Bog'liq Qirqim va kesim mavzusiga oid masalalarda talabani bilim olish qobilyatini faollashtirish
Detalni berilgan ortoganal proeksiyalari asosida uning diometrik proeksiyasini qurishDieometrik jismlarning soyalarini yasash
Geometrik jismning sirtiga urinma bo‘lib o‘tgan yorug‘lik nurlarining yig‘indisi o‘rovchi sirtni hosil qiladi. Bu o‘rovchi nur sirtining jism sirtiga urinma bo‘lgan nuqtalarining yig‘indisi o‘z soyasining konturini, jism sirtiga urinma bo‘lgan yorug‘lik nurlarining soya tushadigan tekislik yoki boshqa sirt bilan kesishgan nuqtalari yig‘indisi esa jismdan tushgan soyaning konturini hosil qiladi. Yuqorida aytilganlarga binoan jismlarning soyalari quyidagi tartibda yasaladi:1. Jismning o‘z soyasi aniqlanadi.2. O‘z soyasi konturidan tushgan, ya’ni jismdan tushgan soya yasaladi.Jismlarning shakliga qarab, o‘rovchi nur sirti ko‘pyoqli, egri sirt va urinma tekisliklardan iborat bo‘lishi mumkin. Ko‘pyoqlarning soyalarini yasashKo‘pyoqning o‘z soyasi konturi fazoviy tasavvur asosida hech qanday grafik qurishlarsiz aniqlanadi. Siniq chiziqlardan iborat o‘z soyasidan tushgan soya quriladi. 8-a va b shakllarda ortogonal va aksonometrik proyeksiyalarda prizmadan tushgan soya qurilishi ko‘rsatilgan.а) b)8-shakl8-a) chizmadan ko‘rinib turibdiki, yorug‘lik manbaidan eng uzoqda joylashgan C1 cho‘qqi joylashgan va u o‘z soyasida qolib ketgan. C1 cho‘qqiga yondosh yoqlar ham o‘z soyasida (ya’ni yoritilmagan)dir. B1BCDD1C1B1 siniq chiziqdan H va V tekisliklarga tushayotgan soya quriladi. 9-a) va b) chizmalarda piramidadan H va V tekisliklarga tushgan soya qurilishi ko‘rsatilgan. Piramidaning o‘z soyasini qurish uchun grafik yasashni amalga oshiramiz (piramida asosi ko‘pyoqlik bo‘lsa, maqsadga muvofiq).Piramidaning S cho‘qqisidan tushayotgan (Ss) soyani (mavhum) quramiz. (Ss) nuqtadan piramidaning asosi SB va SD larga urinmalar o‘tkazamiz. SB va SD lar piramidaning o‘z soyasi chegarasidir.
Bundan kelib chiqadiki, piramidaning BSC, CSD yoqlari hamda asosi o‘zsoyasida. H tekislikda soyaning konturi B21D chiziq, V tekislikda esa 2Ss1 chiziq bo‘yicha o‘tadi. Bunda Ss nuqta S cho‘qqining V dagi soyasidir.Egri sirtlarning soyalarini yasash
Silindrning soyasini yasash.Silindrning o‘z soyasini topish uchun silindr sirtiga urinma yorug‘lik nuriga parallel tekisliklar o‘tkaziladi. Urinish sodir bo‘lgan joydagi yasovchilar silindrning yoritilgan va yoritilmagan qismlari chegarasi, ya’ni o‘z soyasining konturidir. Hosil bo‘lgan konturdan tushgan soya quriladi. 10-a va b shakllarda to‘g‘ri doiraviy silindrlardan tushgan soyani qurish ko‘rsatilgan.10- a) shaklBuyumning aksonometrik tasvirini yasashdan oldin, uning aksonometrik eskizini qo’lda tasvirlab, buyum haqida tasavburga ega bo’lib, so’ngra uning izometriya yoki dimetriyasini qurish maqsadga muvofiqdir. Detalning eskizi yoki chizmasiga asosan uning aksonometrik proyeksiyasini yasashda koordinatalar usulidan foydalaniladi va quyidagi tartib bo’yicha bajariladi: 1. Berilgan har qanday detal uchun aksonometrik proyeksiyalar turi (izometriya yoki dimetriya) aniqlanadi. 2. Yetarli bo’lgan joy ajratilib, koordinata boshi O nuqta belgilanadi va aksonometrik X, Y va Z o’qlar chiziladi. 3. Buyumning orthogonal chizmasida X, Y va Z koordinata o’qlarining yo’nalishi belgilanadi. 4. Ortogonal chizmadagi o’lchamlar bo’yicha, jismning simmetriya va undagi chiziqlarning parallellik xususiyatlariga amal qilingan holda uning aksonometrik proyeksiyasi quriladi. 5. Buyumning ortogonal chizmasidagi ma’lum nuqtalardan foydalanib, uning balandlik qismi, ichki qismi va yon tomonlari quriladi. 33 – shaklda yuqoridagi tartib bo’yicha detalning izometriyasining chizilishi ko’rsatilgan. 36 33- shakl Aksono’metrik proyeksiyasi bo’yicha berilgan detalning shakli diqqat bilan o’rganiladi va uning tashkil etgan elementlari qanday geometrik jisimlardan tuzulganligi aniqlanadi. Detalni uchta ko’rinishi, yani bosh ko’rinish, ustidan va chapdan ko’rinishlari belgilanadi. Bosh ko’rinish shunday tanlab olinadiki u detalning ichki va tashqi tuzulishi haqida to’la tasavvur berishi kerak. Qolgan ko’rinishlar bosh ko’rinishga nisbatan proyeksion bog’lanishda tasavvur qilinadi. Detalni uchta ko’rinishi chizma qog’ozining maydoniga tartib bilan ko’rinarlik qilib joylashtiriladi. Chizmani hamma ko’rinishlari avvalda ingichka(yordamchi) chiziqlar bilan chiziladi.
Detalni zarur bo’lgan chiqarish va o’lcham chiziqlari o’tkaziladi. Detalning o’lcham sonlari o’lcham chiziqlari ustiga 3,5 yoki 5 balandlikdagi ( h ) hariflar bilan O’z.DAV.ST 2. 304-96 ga muvofiq yozib chiqiladi. Geometrik shaklning proyeksiyalaridagi holatlari uning fazoda proyeksiyalar tekisliklariga nisbatan joylashuviga bog’liq. Umumiy vaziyatdagi geometrik shakllarning proyeksiyalari proyeksiyalar tekisliklariga qisqarib proyeksiyalanadi (5.1,a,b–rasm). Agar geometrik shaklning proyeksiyasi originaliga teng bo’lib proyeksiyalansa, bu shaklga oid metrik xarakteristikalarni, masalan, ΔABC tomonlarining haqiqiy o’lchamlari, uchlaridagi burchaklarning qiymatlari va boshqa xarakteristikalarini aniqlash mumkin (5.1,v–rasm). Demak, shunday xulosaga kelish mumkinki, agar geometrik shakl proyeksiyalar tekisliklariga nisbatan fazoda xususiy vaziyatda berilsa yoki umumiy vaziyatda berilgan geometrik shakl xususiy vaziyatga keltirilsa, bu bilan metrik va pozitsion masalalarni yechish mumkin. Shuning uchun ayrimhollarda umumiy vaziyatda berilgan geometrik shakllarning berilgan ikki proyeksiyasi asosida maqsadga muvofiq ravishda yangi xususiy vaziyatga keltirilgan proyeksiyalari tuziladi. Geometrik shaklning berilgan ortogonal proyeksiyalari asosida yangi proyeksiyalarini yasash ortogonal proyeksiyalarni qayta tuzish deyiladi. Umumiy vaziyatda berilgan geometrik shakllarni xususiy vaziyatga keltirish asosan ikki usulda bajariladi. Aylantirish usuli. Bunda proyeksiyalar tekisliklari o’z holatlarini o’zgartirmaydi. Proyeksiyalanuvchi shakl ularga qulay holga kelguncha biror o’q atrofida aylantiriladi. Geometrik shaklning fazoviy vaziyati o’zgartirilmasdan proyeksiyalar tekisliklari sistemasini unga nisbatan xususiy vaziyatga kelguncha yangi proyeksiyalar tekisliklari bilan almashtirish - proyeksiyalar tekisliklarini almashtirish usuli deyiladi. Quyida bu usullarni alohida ko’rib chiqamiz