Mavzu: Qishloq xo’jalik ekinlari (g’o’za, g’alla va em-xashak ekinlari bilan tanishish).
G‘o‘za mamlakatimizda ekib o’stiriladigan madaniy o‘simliklar ichida eng muhimidir. Avvalo, undan sanoatning deyarli barcha tarmoqlari uchun qimmatli xom ashyo hisoblangan paxta tolasi, chigitidan oziq - ovqat sanoatida va boshqa tarmoqlarda ko4p ishlatiladigan paxta moyi olinadi. Mamlakatimizda tayyorlanadigan o‘simlik moylarining asosiy qismini paxta moyi tashkil qiladi. Chigitdan olinadigan kunjara chorva mollari uchun oqsilga boy qimmatli oziq hisoblanadi. Gossipoldan tozalangan chigit unidan texnikaviy maqsadlarda va oziq-ovqat sanoatida hamda meditsinada ishlatiladigan oqsillar va boshqa juda ko£p kimyoviy moddalar olinadi. Gco6za barglaridan turli-tuman organik kislotalar olinadi. GVzapoya va kocsak chanoqlari sintetik smolalar va plastmassalar tayyorlashda ko4p ishlatiladigan furfurol manbaidir.
G‘alla yetishtirish texnologiyasi har bir mintaqada o‘ziga xos bo‘lib, e'tibor o‘sha tuproq-iqlim sharoitida yuqori va sifatli don yetishtirishga qaratilishi kerak.
Kuzgi bug‘doyda har qanday sharoitda ham fiziologik jarayon davom etadi, uning rivoji uchun energiya zarur bo‘ladi. Kunlik harorat +3–5oS bo‘lganda qishlash davrida fotosintez jarayoni to‘xtab, faqat nafas olish jarayoni ustunlik qiladi. Bunda g‘alla ekish davrida berilgan fosforli va kaliyli mineral o‘g‘itlardan ildiz orqali sintez qilingan organik moddalar hisobiga nafas olish sodir bo‘ladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, bug‘doy parvarishida qish faslida quyidagi agrotexnik tadbirlarni bajarishga alohida e'tibor berish lozim. Eng birinchi suv, ya'ni urug‘ suvidan keyin tuproq namligi DNSga nisbatan 65–70 foiz bo‘lganda 7–8 kunda ekilgan urug‘ tekis unib chiqadi. Maqbul muddatda ekilgan maydondagi urug‘ bir xilda tekis undirib olinib, 3–4 tadan tuplaganda g‘alla o‘simligining kuzgi rivoji, ildiz tizimining yaxshi rivojlanishi natijasida qishdan yaxshi chiqadi va ularning keyingi rivojlanishi, hosildorligi yuqori bo‘ladi.
O‘rtacha 1 gektar maydonda 4,5–5 mln yoki 1 m2 da 450–500 tup nihol bo‘lganda g‘alla maydonini qoniqarli deb baho berish mumkin.
G‘alla unib chiqqandan keyin 20–22 kun ichida tuplash fazasi boshlanadi. G‘alla nihollarining qishlovga tuplagan holda kirishi nihollarning sovuqqa chidamliligini oshirish bilan bir qatorda yuqori hosildorlikni ta'minlashda muhim omillardan biri hisoblanadi.
G‘allaning kuzgi parvarishidan asosiy maqsad – g‘alla maydonlarida maqbul ko‘chat qalinligini saqlashdir. Urug‘ unib chiqmagan dalaning uvat qismlarida hamda simyog‘och atroflariga qo‘shimcha urug‘ ekish yo‘li bilan ko‘chat qalinligini shakllantirish kerak. G‘o‘za qator orasiga kuzgi bug‘doy ekilgan maydonlardagi g‘o‘zapoyani yer muzlagan vaqtida bug‘doy ildiziga zarar yetkazmasdan o‘rib, daladan olib chiqish va bug‘doy maydonlarining payhongarchiligiga yo‘l qo‘ymaslik, yana eng muhim agrotexnik tadbirlardan biri o‘rtacha 1 gektar maydonga 10 tonnadan mahalliy o‘g‘it jamg‘arish lozim.
Har 5 gektar maydonga 50 tonna mahalliy o‘g‘itni sharbatga aylantirish uchun 1 donadan handaqlar qazib, dalaga chiqarilgan mahalliy o‘g‘itlarni handaqlarga solib, ustidan 5–10 sm qalinlikda tuproq bilan ko‘mib qo‘yish darkor.
G‘alla maydonlarini suv bilan ta'minlaydigan ichki ariq va lotoklarni tozalash ishlarini amalga oshirish kerak.
Maysa 3–4 barg, 1-2 barg chiqargan yoki unib chiqmagan maydonlarda yer yorilish holatlarini aniqlash, bunday maydonlarga jamg‘arilgan quruq go‘ng sochishni tashkil etish hamda shu maydonlarni 2–3 kunda kuzatib borish va yengil suv qo‘yishni tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Boshoqli don ekinlari ekilgan maydonlardagi bug‘doy holati to‘la tahlil qilinib, bug‘doyning tuplashi va qishga tayyorgarlik holatini kuchaytirish maqsadida kuzgi mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirishni boshlash lozim.
Fosforli o‘g‘itlarning yillik me'yori ekish oldidan berilgan maydonlarda tuproqdagi fosfor yetarli bo‘ladi. Ammo kuzgi bug‘doy rivojlanishining boshlarida o‘simlik uchun azot talab qilinadi.
G‘allani kuzgi mahalliy va mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish kelgusi yil hosilining asosi hisoblanadi.Ekish oldidan kaliyli, fosforli o‘g‘itlar berilgan bo‘lsa, albatta azotli o‘g‘itlar bilan o‘g‘itlash zarur.
G‘allani azotli mineral o‘g‘itlar bilan o‘g‘itlashda uning navlariga va rivojlanish holatiga qarab o‘g‘itlanadi. Boshoqli don ekinlarining navi biologik ertaki (qiltiqli) bo‘lsa uni ob-havo sharoitiga qarab noyabr oylarining oxirgi o‘n kunligida, biologik o‘rtaki bo‘lsa noyabr oyining ikkinchi o‘n kunligida, biologik o‘rtaki-kechki navlar bo‘lsa ekilgan muddatiga qarab 25 oktyabrdan 10 noyabrgacha o‘g‘itlash lozim.
G‘allani kuzgi o‘g‘itlashda azotli o‘g‘itlar g‘allaning rivojlanish holatiga qarab fizik holatda ammiakli selitra bo‘lsa gektariga 120–150 kg. gacha, karbamid bo‘lsa gektariga 100–120 kg. dan, sulfat ammoniyni 150–180 kg. gacha berish tavsiya etiladi.
G‘allani oziqlantirishda birinchi navbatda o‘rtaki-kechki navlardan Krasnodar-99, Tanya, Grom, Gratsiya, Pervitsa, Yuka, Brigada, Tabor, Andijon-2, Asr, Davr navlari o‘g‘itlanadi. Keyingi navbatda noyabr oyining oxirgi o‘n kunligidan erta ekilgan ertaki navlardan Chillaki, Yesaul, Bobur, Andijon-4, Zvezda, Yaksart, G‘ozg‘on navlari o‘g‘itlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |