Mavzu: Qishloq xo'jaligi tarmog'ining mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan o'rni Reja: Kirish


Qishloq xo’jaligining hozirgi holati va istiqbollari



Download 0,94 Mb.
bet2/5
Sana31.12.2021
Hajmi0,94 Mb.
#201718
1   2   3   4   5
Bog'liq
iqtisod ahamiyati

Qishloq xo’jaligining hozirgi holati va istiqbollari

Qishloq xo‘jaligini yanada isloh qilish bo‘yicha ustuvor vazifa, avvalo, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanishdir. Shuning uchun 2018-yilda tuproq unumdorligi past yerlar hisobidan ushbu hududning qariyb 18 ming gektar paxta va 1000 gektar g‘alla maydonlari qisqartiriladi. 2019-yilda maydonlarda sabzavot va meva yetishtiriladi, intensiv bog‘va tokzorlar barpo etiladi, issiqxonalar tashkil qilinadi. Natijada mahsulotlarni chuqur qayta ishlash hajmi keskin ko‘payib, qo‘shimcha qiymatli eksportbop mahsulotlar tayyorlanadi.

Bu aholining manfaatdorligi oshishi va daromadi yanada ko‘payishiga olib keladi. Yaqin kunlarda 2017-2020-yillarga mo‘ljallangan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish yakuniga yetkaziladi.

Dasturga muvofiq, ekin maydonlarini maqbullashtirish, paxta maydonlarini bosqichma-bosqich qisqartirish ta’minlanadi. Asosiy e’tibor eksportga yo‘naltirilgan meva-sabzavot va oziq-ovqat hamda chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirishga, shuningdek, kichik ishlab chiqarish shoxobchalarini tashkil etish va servis xizmatlari ko‘rsatishga qaratiladi.

Agrar sohada amalga oshirilgan yer va suv islohotlari yer-suv resurslaridan samarali foydalanish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va tuproq unumdorligini oshirish kabi masalalarga qaratilgan.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish xo‘jaliklar toifalari kesimida tahlil etilganda, yildan yilga fermer xo‘jaliklarining ulushi oshib borayotganligi, o‘z navbatida, qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar ulushi esa kamayib borayotganligi kuzatilmoqda. 2018-yilda jami 776, 7 ming tonnadadan ziyod meva-sabzavot mahsulotlari 586,3 mln.

AQSH dollariga eksport qilingan bo‘lib, 60,0 % tashkil qilgan. Meva-sabzavotlar va qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari eksportini oshirish O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun muhimdir. Hozirgi vaqtda o‘sha mahsulotlar eksporti qiymati bo‘yicha O‘zbekiston eksportining 6,2 %ini tashkil qiladi, bu esa O‘zbekistonning uzoq vaqtlardan beri asosiy eksport mahsuloti bo‘lgan paxta eksportiga qaraganda 1,5 marta ko‘proq valuta keltiradi [1].

2018-yilda fermer xo‘jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 4954,2 mlrd. so‘mni yoki 2017-yilning tegishli davriga nisbatan 83,9 foizni tashkil qildi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmida fermer xo‘jaliklarining ulushi 27,6 foizni tashkil etdi.

Dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 4759,6 mlrd. so‘mni yoki 2017-yilning tegishli davriga nisbatan 83,4 foizni, chorvachilik mahsulotlarining hajmi 194,6 mlrd. so‘mni yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 97,5 foizni tashkil qildi. Hosil yig‘imi 2017-yilda fermer xo‘jaliklar tomonidan 116024 tonna sabzavot (78.4 foiz), 100687 tonna meva (103.3 foiz), 21903 tonna kartoshka (54.0 foiz), 78074 tonna poliz (93.8 foiz), 41170 tonna uzum (83,3 foiz) yetishtirildi.(1-jadval) Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash maqsadida umumiy sig‘imi 48 ming tonnadan ziyod 41 ta maxsus va muzlatkichli ombor tashkil etilgan.

Bundan tashqari bir qator fermer xo‘jaliklari, ijtimoiy soha muassasalari, dehqon bozorlari va boshqa subyektlarda mahsulot saqlashga mo‘ljallangan 600 ga yaqin omborxonaga zaxira qo‘yilmoqda [5]. Ko‘chati orqali ko‘p yetishtiriladigan issiqsevar sabzavotlardan pomidor, shirin qalampir, baqlajon ekinlarini ko‘chat qilish ishlari ko‘chatxonalarda davom ettiriladi.

Shu bilan bir qatorda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida va oziq-ovqat sanoatida mamlakatimiz aholisining har beshtasidan bittasi band bo‘lsa, mamlakat YaIMda mazkur tarmoqlarning ulushi qariyb 28 foizni tashkil etadi, chakana savdo aylanmasining salkam 51 %i oziq-ovqat mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Qishloq hududlarida mamlakatimiz aholisining salkam 50 foizi, shahar atrofi hududlarida 21 foizi istiqomat qilayotgan bir paytda, agrosanoat majmuyi korxonalari aholi bandligini ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlar tufayli qishloq xo‘jaligida qator o‘zgarishlar amalga oshirildi. Xususan, agrobiznesning asosiy faoliyat yo‘nalishlari sifatida chorvachilik, dehqon va fermer xo‘jaliklari barqaror rivojlana boshladi.



  1. Download 0,94 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish