2-bosqich: O`tilgan mavzuni mustahkamlash.
O`tilgan mavzularni takrorlash maqsadida test o`tkazish.
Uyga vazifani so’rab, baholash.
O’qituvchi o’quvchilardan o’tilgan “Qish bo’lmasachi?” hikoyasini mazmunini so’raydi. Mavzu ifodali qilib o’qitiladi. O’tilgan mavzu yuzasidan savollar beriladi.
1.Muruvvat opa nima sababdan qish haqidagi o’tmishni esladi?
2.Hikoya nima bilan tugadi?
3.Muruvvat opa Sanobarning savoliga qanday javob berdi?
O’quvchilar savollarga javob berishadi.
“Harflar tilga kirsin” mashqi bajariladi.
O’quvchilar doskaga taklif qilinib, harflar yozilgan qog’oz bo’laklari beriladi. Shu harfga mos so’z topib, ketma-ketlikda yozish vazifasi topshiriladi.
S….,O..,G’..,L…,O…,M….,O…,N..,A…,
V…..,A..,B…,O…,L…,A…..
Harflar birlashtirilsa, 2016-yilning nomi
kelib chiqadi – “Sog’lom ona va bola”yili.
3-bosqich:Yangi mavzuni bayon qilish.
-Darsligimizning 93-94-sahifasini ochamiz.Kitobni toza va ozoda saqlashimiz
kerak,chunki “ Kitob bilim bulog`i”, “Kitobdan yaxshi do`st yo`q”.
O’quvchilar bilan qish tabiati , qishki o’yinlar yuzasidan suhbat o’tkazadi .
– Qish faslida tabiat qanday ko’rinishda bo’ladi ?
Bolalar qishda qanday o’yinlar o’ynaydilar ?
O’quvchilar javoblari to’ldirilib , mavzu tushintiriladi.
O’qituvchi “Qish zavqi “ she’rini ifodali qilib o’qib beradi .
Qishning momiq choponi ,
Boshida-chi, oq qalpoq.
Bizni zavqqa to’ldirar ,
Ko’chalar rosa oppoq.
Ariqlarda shisha muz ,
Suv yuzida pardasi.
Dov-daraxtga sepib tuz,
Qaynar oqshom zardasi.
Tarnovdagi tomchi suv
Muzga o’rar borini.
Simyog’ochlar guvillab,
Tongdan chalar torini.
Qish judayam ajoyib ,
Hayrat bilan boqaman ,
Chana uchib qirlarda.
Qish zavqini totaman.
4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash .
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun “Qish zavqi” she’ri o’quvchilarga navbati bilan o’qitaladi.
Darslikdagi savollarga o’quvchilar javob berishadi.
1.Shoir she’rda qishni nimaga o’xshatgan ?
2.Sizga qish nima uchun yoqadi ?
O’quvchilar javoblari to’ldirilib , umumlashtiriladi.
O’yin-topishmoq.
Bu o’yinda o’qituvchi biror-bir so’zni topishmoqlar yordamida uch marta ta’riflaydi. Agar 1-ta’rifda topa olmasalar ,2-ta’rif eshittiradi,unda ham topishga qiynalsalar ,3- ta’rif eshittiriladi.
1-ta’rif : To’rt faslda bir xil libos-
Kiyib yashnar ,mevasiz,
Aytsam,bog’ning ko’rki deysiz,
Siz ham uni sevasiz.
2-ta’rif: Yozin- qishin barobar,
Ko’m-ko’k turar barglari,
O’zi ming yoshga kirar.
3- ta’rif : Yozda ham qishda ham
Bir xil kiyimda.
(Archa)
5-bosqich. Darsga yakun yasash va baholash.
–Bugungi darsimiz sizga yoqdimi?
-Bugun darsda nimalarni bilib oldingiz?
Ana shu o`rganganlaringizdan hayotda to`g`ri va oqilona foydalanasiz degan umiddaman.
Darsda faol qatnashib rag`batlantirilgan o`quvchilar ballari e`lon qilinadi.
6-bosqich. Uyga vazifa berish .
“Qish zavqi “ she’rini yod olish .
Do'stlaringiz bilan baham: |