Demak, tomonlar qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqamvchisi va tayyorlovchidan iborat. Ishlab chiqaruvchi qishloq xo‘jalik mahsulotini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxs (tijorat tashkiloti), tadbirkor, jumladan, dehqon yoki fermer xo‘jaligi rahbari bo‘lishi mumkin. Tayyorlovchi -qishloq xo‘jalik mahsulotini sotish yoki qayta ishlash uchun sotib oladigan tadbirkor (tijorat tashkiloti yoki yakka tartibdagi tadbirkor). Kontraktatsiya shartnomasi kelgusidagi qishloq xo‘jalik mahsulotlari uchun tuziladi (don, paxta, kartoshka, chorva mollari va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |