II ASOSIY QISM 2.1 Turarjoy tumanlari va dahalarni rejalashtirish. Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot va korxonalar
Kichik shaharlarda aholi joylashgan hudud (selitebnaya) amalda turarjoy tumaniga teng. Bu holatda shahar markazi turarjoy tumani markazi bilan birlashib ketadi. Yirik shaharlarda bir nechta turarjoy tumanlarini birlashtiruvchi hududiy tuzilmalar ham shakllanishi mumkin.
Ayrim hollarda ular o‘z sanoat hududlariga ham ega bo‘lishlari mumkin. Ularning eng yiriklari «rejaviy_ tuman» deb ataladi. U shaharning katta bir qismi bo‘lib, aholisi 300-700 ming kishini tashkil etadi.
«Magistral oralig‘i hududi» – magistral ko‘chalar bilan chegaralangan hudud.
Turarjoy tumanlarida aholining turmushi va dam olishi uchun kerakli gigiyenik sharoit yaratilishi lozim. Bularga: turar-joy binolari va jamoat tashkilotlariga quyosh nurinnng bevosita tushishi, shamollatilishi, havo musaffoligi, piyodalar va transport harakatlarlning bir-birlaridan ajratilishi, shahar shovqinining kamaytirilishi va boshqalar kiradi.
Turarjoy tumanlari, o‘z navbatida, bir nechta (4-6 ta) kichik tumanlarga (mikrorayonlarga) bo‘linadi. Kichik tuman hududi 20-30 ga bo‘lib, aholisining soni esa 6-9 ming kishini tashkil etadi. Yuqori qavatli turarjoy binolari qurilganda, aholisining soni 12-18 ming kishini tashkil etishi mumkin. Kichik tuman-lar soni turarjoy tumanining o‘lchamlariga va boshqa mahalliy sharoitlariga bog‘liq. Mavjud rejaviy holatga bog‘liq holda turarjoy tumani kichik tumanlar guruhi shaklida yoki yiriklashtirilgan kichik tumanning yaxlit hududi shaklida loyihalanishi mumkin.
Me’moriy ansamblni qurishda imoratlarning qavatini, shaklini, uzunligi, eni, silueti, rangi va hokazolarni tanlash katta ahamiyatga ega. Ochiq makonlarning o‘lchamlari, shakli, proporsiyalari, yoritilganligi, dinamikasi yoki statikasi, rang kolorit va boshqa xususiyatlarining ahamiyati ham kam emas.
Shaharsozlarning eng murakkab vazifalaridan biri – shaharning u yoki bu ansambllarini vizual qabul qilish uchun ma’lum bir sharoitlar yaratish, erkin makonlar tizimini, turarjoy massivlari, ish joylari, jamoat markazlari va dam olish joylari orasidagi shahar ichi aloqalarini hal etish. Bunda erkin makonlar ahamiyati juda katta.
Turarjoy tumanini rejalashtirish va qurish ko‘p shartlarga bog‘liq, ularning bir qismini shaharsozlik shartlariga kiritish mumkin.
Turarjoy tumanining umumiy arxitektura-fazoviy kompozitsiyasiga ta’sir ko‘rsatuvchi shaharsozlik omillariga tabiiy iqlim, landshaft va boshqalar kiradi. Turarjoy tumanining tuzilishi transport magistrallarining joylashishiga bog‘liq.
Bizning shaharsozligimizda aholiga madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatishning 3 bosqichli tizimi qabul qilingan. Hamma aholiga xizimat ko‘rsatish tashkilotlari quyidagi 3 ta bosqichga bo‘linadi:
1-bosqich – kundalik xizmat ko‘rsatush; 2-bosqich – davriy xizmat_ko‘rsatish;
3-bosqich – onda-sonda xizmat ko‘rsatish.
bosqichga aholining kundalik talablarini qondiruvchi quyidagi tashkilotlar kiradi: maktablar, bolalar yasli va bog‘chalari, do‘konlar, savdo tashkilotlari, umumovqatlanish tashkilotlari, sport va dam olish inshootlari va maydonlari. Xizmat ko‘rsatish radiusi 300-500 m. Bu tashkilotlar asosan kichik tuman hududida joylashtiriladi.
bosqichga aholining davriy talablarini qondiruvchi quyida-gi tashkilotlar kiradi: klub, kinoteatr, kutubxona, universal zal va boshqalar. Xizmat ko‘rsatish radiusi 700-1200 m. Bu tashkilotlar turarjoy tumani markazida joylashadi.
bosqichga – aholi onda-sonda foydalanadigan tashkilotlar: hokimiyat, boshpochta, teatr, universal do‘kon, muzey, madaniyat, istirohat bog‘lari, yirik sport inshootlari va boshqalar kiradi. Bular shahar aholisiga xizmat qilishga mo‘ljallangan.
Turarjoy tumanida madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish tashkilotlari bilan bir qatorda sport inshootlari va ko‘kalamzorlar tizimi tashkil qilinishi lozim .
Do'stlaringiz bilan baham: |