshiriladi. Ekinlarni o’sish tezligi va rivojlanishini nazorat qilish manbalari bo’yicha tuproqni ishlash, oziqlantirish, begona o’tlardan tozalash, zararkunanda va kasalliklardan himoyalash, chiniqtirish, chidamliligini oshirish, ehtiyoji va muddati bo’yicha sug’orish hosilni ko’paytirishga qaratilgan ishlovni berish, ekin hosilini yig’ishtirishga tayyorlash kabi parvarishlash tadbirlari amalga oshiriladi.O’simliklarni o’sish tezligi va rivojlanishini nazorat qilishda o’simlik organizmlarining mineral moddalar va suvni o’zlashtirishi, o’sish, rivojlanish, gullash va mevalash, nafas olish, ildizdan va havodan oziqlanish (fotosintez), biosintez va xar xil moddalar to’plash va ularni o’z a’zolarini tuzish va bo’g’in qoldirishga sarflash jarayonlari kuzatiladi va tegishli agrotexnik tadbirlar amalga oshiriladi. Shuningdek o’simliklarning mineral oziqlanishida ildiz sistemasining singdirish faoliyati, suv almashinuvi va mineral oziqlanishning o’zaro bog’liqliklari tekshirib boriladi. O’simliklarning tashqi muhitdagi kimyoviy elementlarni yutish va o’zlashtirish energiyani hisoblangan oziqlanish o’simliklarni parvarish qilishda muhim o’rin to’tadi. O’zlashtirilgan moddalar o’simlik hujayrasi sito-plazmasiga o’tadi va mazkur o’simlikka xos kimyoviy birikmalarga aylanadi. Ozuka moddalarning yutilishi va o’zlashtirilishi (anabolizm), ularnimg parchalanishi va tashqariga chiqarilishi (katabolizm) organizm hayot faoliyati asosi-moddalar almashinuvi (metabolizm) ni tashkil qiladi. O’simliklar tarkibida Yer yuzida tarkalgan barcha kimyoviy elementlar uchraydi. Lekin, O. uchuy faqat kislorod (O), vodorod (N), azot (N), fosfor (R), oltingugurt (S), kaliy (K), kalsiy (Sa), magniy (Mg), temir (Fe) va mikroelementlaryaan bor (V), marganes (Mp), rux (R), mis (Si), molibden (Mo) va b. juda zarur. O. elementlari havodan karbonat angidrid gazi (S02), tuproqdan suv (N20) va mineral tuz ionlari shaklida o’zlashtiriladi. Yuksak o’simliklar esa havo yoki barg (q. Fotosintez) va tuproq. yoki ildiz orsali oziq,lana-di. Tuban o’simliklar (bakteriyalar, zamburug’lar, suvo’tlar) S02, N20 va tuzlarni butun tana yuzasi orqali yutadi. O’simlik organizmining turli xil moddalarga ehtiyoji har xil (kislorod va vodorodni eng ko’p qabul qiladi). O elementining birortasi o’rnini boshqasi bosolmaydi. Birorta elementning yetishmasligi o’simlikni kasallanishga yoki halokatga olib keladi. O’simlik yutayotgan uglerod manbaiga qarab O. bir nechta tipga ajratiladi. Tuban o’sim-liklarning bir sismi (barcha zamburug’lar va ko’pchilik bakteriyalar) uglerodni fakat organik birikmalardan oladi (s. Geterotrof organizmlar), ulik organik qoldiqlar hisobiga oziqlanuvchi organizmlar esa saprofit organizmlar deyiladi. Boshqa tirik organnzmlarning organik birikmalari hisobiga yashaydigan geterotrof organizmlar parazitlar deb ataladi. Bularga barcha zamburug’lar va bakteriyalar, o’simlik va hayvonlarning kasallik tarqatuvchilari hamda ba’zi yuksak