SHiralar yoki o‘simlik bitlari
Er yuzida ko‘p tarqalgan mayda (0,5 mm) hasharotlardir. Tanasi yumshoq, oval ko‘rinishda. Ba’zan sharsimon va silindrsimonlari ham bo‘ladi. Rangi sarg‘ish, to‘q yashil, qoramtir va qora bo‘lishi mumkin. Mo‘ylovlari 5-6 bo‘g‘imli. Xartumi cho‘ziq pastki labdan iborat bo‘lib 3 bo‘g‘imlidir. Qanotlari nozik, pardasimon, oyoqlari tuklar bilan qoplangan. Panjalari ikki bo‘g‘imli, qorinchasi 9 ta bo‘g‘imdan iborat. Ko‘pchilik tur shiralar voyaga etgan davrda quyidagi shakllarda bo‘ladi. Tirik tug‘uvchi qanotsiz, tirik tug‘uvchi qanotli, tuxum qo‘yuvchi, qonotsiz urg‘ochi individlar, qonotli erkak individlar uchraydi (52 rasm).
Mavsum davomida shiralarda jinsiy va jinsiz urchish bo‘g‘imlari navbatlashadi. Bahor va yoz oylarida faqat partenogenez (urug‘lanmasdan) ko‘payuvchi formalar uchraydi. Jinsiy bo‘g‘imlar kuzda vujudga keladi va urug‘lantirilmagan tuxumlar qo‘yadi. Bunday tuxumlar qishlaydi, bahorda ulardan shiralar chiqadi. Ular katta yoshga etgandan so‘ng kelguvsi bo‘g‘imlar uchun asos bo‘ladi. SHuning uchun ular asoschilar deyiladi. Ular deyarli qanotsiz bo‘ladi va jinssiz usulda qanotli va qanotsiz individlar tug‘adi. Bahor yoz davrida shiralar jinssiz tirik tug‘uvchi va lichinka individlardan iborat bo‘ladi. Kuzga borib, erkak va tuxum qo‘yuvchi urg‘ochi individlar yuzaga keladi. Qo‘yilgan tuxumlari qishlaydi. Bahorda 15-20 kunda, yozda 4-8 kunda rivojlanadi. Bahor va yoz davomida faqar partonogenez bilan ko‘payuvchilar avlodlari bir mavsumda 15-20 gacha nasl berib qo‘payadi.
SHiralar bo‘g‘inlar almashishdan tashqari bir tur o‘simlikdan ikinchisiga ko‘chib o‘tadi. SHiralarni biologik xususiyatlari katta ahamiyatga ega. 1) bir uyli hayot kechirish siklini tamomila bir tur o‘simlikda o‘tkazuvchi turlar, 2) ikki uyli qishlovchi tuxumi asoslantiruvchisi va uning avlodlari birlamchi xo‘jayinda migratsiyadan keyingi bo‘g‘imlar esa ikkilamchi xo‘jayinda rivojlanuvchi turlari, 3) to‘liqsiz siklli bo‘g‘im. Qishlovchi tuxum va asoslantiruvchilarni yo‘qotgan va faqat partonogenetik urchigan tur yoki ko‘pincha tur ichra formada ekanligi muhim biologik belgilardan xisoblanadi. SHiralarning hayot faoliyatiga harorat kuchli ta’sir etadi. SHiralar o‘simlik shirasini so‘rish natijasida to‘qima jaroxatlanadi. SHiralar ajratgan chiqindilar o‘simlikning barg, mevalarni ifloslantiradi. O‘simliklarga virus, zamburug‘ va boshqa kasalliklarni yuqtiradi.
SHiralarning 20 mingdan ortiq turi ma’lum. Rassiyada 6 mingcha turi uchraydi. O‘rta osiyoda shiralarning 100 dan ortiq yangi turlari aniqlangan. O‘rta osiyo shiralarni o‘rganishga tojikiston fanlari akademiyasi akademigi M.N. Narziqulov katta xissa qo‘shgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |