Bog'liq Mavzu Qarzdorning kreditga layoqatlilik tahlili va uning bahola
2.2. Mijozning kreditga layoqatliligini baholashda zamonaviy usullar Yuqorida ta’kidlaganimizdek, mijozning moliyaviy holatini baholashda aniq bir xulosaga kelish uchun kreditga layoqatlilikn ing asosiy ko‘rsatkichlariga qo‘shimcha sifatida kreditga layoqatlilikning qo‘shimcha ko‘rsatkichlari tah lil qilinadi. Korxona kreditga layoqatliligining qo‘shimcha ko‘rsatkichlari asosan mijozning aylanma aktivlari holatini yanada chuqurroq tahlil qilishni ko‘zda tutadi. Ma’lumki, qisqa muddatli kreditlar xo‘jalik subyektlarining aylanma aktivlariga beriladi. Shuning uchun mijozning kreditni o‘z vaqtida bankka qaytara olish qobiliyati ham uning aylanma aktivlaridan foydalanishidagi samaradorlik darajasiga qarab belgilanadi. Xo‘jalik subyektlari aylanma aktivlardan qanchalik samarali foydalanayotgan bo‘lsa va aylanma aktivlarning aylanish tezligi qanchalik yuqori bo‘lsa, kreditdan foydalanish samarasi va uni o‘z vaqtida bankka to‘lash imkoniyati ham shunchalik yuqori bo‘lishi mumkin. Biz aylanma mablag‘larning samaradorlik ko‘rsatkichlari to‘g‘risida oldingi paragrafl arimizda kengroq to‘xtalgan edik. Shu bois biz qisqacha bo‘lsa-da kreditga layoqatlilikning qo‘shimcha ko‘rsatkichlarini keltirib o‘tmoqchimiz. Bu ko‘rsatkichlardan biri aylanma aktivlarning aylanish koeffi tsiyenti hisoblanadi.
Aylanma mablag‘larning aylanishi koeffi tsiyenti (Kl) joriy aktivlarning aylanish tezligi va aktivlarga qo‘yilgan mablag‘larning pul mablag‘lariga aylanish tezligini tavsifl ab, u ma’lum davr (oy, kvartal, yil) ichida aylanma mablag‘lari necha marta aylanganligini ifodalaydi:
realizatsiya qilingan mahsulot hajmi
Kob = aylanma mablag4larning o4rtacha xronologik qoldig4i
Kob.ni hisoblash aylanishni prognozlash va kreditlash muddatini aniqlashga imkon yaratadi. Aylanma aktivlarning aylanishi koeffi tsiyenti aylanma aktivlarning harakati tezligini ifodalaydi va tahlil qilinayotgan davrda mahsulotni sotishdan tushumlarning cheklanishi hamda aylanma aktivlarning o‘rtacha qiymatini hisoblab borishga imkon yaratadi.
Shuningdek, aylanma aktivlarning kunlarda aylanishini ham hisoblash mumkin. Bu ko‘rsatkich korxona aylanma mablag‘larining bir marta aylanishi (P-T-I/Ch-T-P) uchun necha kun ketishini ko‘rsatadi.
Ak= (Aylanma mablag4larining o4rtacha qoldig4i × 360 kun aylanishi).
realizatsiya hajmi
Aylanma aktivlar aylanishiga qancha kam kun ketsa, korxonaning foyda olishi, binobarin kreditni bankka to‘lashi shuncha tez amalga oshiriladi.