o’simliklar (masalan, maxsus surgichlari bilan boshqa o’simlikning shirasini suruvchi - shumgiya) kiradi. O’simliklarning ko’pchilik qismi karbonat angidriddan uglerod o’zlashtirishga layokatli, bunda o’simlik uglerodni organik birikmalar darajasigacha o’zgartiradi. Bunday oziqlanish avtotrof oziqlanish deb nomlanadi (k Avtograf organizmlar). O. jarayoni tufayli tabiatda katta biogeokimyoviy moddalar aylanishi sodir bo’ladi; O. o’simliklar hayoti (nafasolish va parchalangan moddalarni tashki muhitga chikarish jarayonida sarflangan ozuka moddalar urnini tuldirish) davom etadi. organlar o’sadi, zapas oziq moddalar tuplanadi, o’simlik xreil beradi (meva qiladi, urug’laydi).
O'simliklar hayoti uchun yorug'/ik, issiqli/c, havo. suv va oziq moddalar zaruriy omillar hisoblanadi. O'simliklar tuproqdan suv va unda erigan moddalarni hamda havodan karbonat angidridni o'zlashtirib, fotosintez jarayonida birlamchi organik moddalarni sintezlashidan yog', oqsil kabi birikmalar shakllanadi. Ushbu jarayonning muvaffaqiyatli kechishi o'simlikning hayot omillari bilan qay darajada ta'minlanganligiga bog'liq. Dehqonchilik fani shu omillarning o'zaro bog'liqJigini, ulaming tuproq hamda o'simlikka ta'sirini o'rganuvchi fanlaming yutuqlariga asoslangan holda ulami boshqarishmo'tadillashtirish yo'llarini ishlab chiqadi va amaliyotga tatbiq etadi. Yorug'6k ta'sirida o'sim1ik1arda fotosintezjarayoni kechishi oatijasida organik modda hosil bo'lib, atmosferaga kislorod ajratib chiqariladi. Yorug'lik yetarli bo'lganda 1 m2 barg sathi 10-12 g organik moddani sintezlaydi. Yorug'likning kamligi o'simlikning nimjon rivojlanishi, hosildorlikning kamayishi va mahsulot sifatining pasayishi (oqsil, qand, kraxmal va boshqa moddalarning kam to'planishi)ga olib ke1adi. O'simliklar kelib chiqishi va turiga ko'ra yorug'likka har xii talabda bo'ladi va shuning asosda uzun kun (bug'doy, javdar, arpa, suli, zig'ir, kartoshka, karam) va qisqa kun (g'o'za, makkajo'xori, kanop, tariq, kungaboqar, oqjo'xori, soya, loviya va boshqa) 0 'simliklariga bo'linadi. Uzun kun o'simliklari janubiy va shimoliy mintaqalarda yaxshi o'sib rivojlanishi mumkin, qisqa kun o'simliklari esa, asosan, janubiy kengliklardagina yetishtiriladi. O'simlik1arning yorug'lik rejirnini dala sharoitida ko'chat qaiin1igini mO'tadillashtirish, begona o'tlami o'z vaqtida yo'qotish, egatlami shimoldan janubga tomon yo'naitirish kabi tadbirlar evaziga boshqarish mumkin. Himoyaiangan joy (parnik) va issiqxonaiarda har xii darajada yorug'lik o'tkazuvchi plyonka va oyna1ardan foydalanib, yorug'lik rejimini turlicha ta'minlash imkoniyati mavjud. IssiqJik o'sim1ik1ar hayotida katta ahamiyatga ega bo'lib, urug'ning yaxshi unishini, o'simlikning ildiz tizimi va yer ustki organlari shakllanishini ta'min1aydi. O'simlik organizmida kechadigan bareha fiziologik jarayon1ar, tuproq-o'sim1ik o'rtasida bo'1adigan modda alrnashinuvi, oziq moddalar harakati ham issiqlik bilan bevosita bog'liqdir. Har xii o'simlik1ar issiqlikka turlicha munosabatda bo'ladi. Ba'zilari issiqlikka ko'p ehtiyoj sezsa., boshqaiari nisbatan pastroq haroratda yaxshi o'sadi. Masalan, g'o'za rivoji uchun qulay harorat 25-30 'C hisoblanib, issiqlikning 25 'C dan pasayib ketishi uning o'sishi va rivojlanishining to'xtashiga olib keladi. Shuningdek, haroratning 35-37 'C dan oshishi ham unga salbiy ta'sir etadi. 