Axloqiy tarbiyaning vazifasi
O`zbek maktabida o’quvchilarni axloqiy tarbiyalash, sadoqatga asoslangan eng insonparvar, adolatli va oliyjanob, ahloqining ijobiy tomoni tobora to`laroq nomoyon bo`ladi. Bizning axloqimiz umuminsoniy, ma`naviy boyliklarni ham, kishilarning axloqiy me`yorlari va ular o`rtasida eksplutatsiyaga qarshi, ozodlik va ijtimoiy tenglik, baxt-saodat va tinchlik uchun ko`p asrlik kurash jarayonida xalq ommasi yaratgan munosabatlarni ham o`z ichiga oladi.
-Jamoatchilik axloqi. Uning asossiy tamoyili. “bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun”, degan g’oyadan iboratdir. U xudbinlik, o`zini va o`z manfaatini ko`zlashni rad etadi, umumxalq jamoa va shaxsiy manfaatlarni o`zida uyg’unlashtiradi.
-Insonparvarlik axloqi. U mehnatkash insonni ulug’laydi. U kishilar o`rtasida chinakam insoniy munosabatni o`rtoqlarcha hamkorlik va o`zaro yordam munosabatlarini, shaxsiy va ijtimoiy hayotda hayrixohlik, xalollik, sofdillik va kamtarlikni qaror toptiradi.
-Faol ta`sirchan axloq. U insonni yangi mehnat va ijodiy zafarlarga, tadbirkorlikka, jamoa va butun mamlakat hayotida sidqidildan ishtirok etishga, yangi turmush tarziga zid bo`lgan barcha narsalarga faol qarshi chiqishga, milliy istiqlol mafkurasi uchun qat`iyat bilan kurashishga undaydi.
Vatanparvarlik va baynalminallik ruhida tarbiyalash
O`zi tug’ilib o`sgan zaminga mehr-muhabbat, jahonda birinchi davlatning tarixiy g’alabalaridan faxrlanish tuyg’ularini baynalminallik-qardosh mamlakatlarning mehnatkashlari bilan taraqqiyot va tinchlik uchun kurash olib borayotgan barcha kishilar bilan birdamlik tuyg’ulari o`yg’un namoyon bo`lishi borasida bundan buyon ham tinmay ish olib boraveradi.
Bizning davlatimiz har bir kishisiga barcha millatlar va elatlarni birlashtiruvchi do`stlik va qardoshlik tuyg’usi, millatlararo yuksak aloqa madaniyati singdirilishidan, millatchilik va shovinizm, milliy maxdudlik va milliy xudbinlik ko`rinishlariga, turmushga, yangilanishga xalaqit berayotgan urf-odatlar va fe`l-atvorlarga nisbatan murosasizlik his-tuyg’ulari singdirilishidan manfaatdordirlar.
Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi, vatanni himoya qilishga, uning uchun butun o`zining kuch g’ayratini, agar lozim bo`lsa, hayotini ham bag’ishlashga shaylik tuyg’usini xosil qilish g’oyaviy tarbiyaviy ishning muhim vazifasi bo`lib qolaveradi.
Ana shu vazifalardan kelib chiqib, maktabning axloqiy tarbiya sohasidagi asosiy vazifalari quyidagilardan iboratdir:
Yosh avlodni muntazam suratda jamiyatda qabul qilingan ahloqiy me`yorlarga rioya qilishga o`rgatib borish;
Bolalarning xulqida ijobiy axloqiy odatlarni shakllantirish, uning axloqiy tajribalar asosida tarbiyalash;
O`quvchilarni axloq tamoyillarini egallab olish va ularga amal qilishga safarbar qilish;
Mustaqil yurtimizni har tomonlama kamol topgan quruvchilarini voyaga etkazish.
Har bir jamiyat o`zining axloqiy me`yorlar va talablar tizimiga ega bo`ladi.
Jamiyatimiz shaxsning ona vatanga sodiq bo`lish va uning dushmanlariga nisbatan murosasizlik, tekinxo`rlikka sira toqat qilmaslik, mehnatsevarlik va barcha mamlakatlarning mehnatkashlari bilan qardoshlarcha birdamlik singari sifatlarini hamma narsadan yuqori qilib qo`yadi. O`quvchilarda vatanga muhabbat xislari, xalqqa xizmat qilish, mustaqil g’alabalarni mustahkamlash, himoya qilish, mehnatkashlarni baxt-saodati uchun kurash tuyg’usi o`stiriladi.
O`qitish o`quvchilarni axloqiy mukammallashtirish bilan bog’lab olib boriladi. Ularda ong bilan xulq birligi tarbiyalanadi. U yana amaliy faoliyat bilan bog’lab olib boriladi.