35-36 'C haroratda ko'sak1ar yetilishi tezlashadi. G'alJa ekin1arining yaxshi o'sishi va rivojlanishi uchun esa 20 'C harorat eng maqbul harorat hisoblanadi. Ekin urug'larining unib chiqishi uchun ham muayyan harorat talab etiladi. Agar tuproqning harorati past bo'lsa urug' kech unib chiqadi yoki butunlay unmasdan qolib ketadi. Urug' unib chiqishi uchun zarur eng past harorat bilan o'rtacha sutka1ik harorat orasidagi farq samara/i harorat deyiladi. Har xii o'simlik1ar urug'ining unib chiqishi uchun turlicha harorat talab etiladi. Masaian, bug'doy, javdar, arpa, suli urug'i 4-5 'C, beda va yo'ng'ichqa 2-3 'C, zig'ir 6 'C, kartoshka S-9 'C haroratda una boshlaydi. Ularning qulay o'sib rivojlanishi uchun mo'tadil harorat 15-20 'C hisoblansa, urug'i 10-12 'C da unib chiqadigan makkajo'xori, tariq, oqjo'xori va 12-14'C da unadigan g'o'za o'sirnlik1ari uchun 20-25 'C mo'tadil harorat hisoblanadi. Ko'plab o'sirnliklarda fotosintezjarayoni, asosan, 0-5 'C da boshlanadi, mo'tadil harorat esa 20- 30 'C hisoblanadi. Harorat bundan oshgan sari fotosintez jarayoni ham susayib boradi va 40-45 'C da deyarli to'xtaydi, 50-52 'C da esa o'simlik nobud bo'ladi. O'sirnlik1aming past haroratga chidamlilik darajasi ham turlicha 9 Bahorgi ekinlar 1-.Q "C sovuq haroratda nobud bo'lsa, kuzgi ekinlar 18--20 "C sovuqqa bardosh beradi. Tuproqning issiqlik rejimi undagi mikrobiologik jarayonlarga kuchli ta'sir etadi va o'simlikning oziqlanish imkoniyatlarini be\gilab beradi. Mikroorga-nizmlar uchun tuproqdagi mo'tadil harorat 20--25 "C hisoblanadi. Tuproq haroratining 10 "C clan past yoki 40 T clan yuqori bo'lishi ular faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Quyosh nurining energiyasi tuproq haroratining manbai bo'lib, undagi organik moddalar parchalanuviga imkon beradi. Tuproqning issiqlik yutishi, sig'imi, issiqlik o'tkazuvchanligi va ajratishi uning issiqlik rejimini be1gilovchi asosiy xususiyatlaridir. Ushbu rejim tuproqning suv-havo xususiyatini yaxshilash, struktura holatini ta'minlash, ishlov berish, organik o'g'itlardan foydalanish, zax qochirish yo'li bilan boshqariladi. Shuningdek, sug'orish yo'li bilan tuproq va yer yuzasiga yaqin atmosfera havosining issiqlik rejimiga ta'sir etish mumkin. Sug'oriladigan yerlarda harorat sug'orilmaydigan yerJardagiclan ancha past bo'ladi hamda tuproq haroratining o'zgarish amplitudasi kamayadi. Tuproqning issiqlik rejimiga pushtalami mulchalash (masalan, plyonka ostiga ekish) yo'li bilan ham ta'sir ko'rsatiladi. Tuproqning issiqlik rejimini boshqarishda ekinlami pushtalab ekish ma' lum j ihqtdan ahamiyatga ega O'simliklaming issiqlikka talabi faol haroratlar (sutkalik o'rtacha harorat 10 "C dan yuqori) yig'indisi bilan belgilanadi. Bu ko'rsatkich kartoshka uchun 1200--1800 "C, makkajo'xori uchun esa 2100--2900 "C ga teng. Shuni hisobga olib, yetishtirilayotgan ekinlar turi va navini muayyan joyning sharoitlaridan kelib chiqqan holda tanlash lozim. Havo. O'simlik1aming oziqlanishida havo, jumladan, karbonat angidridning o'mi beqiyosdir. Atmosfera havosi 78,08% azot, 20,95% kislorod, 0,03% karbonat angidrid va boshqa moddalardan tarkib topgan. O'simlik1ar fotosintez jarayonida havoclan karbonat angidridni o'zlashtirib, kislorod ajratib chiqaradi. Nafas olish jarayonida esa kislorod yutib, karbonat angidrid ajratadi. Tuproq havosi o'simliklaming hayot omili bo'lib, uning tarkibida o'simliklarga zarur unsurlar - kislorod, uglerod, azot mavjuddir. Tuproqdagi aerob bakteriyalar va o'simlik i1dizi nafas olishi uchun havo zarur. Tugunakli bakteriyaIar tuproq havosidagi molekulyar azotni o'simliklar oson o'z1ashtiradigan shaklga aylantirib beradi. Ammiakni oksidlashda qatnashadigan nitrobakteriyaIar uchun ham kislorod kerak. Tuproqdagi kislorod o'simliklar unib chiqishiga xizmat qiladi. Yetarli darajada kislorod bo'Iroagan sharoitda urug'lar unib chiqmasdan, nobud bo'lishga mahkumdir. Tuproq havosining tarkibi doimiy bo'lmay, atmosfera havosiclan keskin farq qiladi (kislorod 20% clan 5% gacha va karbonat angidrid 0,1% clan 1,5% gacha o'zgarib turadi). Tuproq havosida kislorod 5% dan kam bo'lganda o'simlik1ar10 ning nobud bo'lishi kuzatiladi. Bunday sharoitda tuproq mikroorganizmlarining faoliyati ham sustiashadi. O'simliklar uchun yer yuzasiga yaqin atmosfera va tuproq havosida 1% ga yaqin karbonat angidridning bo'lishi qulay hisoblanadi. Suv o'sirnlikning har bir organi, to'qirnasi va hujayrasining tarkibiy qismi bo'lib, uning tanasida hamda tuproqda yuz beradigan fiziologik, kimyoviy, biokimyoviy jarayonlarning barchasi suvli muhitda kechadi. Suv tuproqdagi oziq moddalaming erishi, o'sirnlik tanasiga so'rilishi va harakatlanishida, fotosintezda, xullas, barcha hayotiy jarayonlarda beqiyos ahamiyatga ega. Suv o'sirnlik hayotida mexanik vazifani ham ~aradi: o'sirnlik suvga to'yinganda turgor ho1atida, aks holda piazmoliz holatida bo'ladi. Suvga bo'lgan talabiga ko'ra, o'sirnliklar gigrofit (suvga o'ta talabchan), kserofit (qurg'oqchilikka chidarnli) va mezofit (suvga o'rtacha talabchan) turIarga bo'1inadi. Ko'p yillik o'tlar suvni ko'p, g'o'm nisbatan kamroq, makkajo'xori undan ham kam talab qiladi. O'sirnlik organlari tuproq namligiga bog'liq holda rivojlanadi va o'sadi. Tuproq narn1igi kam bo'lsa o'simlikning ildiz tizirni chuqur qatlarn1arga ketib, yer ustki organlari yaxshi o'smaydi, aksincha bo'lganda esa ildiz tizirni yaxshi rivojlanmay, yer ustki organlari g'ovlab ketadi. O'sish davri davornida o'sirnliklar turlicha tadrijiy jarayonni o'tashadi. Shunga