Shaxsning jamiyat va vatanga, mehnatga, kishilarga, o`z xulqiga munosabtalarini ko`rib chiqamiz:
- Jamiyatga, vatanga muhabbat va sadoqatni tarbiyalash. Bu xildagi munosabatlar shaxsning vatanparvarligi, fuqaroviy yetukligi, baynalminallik fazilatlarida aks etadi. Uning maqsadlarida vatan boyliklarini ko`paytirish, mustaxkamlash va ximoya qilishga qaratilgan ishlarda namoyon bo`ladi.
Vatanparvarlik va baynalminallik axloqiy tarbiyada alohida o`rin tutadi. Diniy adabiyotlarda “Vatanni sevmoq iymondandir”,- deb bejiz aytilmagan. Tarbiyachi va o`qituvchi bolalarda vatanga muhabbat, faxrlanish, xalq va mamlakat yutuqlaridan quvonish, uning dushmanlariga nafrat tuyg’ularini tarbiyalaydi. Vatan ravnaqi yo`lida xalol va fidokorona mehnat qilishga tayyorlaydi. Shaxsning ijtimoiy faolligi ortadi.
Baynalminallik axloq tamoyili sifatida vatanparvarlikni boyitadi, o`z milliy qobig’iga o`ralib qolishga yo`l bermaydi. Barcha xalqlar bilan do`st bo`lib, tinchlik va taraqqiyot uchun kurashadi.
Demak, axloqiy tarbiyada yaxshi xulqni takomillashtirish uchun kurashiladi.
Axloq falsafiy tushunchadir. U har bir shaxs uchun zarur bo`lgan rostgo`ylik, kamtarlik, xalollik oliyjanoblik, mehnatsevarlik xushyorlik, odoblilik, insonparvarlik, jamoatchilik, qahramonlik, do`stga sadoqatlilik, saxovatlik, intizomlik, diyonatlik, xudojo`y fazilatlarni shakllantiradi.
Axloq millatning ijtimoiy qatlamining ma`naviy, milliy, mafkuraviy va ruxiy hususiyati sifatida maydonga chiqadi.
O`zbekiston Respublikasi mustaqil bo`lishi munosabati bilan axloq masalalariga yangicha yondashish boshlandi. Axloqiy tarbiyada ham milliylikka e`tibor kuchaydi. O`zbek xalqining ma`naviy merosi, milliy qadriyatlari, o`tmish an`analaridan foydalanish, o`zbekona urf-odatlarning ustivorligiga amal qilish kun tartibiga quyildi.
Darhaqiqat, axloqiy tarbiyada milliy qadriyatlar va an`analar, din pedagogikasi muhim o`rin tutadi. Shuni ham aytib o`tish kerakki, sovet davrida ana shularga e`tibor berilmas edi. Xatto, “din xalq uchun afyundir” shiori ostida din va dindorlarga olib boriladi. Maktab dindan ajratildi. Hozir esa, ahvol butunlay boshqacha. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ko`p fikrlik, vijdon erkinligi berildi. Dinning xalqimiz ma`naviyatiga ruxiyatiga, tarbiyasiga hayotbaxsh ta`sirini xalqimiz ko`rmoqda. Birgina misol - Muhammad payg’ambarning so`zi Hadisda shunday deyiladi: “kishilarning yaxshisi, xalqa foydalirog’idir”. Yoki, “Mo`minlarning afzali go`zal xulqli kishilardir”. Bu kishilarni ezgulikka chaqiruvchi nasihatning qanday zarari bor. Hech qanday. Islom dinining muqaddas kitobi – qur`oni Karim va Hadis bashariyatga yaxshilik yo`lini ko`rsatadi. Sharq pedagogikasi, xalq pedagogikasi ana shu kitoblarga asoslangan. Axloqiy tarbiyada diniy adabiyotlardan o`rinli foydalanish lozim.
Axloq va fuqaro yetukligi bu g’oyaviylikning, ijtimoiy faollikning negizidir. Hozir mustaqil Respublikamiz fuqarolarini shakllantirish, ularni axloqiy va huquqiy jihatdan tarbiyalash, huquq-tartibotni buzish hollariga murosasizligini kuchaytirish, jamiyat va davlat manfaatlariga g’amxo`rligini oshirish, Respublikamizning siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy mustaqilligini mustaxkamlash borasida faolligini rivojlantirish muhim vazifa bo`lib qolmoqda. Vatanimizning har bir fuqarosi Respublikamiz Prezidenti tomonidan olg’a surilgan istiqlol va taraqqiyot besh yo`lini amalgam oshirish uchun kurashish darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: |