ko'ra ularning suv iste'mol qilish dinamikasi ham turlicha bo'ladi. G'o'zada bu davrlar quyidagicha: 1) gullashgacha; 2) gullash-meva to 'plash va 3) pishish hamda makkajo'xorida 1) sulton chiqarguncha; 2) sulton chiqarishdan donning to 'Ushishigacha va 3) pishish davrlari. Oziqa. Tuproq o'sirnliklarni oziq unsurlari bilan ta'rninlovchi asosiymanba hisob1anadi. Ular ildizlari orqali tuproqd.an suv va unda erigan oziq unsurlari - azot, fosfor, kaiiy, kalsiy, magniy va boshqa ko'pgina moddalarni, havodan esa karbonat angidridni o'zlashtiradi. Ekinlar tarkibidagi quruq moddaning 42-45% uglerod, 40-42% kislorod, 6-7"10 vodoroddan iborat OO'lib, qolgan 6-10% ni azot va OOshqa moddalar tashkil etadi. O'simliklar hayotida oziq UMIrlarining ahamiyati turlicha. Awt o'simlikning o'sishiga ta'sir qiluvchi kuchli omil bo'lib, uning yetishmasligi ham, ko'pligi ham zararlidir. U kamligida o'simlikning o'sishi sekinlashadi, me'yoridan ortiqcha OO'lganida, ekin g'ovlab ketadi. Fosfor hosil organlarining shakllanishi, pishib etilishida ishtirok etsa, kaiiy moddalar almashinuvini tezlashtiradi, o'sirnlikning kasallikka chidamliligini oshiradi. O'sirnliklar tanasida uchraydigan barcha unsurlar hayotiy o'rni va miqdoriga ko'ra uch guruhga ajratiladi: I) makroelementlar o'simlik tanasining 0,01% dan o'nlab foizgacha bo'lgan miqdorini tashkil etadi. Bularga uglerod, kislorod, vodorod, azot, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy, oltingugurt, temir va boshqa unsurlar rnisol OO'la oladi; 2) mikroelementlar o'sirnlik tarkibida kam rniqdorda (l0')-10~ % (10') % = 0,001%) uchraydigan unsurlar bo'lib, marganets, OO'r, molibden, rnis, rux, kobalt, yod, vannadiy shular jurnlasiga kiradi; 3) ultramikroelementlar o'sirnlik tanasida juda kam 11 miqdorda (1O~_1O·12 %) uchraydigan rubidiy, seziy, selen, kadmiy, kumush, simob va hoshqa unsurlami o'z ichiga oladi.
O'simUklar hayot omillarining teng ahamiyatliligi va almashtirib bo'lmasligi qonuni Bareha omillar (yorug'lik, harorat, havo, suv, oziq) o'simlik hayotida teng ahamiyatli bo'lib, birini ikkinchisi bilan aImashtirish mumkin emas. Agar o'simlikka suv yetishmayotgan bo'lsa, har qancha mineral o'g'it qo'lIash bilan uning o'rnini hosib ho'lmaydL Yoki yetishmayotgan azot o'rnini fosfor hisobiga qoplash mumkin emas. O'simliklar oziqlanishida mikroelementlar tanqisligi ularning o'sib rivojlanishjarayonini izdan chiqishiga olib keladi. O'sirnlik1ar oziqlanishida hayot ornillarining rniqdoriy ko'rsatkichlari asosiy sharoit sifatida ro'l o'ynamasligi ulaming teng ahamiyatIi ekanligini bildiradL O'simliklar hosildorligi unga ta' sir etuvchi hayot ornillarining eng kam rniqdori bilan belgilanadi va bu qonun minimum qonuni deyiladi. Tuproq unumdorligi o'simlik uchun zaruriy oziq unsurlarining eng kam rniqdori bilan to'g'ridan-to'g'ri hog'liq ho'ladi. Nernis olirni Yu. Libix o'simliklarning hosildorligi hayot omillarining eng kam miqdori darajasida bo'lishini birinchi ho'lib (1840 y.) tasdiqlagan. Ushbu nazariyaning yanada chuqurlashtiriIishi shuni ko'rsatadiki, o'simliklarning rivojlanishi va hosildorligi nafaqat hayot omillarining eng kam yoki ortiqcha darajada ta'minlaganligiga, balki cheklovchi (kasa1lik, zararkunanda kabi) sabablarga ham bog'liq. Hozirgi kunda mazkur qonun cheklovchi sabablar qonuni deb yuritiladi. 12 Dehqonchilik sharoitida optimum qonuni eng ahamiyatli hisoblanib, unga binoan. bareha hayotiy omillar o'simliklar uchun mo'tadil, maqbul (optimal) miqdorlarda bo'lganda, eng yuqori hosil shakllanadi. Chunki hayot omiUarining yetishmovchiligi yoki me'yordan ziyoda bo'lishi o'simliklarga salbiy ta'sir qiladi va hosildorlikni cheklab qo'yadi. Hayot omillarining birgalikda ta'sir etish qonuni Bunda o'simlik uchun hayot omillarining aksariyati mo'tadil miqdorda bo'lganda yetishmayotgan ma'lurn bir omilning karn salbiy ta'sir ko'rsatishi tushuniladi. Ayrim omillar (masalan, oziq unsurlari) bilvosita ta'sir etish xususiyatiga ega: fosfor va kaliy hosilning etilishini tezlashtirish bilan birgalikda o'simliklarning suvga bo'lgan ehtiyojini sezilarli darajada karnaytiradi. Tuproqda suvning yetarli bo'lishi oziq unsurlarining yaxshi o'zlashtirilishiga olib keladi. 0 ' simliklarning hayot omillariga taiabini qondirishda, eng avvalo, ularning o'sib rivojlanishini cheklovchi omiUarni yaxshilashga, ya'ni ularning cheklov marrasini yuqoriroq ko'tarishga qaratish lozim. Buni Dobenek bochkasi misolida ko'rish mumkin (1- rasm). Bochka taxtachalarining balandligi alohida omi! bilan ta'minlanganlik darajasini ko'rsatadi. Bochkada tutib qolinadigan suv sathi undagi eng past taxtacha (eng karn ta'minlangan omil) balandligida bo'lib, u shakUanadigan hosil miqdorini belgilaydi. Shu sababdan asosiy e'tibor eng karn ta'minlangan hayot omillarining mo'tadil darajada bo'lishiga qaratilishi lozim. 1- rasm. Dobenek bocbkasi. Tuproq boshqa ishlab chiqarish vositaiaridan quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi: uzoq vaqt foydalanish natijasida u eskirmaydi va yemirilmaydi, to'g'ri va unumli foydalanilganda uning hareha xususiyatlari, shu jumladan unurndorligi yaxshilanib boradi. Buni tuproq unumdorliginiig ortish qonuni bilan izohlash mumkin Tuproqdan unumli foydalanishda ilmiy asoslangan almashlab ekishni qo'Uash, organik va mineral o'g'itlarni mo'tadil me'yorlarda ishlatish, yerga to'g'ri ishlov berish, meliorativ tadbirlarni arna1ga oshi rish, tuproq nurashi (eroziyasi)ning oldini olish kabi tadbirlarning ahamiyati kattadir. Yu. Libix tuproqqa o'zlashtiriIgan moddalarni qaytarish qonunini kashf etdi. Bu qonunning mohiyati shundan iboratki, o'sirnlik o'zlashtirgan va 13 hosil bilan olib chiqib ketilayotgan oziq unsurlari tuproqdan tabiiy yo'qotiIishini ham hisobga olgan holda tuproqqa mineral va organik o'g'itlar tarzida qaytarilmog'i lozim, aks holda tuproq unumdorligi pasaya boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |