Mavzu: Qadimgi Sharqda xalqaro munosabatlar va diplomatiya Reja: Qadimgi Mesopotamiya


Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari



Download 186,91 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana06.07.2021
Hajmi186,91 Kb.
#110647
1   2
Bog'liq
01 MARUZA MATNI 763c0d098935187e80a0a1cf77c41178
Referati mavzu Badiiy gimnastika mashg‘ulotlarini tashkil qilis, onun ustuvorligi fuarolik zhamiyatin, 4-mavzu, 02. GLOSSARIY, [Muhin YU.N., Gabushin V.N., Unegova T.A.] Geometr(BookFi), Аттестация Баённома феврал 2022 йил, YUPITER SAYYORASI, TARIX ALISHER NAMOZOV, tipologiya, Xalqaro tijorat arbitraji, Xalqaro tijorat arbitraji, Xalqaro tijorat arbitraji, 3032100793, akmaljon
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Ma’ruza, namoyish etish, muammoli ta’lim. 

 

Miloddan  avvalgi  III-II  ming  yilliklardagi  Mesopotamiyaning  tashqi  siyosiy  tarixi, 



birinchi  galda, Mesopotamiya  ichkarisida  mavjud  bo‘lgan  davlatlar  o‘rtasidagi  munosabatlar 

tarixidir.  Yozuv  oldi  davrining  oxiri  va  ilk  sulolalar  davrining  boshida  Mesopotamiyada 

yigirmaga  yaqin  “nom”  turdagi  shahar-davlatlar  mavjud  edi.  Mesopotamiyada  gegemonlik 

qilishga  qaratilgan  da’volar  dastavval  “Kish  podshosi”  unvoniga  ega  bo‘lish  bilan  bog‘liq 

bo‘lgandi. “Kish lugali” unvoni podsho-gegemonning an’anaviy unvoni bo‘lib qoldi.  

Mesopotamiyaning  tashqi  aloqalari  asosan  sharq  tomon  qaratilgan  edi.  Miloddan 

avvalgi  IV  ming.  yillikda  Mesopotamiya  Eronning  yassi  tog‘lik  hududlari  bilan  jadal  savdo 

aloqalariga ega  bo‘lgan.  

Miloddan  avvalgi  III  ming  yillikda  Mesopotamiyaga  keltirilgan  mahsulotlarning 

aksariyat qismi aynan savdo orqali ta’minlanardi. Bu esa tabiyki, savdo almashuvining yo‘lga 

qo‘yilgan  tartibini  nazarda  tutadi.  Qolaversa,  savdo  karvonlarining  erkin  qatnovini 

ta’minlovchi o‘zaro kafolatlar ham mavjud bo‘lishi kerak edi. 

Kish  xukmdori  Menbaragessi  (mil.  avv.  2600  y.)  ishtrokidagi  bizga  ma’lum  bo‘lgan 

harbiy to‘qnashuvlardan eng qadimgisi Elam bilan bog‘liq edi. Elam keyingi asrlar davomida 

Mesopotamiya  davlatlarining  eng  havfli  dushmani  bo‘lib  keldi.  Mesopotamiya  aynan  shu 

paytda to‘xtovsiz harbiy to‘qnashuvlar davriga kirib borgandi. Kish xukmdorlaridan tashqari, 

Ura,  Uruka,  Lagash    xukmdorlari  ham  o‘zlarini  “Kish  podshosi”  deb  nomlay  boshladilar. 

Akkad sulolalariga tegishli bo‘lgan shohlar keyinchalik ushbu unvonni o‘zlarining unvonlari 

qatoriga kiritdilar. Ikki yirik “nom”lar - Lagesh va Umma o‘rtasida ikki asrdan ko‘proq vaqt  

davomida  cho‘zilgan  to‘qnashuvni,  hamda  “Kish  podshosi”  Mesilimning  ushbu  nizoda 




 

o‘ynagan rolini yoritib beradigan bir qator matnlar bizgacha etib kelgan. Bu yerdagi voqealar 

“ikki  darajada”  ro‘y  berdi:  Enlil    (Shumerning  oliy  xudosi)  Ningersu  (Lagashga  xomiylik 

qilgan  xudo)  va  Shara  (Umma  shahriga  xomiylik  qilgan  xudo)  o‘rtasida  chegara  o‘rnatdi, 

ya’ni ular o‘rtasidagi nizoni hal etdi. “Nom”lar o‘rtasidagi to‘qnashuv shunday qilib, ushbu 

“nom”larning  iloxlari  o‘rtasidagi  nizo  sifatida  ifodalanadi  va  xudolar  orasida  hal  etiladi. 

Demak, bizga ma’lum bo‘lgan eng qadimgi kelishuvlardan birida zamonaviy xalqaro-huquqiy 

amaliyotning  ko‘plab  elementlarini  ko‘rishimiz  mumkin:  aniq  belgilangan  yerlarga  egalik 

qilish  da’volari  negizida  yuzaga  kelgan  nizo,  hakamlar  sudi,  janjalda  ishtrok  etgan  birinchi 

tomonning  talash  bo‘lib  turgan  yerlar  ustidan  suverenitetining  tan  olinishi,  hamda  shu 

paytning  o‘zida  ikkinchi  tomonga  ushbu  yerlarni  ijaraga  topshirilishi.  To‘qnashuv,  goh 

pasayib,  goh  avj  olib,  Umma  hukmdori  Lugalzagesi  Lagashni  hal  qiluvchi  mag‘lubiyatga 

uchratmaguncha  (tax.  Mil.  avv.  2312  y.)  davom  etdi.  Lugalzagesi  xech  qanday  istilochilik 

maqsadlarga ega bo‘lmaganligiga inontirardi va faqat “adolat”i tiklaganligini ta’kidlaydi.  

Shu tarzda Mesopotamiya davlatlari o‘rtasidagi eng qadimgi va yaxshi xujjatlashtirilgan 

to‘qnashuvlardan  biri  yakunlandi.  Bo‘lib  o‘tgan  voqealarning  ko‘plari,  hamda  to‘qnashuv 

haqidagi  rasmiy  xabarlarning  frazeologiyasi  (barqaror  so‘z  birikmalari  va  iboralar)  uch-to‘rt 

ming yildan so‘ng ro‘y bergan jarayonlarni hayron qolarli darajada eslatadi.  

Mamlakatni  birlashtirishga  qaratilgan  tendensiya  haqida  “Mamlakat  lugali”  deb 

nomlangan  yangi  unvonning  paydo  bo‘lishi  dalolat  beradi.  Miloddan  avvalgi  III-II  ming 

yilliklarda  markazdan  qochirma  kuchlar  markazga  intilma  kuchlardan  qudratliroq  ediki, 

buning oqibatida siyosiy tarqoqlik holati o‘sha davrdagi Mesopotamiya uchun xos edi. 

Butun Mesopotamiya hududlarini  o‘z ichida qamrab olgan davlatni birinchi bor Sargon 

barpo  etdi.  Ushbu  davlat  o‘zining  ichki  tuzilishi  jixatidan  ham  konfederatsiya,  ham 

markazlashgan  davlatni  eslatadigan  ko‘rinish  kasb  etgandi.  Sargon  tomonidan  barpo  etilgan 

davlat Osiyodagi birinchi “buyuk” davlat edi,  Yaqin Sharqda  esa - ikkinchi (Misrdan so‘ng) 

Old  Osiyodagi  xalqaro  vaziyat  shahar-davlatlar  va  ularga  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  tahdid  solgan 

“buyuk”  davlat  o‘rtasidagi  qarama-qarshilik    bilan  ifodalanadi.  Sharq  (Elam)  va  g‘arbga 

(Suriya)  qaratilgan  yurishlar  endi  Mesopotamiya  xukmdorlari  uchun  an’anaviy  tusga  kirdi. 

“To‘rt  iqlim  podshosi”  Naram  -  Sin  va  elamliklar  xukmdori  Xit  o‘rtasidagi  bizga  ma’lum 

bo‘lgan  birinchi  xalqaro  shartnoma  Elam  zamonidan  hozirgi  kungacha  etib  kelgan.  Ushbu 

shartnomaga ko‘ra Elam podshosining majburiyatlari quyidagilardan iborat edi:  

1.Akkadaga  nisbatan  to‘la  loyallik  (samimiyat)  (Elamda  Naram-Singa  nisbatan 

g‘animlikka yo‘l qo‘ymaslik, Akkadning har qanday dushmanlariga qarshi harakatlarda unga 

harbiy yordam ko‘rsatish);  

2.Qochoqlarni tutib berish, ya’ni Naram–Singa dushmanlik qilganlarga panoh berishdan 

voz kechish. 

Asosan  Elam  bilan  olib  borilgan  urushlardan  tashqari  ro‘y  bergan  tashqi  siyosiy 

voqealar haqida ma’lumotlar kam. Elam bilan munosabatlar yomon yoki juda yomon xolatda 

bo‘lar  edi.  Shu  paytgacha  mutlaqo  nufuzga  ega  bo‘lmagan  Bobilning  siyosiy  tartibsizlik 

sharoitida  yuksalishi  nafaqat  harbiy  muvaffaqiyatlar,  balki  maqsadga  intiluvchan  va  o‘ta 

ustalik  bilan  olib  borilgan  diplomatiyaning  natijasi  edi.  Sulolaviy  nikohlar  to‘g‘risida  ham 

ma’lumotlar  uchraydi.  Ittifoqlar  (teng  huquqli  yoki  tengsizmi,  lekin  baribir  umri  qisqa) 

ko‘plab  miqdorda  tuzilardilar.  Agar  ittifoq  teng  huquqli  bo‘lmasa,  unda  podsho-gegemon 

qaram  podsholiklarga,  ularni  doimo  nazorat  qilish  maqsadida,  o‘zining  “maslahatchilarini” 

(xazianu)  yuborardi.  Qaram  podsholar  bunday  ittifoqning  rahbariga  yuborgan  maktublarida 

uni  “ota”  yoki  “xukmdor”  deb  nomlashadi.  Ularning  majburiyatlari  aftidan,  bitimlarda  aniq 



 

belgilangan  va  birinchi  galda  harbiy  yordam  ko‘rsatishdan  iborat  bo‘lgan.  Ittifoq  tuzilishi 

xudolar  oldida  qasam  ichish  bilan  mustaxkamlangan.  Siyosiy  maqsadlarga  erishish  yo‘lida 

harbiy  kuch,  ayyorlik,  pora  berib  sotib  olish,  isyonlarni  keltirib  chiqarishdan  foydalanilgan. 

Ushbu barcha usullarni Bobil sulolasi eng muvaffaqiyatli tarzda qo‘llagan. 

Siyosiy  maqsadlarga  erishish  yo‘lida  iqtisodiy  “yordam”dan  foydalanilgan  holat 

hujjatlar  negizida  o‘z  tasdig‘ini  topgan  tarzda  birinchi  marotaba  tarixda  Mari  va  Bobil 

o‘rtasidagi munosabatlarda qayd etilgan. 

Xammurapi  barpo  etgan  davlat,  garchand,  u  o‘z  bunyodkoridan  keyin  ko‘p  umr 

ko‘rmagan  bo‘lsa  ham,  butun  Mesopotamiyani  va  hattoki  Elamning  bir  qismini  qamrab 

olgandi.  Aynan  Xammurapi  va  uning  vorislari  davlati  markazlashgan  davlat  deb  nomlanishi 

mumkin. 


Miloddan  avvalgi  II  ming  yillikning  o‘rtalarida  Yaqin  Sharqda  siyosiy  vaziyat 

quyidagicha  ko‘rinish  kasb  etdi.  Ma’lum  darajada  bir-biroviga  teng  xisoblangan  bir  necha 

“buyuk”  davlatlar  mavjud  edi:  Misr,  Kassitlar  Bobili,  Shimoliy  Mesopotamiyadagi  Mitanni 

davlati  va  Kichik  Osiyodagi  Xett  podsholigi.  Suriya,  Falastin,  Finikiya,  Shimoliy 

Mesopotamiya va Kichik Osiyodagi kichik va mayda podsholiklar yoki knyazliklar yuqorida 

ko‘rsatib o‘tilgan “buyuk” davlatlarga qaram bo‘lib qoldilar. 

“Buyuk” davlatlari podsholari o‘zaro yozishmalar chog‘ida bir-birovlarini “birodar” deb 

nomlashgan.  Muayyan  munosabatlarga  to‘htaladigan  bo‘lsak,  ular,  albatta,  davr  talabi  va 

kuchlarning  amaldagi  nisbatiga  asoslanardi.  Misr  malikasiga  uylanish  masalasiga  Bobil 

xukmdorlari  ulkan  tashqi  siyosiy  obro‘ga  ega  bo‘lish  imkoniyati  sifatida  qarardilar.  Ammo 

fir’avnlar bunga nisbatan o‘zgacha fikrga ega edilar: ular bunday nikohni Misrning obro‘sini 

yerga uradigan deb xisoblashardi.  

Sovg‘alar  bilan  o‘zaro  almashish  diplomatik  munosabatlarning  muhim  tarkibiy  qismi 

edi. Ham Bobil, ham Ossuriya, ham Mitanni podsholari o‘z maktublarida fir’avndan ko‘proq 

oltin  yuborishni  tom  ma’noda  yalinib-yolvorib  so‘ragan.  Ko‘rib  chiqilayotgan  davrning 

oxiriga  kelib  Yaqin  Sharqdagi  siyosiy  vaziyat  sezilarli  darajada  o‘zgargan:  Mitanni  va  Xatti 

yo‘q bo‘lib ketdi, Bobil va Misr zaiflashdi, Ossuriya va Elam esa o‘ta kuchaydi.  

Diplomatiyaning  qadimgi  Misrning  siyosiy  xayotida  o‘ynagan  roli  haqidagi  saqlanib 

qolingan ma’lumotlar asosan giksoslar xukmronligi va keyingi Yangi podsholik davriga oid. 

Giksoslar  xukmdorlari,  Misr  fir’avnlari  kabi,  o‘z  xokimiyatini  butun  Nil  vodiysiga 

yoyishdi.  Ushbu  davrda  Misr  siyosiy  jihatdan,  giksos  fir’avnlariga  nisbatan  o‘z  qaramligini 

tan olgan bir qator unchalik katta bo‘lmagan egaliklardan iborat edi. Ayni o‘sha paytda Misr 

va Osiyo mamlakatlari o‘rtasida qalin iqtisodiy va madaniy aloqalar o‘rnatildi.  

Nil  vodiysining  janubida,  Fivada,  o‘zlarini  fir’avnlar  deb  e’lon  qilgan  yuqori  Misr 

xukmdorlarining  mahalliy  sulolasi  yuksala  boshladi.  XVII  sulolaga  oid  Fiva  fir’avnlarining 

giksoslar xukmdori Apopiga qarshi olib borgan ozodlik kurashi davrida Misrda yuzaga kelgan 

murakkab siyosiy vaziyat haqida bizga ma’lum bo‘lgan manbalar dalolat beradi. 

Ushbu  kurashda  diplomatik  yozishmalar,  elchilarni  yuborish,  ittifoqlar  va  bitimlar 

tuzish,  hamda  sulolaviy  nikohlar  katta  rol  o‘ynagan.  Giksoslar  xukmronligi  davridagi 

Misrning  davlat  tuzilishi  turli  shartnomalarning  imzolanishi,  hamda  giksos  xukmdorlari  va 

ularga  qaram  bo‘lgan  mahalliy  xokimlar  o‘rtasidagi  sulolaviy  nikohlarning  yuzaga  kelishini 

rag‘batlantirardi. 

Giksoslarga  qarshi  uzoq  davom  etgan  ozodlik  kurashi  Fiva  fir’avnlarining  to‘la 

g‘alabasi bilan yakunlandi. Yaangi podsholik davri qadimgi Misr diplomatiyasini Al-Amarna 

arxivida topilgan xatlar ajoyib tarzda tasvirlab beradi. Al-Amarna arxivi - mil. avv. XIV asrga 



 

oid  tarixiy  matnlarning  noyob  majmuasidir.  Al-Amarna  arxivining  deyarli  barcha  sopol 

lavhalarida diplomatik tusdagi xatlar qayd etilgan. Ushbu xatlar Amenxotep III va Amenxotep 

IV  saroyiga  Bobil,  Mitanni,  Ossuriya,  Xettlar  podsholigi,  Arsava  mamlakati,  Kipr  oroli, 

xamda  Misr  tomonidan  bo‘ysundirilgan  Falastin,  Suriya,  Finikiya  shahar-davlatlari 

xukmdorlaridan  etib  kelgan.  Ushbu  tarixiy  davrda  Misr  Yaqin  Sharqning  eng  qudratli 

davlatlaridan  biri  edi.  Dastavval  faqat  Mitanni  va  kassitlar  Bobilni  unga  teng  keladigan 

davlatlar  edi  Amenxotep  IV  xukmronligi  davrida  esa  Kichik  Osiyoda  Xettlar  podsholigi 

anchagina kuchaydi. 

Ushbu  davrda  Misrning  Osiyodagi  egaliklari  Amuru,  Upe  va  Xanaan  deb  nom  olgan 

yirik  xududiy  qismlardan  -  “viloyat”  lardan  iborat  edi  va  misrlik  noiblar  tomonidan 

boshqarilardi. Old Osiyoda Misr xokimiyati ostidagi yerlarni idora qilishga taaluqli masalalar 

bilan podshoning “Fir’avn maktublar uyi” nomli maxsus muassasasi shug‘ullangan. “Fir’avn 

maktublari  uyi”-ga  raxbarlik  qilgan  amaldor  juda  katta  ta’sirga  ega  bo‘lgan.  Ushbu  shaxs 

Misrning  Old  Osiyodagi  egaliklarni  boshqarishga  oid  barcha  masalalar  bo‘yicha  fir’avnning 

maslahatchisi edi. 

Misrliklar,  odatda,  zabt  etilgan  Old  Osiyo  viloyatlarining  an’anaviy  siyosiy  tuzilishini 

o‘zgartirmaganlar.  Fir’avn  va  Misrga  qaram  bo‘lgan  Falastin  va  Suriya  xukmdorlari  

o‘rtasidagi  yozishmalarda  murojaat  qilishning  ma’lum  qoidalariga  rioya  qilingan.  Teng 

huquqli  va  do‘stona  munosabatlarda  bo‘lgan  podsholar  bir-birovlarini  “birodar”  deya 

atashgan.  Qudrat  jihatdan  ustunroq  yoki  yoshi  kattaroq  xukmdorga  “ota”  deb  murojaat 

qilishgan,  o‘zini  esa  “o‘g‘il”  deya  atashgan.  Qaram  xokimlar  yuborgan  xatlarda  fir’avnni 

“xukmdor  (yoki  sulton,  janob)”,  o‘zlarini  “qul”,  “qarol  (xizmatkor)”  deya  nomlashgan. 

Olqishlash, tabriklash va aloqa qilishning ma’lum shakllari mavjud bo‘lgan. Qaram xokimlar 

o‘zlarining  tayinlanishi  chog‘ida,  hamda  Misrda  yangi  xukmdorning  xukmronligi 

boshlanganda  maxsus  formula  bo‘yicha  sodiqlik  qasamini  ichishi  lozim  edi.  Garovga  olish 

maxalliy xokimlarni itoatkorlik xolatida saqlab kelishga va bo‘ysundirilgan yerlarda Misrning 

ta’sirini mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim vosita edi. 

Al-Amarna  arxivida  saqlangan  xatlarning  aksariyatini  Misrga  maxsus  elchilar  va 

choparlar etkazishgan. Elchilar va choparlarni ikki toifaga bo‘lish mumkin:  

1.  Aloxida  ishonchga  ega  bo‘lgan  shaxslar,  ular  vositasida  fir’avnlarning  mustaqil 

davlatlar podsholari bilan munosabatlari ta’minlangan. 

2. 

Mansabdor  xizmatchilar,ular  orqali  esa  Misr  saroyining  noiblari,  xamda 



Falastin,  Suriya  va  Finikiyada  joylashgan  ko‘plab  shahar-davlatlarining  xokimlari  bilan 

aloqalari amalga oshirilgan. 

Ham  fir’avnning,  ham  Osiyo  xukmdorlarining  har  bir  elchisi  u  yuboriladigan 

mamlakatni,  uning  urf-odatlarini,  madaniyatini,  yo‘llarini  geografik  xususiyatlarini  yaxshi 

bilishi  lozim  edi.  U  moxir  diplomat  va  jangchi  bo‘lishi  shart  edi.  Ko‘p  paytlarda  elchi 

yuboriladigan  mamlakatning  tilini  ham  yaxshi  bilardi,  aks  xolda  tarjimon  unga  hamroxlik 

qilgan.  

Osiyodan  Misrga  etib  kelgan  elchilarning  maqomi  va  vazifalari  ular  qaram  xokimlar 

yoki  teng  huquqli,  mustaqil,  do‘stona  munosabatdagi  podsholiklarning  xukmdorlari 

tomonidan yuborilganligiga qarab farqlanardi. Osiyoda joylashgan mustaqil podsholiklarning 

Misrdagi elchilariga nisbatan munosabat, o‘z  navbatida, fir’avnning  ushbu mamlakatlaridagi 

elchilariga nisbatan munosabat kabi, o‘sha paytdagi muayyan tarixiy vaziyatga bog‘liq edi.  




 

Elchilarning  shaxsiy  daxlsizligi,  diplomatik  immuniteti  to‘g‘risidagi  tasavvur  xalqaro 

huquqning hamma qabul qilgan me’yorga hali aylanmagandi. Shuning uchun ham u yoki bu 

podshoning huzuriga etib kelgan elchining taqdiri xukmdorning to‘la ihtiyorida bo‘lgan.  

Al-Amarna  arxividan  topilgan  xatlarda  Old  Osiyo  xukmdorlarining  fir’avn  bilan 

do‘stona  munosabatlarni  mustahkamlash  maqsadida  tuzilgan  sulolaviy  nikohlari  to‘g‘risida 

ma’lumotlar  mavjud.  Misr  va  Old  Osiyoning  mustaqil,  do‘stona  davlatlari  o‘rtasidagi 

munosabatlarda bir-biriga teng podsholar vaqti-vaqti bilan bir-biroviga qimmatbaho sovg‘alar 

yuborishi  odat  edi,  ayniqsa  sovg‘a  oluvchining  taxtga  o‘tirishi  yoki  xukmronligi  davrida 

uning uchun muhim voqealar ro‘y bergan paytlarda. Misrga tobe bo‘lgan yerlarning xokimlari 

o‘lpondan  tashqari  fir’avnga  turli  sovg‘alar  yuborishlari  lozim  edi.  Mustaqil  davlatlarining 

xukmdorlari  ham,  fir’avnning  iltifotiga  sazovor  bo‘lish  maqsadida,  unga  qimmatbaho 

sovg‘alar jo‘natishgan. Misrdan Old Osiyoning mustaqil va do‘stona davlatlari xukmdorlariga 

asosan oltin va qora darahtdan yasalgan buyumlar yuborilardi. Fir’avnning aloxida ishonchini 

qozongan  shaxslar,  ularning  ayrimlari  “jirkanch  Rechenu  mamlakatida  Yuqori  Misr 

podshosining  ko‘zlari,  Quyi  Misr  podshosining  qulog‘lari”  deb  nomlangan  rasmiy  unvonga 

ham  ega  bo‘lib,  Osiyoda  ro‘y  berayotgan  jarayonlarni  kuzatishardi.  Aksariyat  xollarda  ular 

fir’avnning maxfiy topshirig‘i bilan Misrning Osiyodagi egaliklariga jo‘natilgan vakillari edi. 

Xech  qanday  rasmiy  unvoni  yo‘q  ayrim  shaxslar  ham  fir’avnning  xabarchilari  bo‘lishi 

mumkin edi.  

Tarix  faniga  ma’lum  bo‘lgan  abadiy  tinchlik,  birodarlik,  tashqi  tajovuzni  qaytarish  va 

ichki  siyosiy  ixtiloflarni  hal  etish  yo‘lida  xamkorlik  to‘g‘risidagi  eng  qadimgi 

shartnomalardan  biri  mil.  avv.  XIII  asrda  Misr  fir’avini  Ramzes  II  va  Xettlar  podshosi 

Xattusili  III  tomonidan  tuzilgan.  Uzoq  muddatli,  lekin  natijasiz  urushdan  so‘ng  ushbu 

shartnoma  muvofiqlashtirildi  va  tasdiqlandi.  Unda  abadiy  tinchlik,  do‘stlik  va  birodarlik, 

xamkorlik,  tajovuzdan  o‘zaro  voz  kechish,  ittifoqchilik  va  biror-bir  tomon  harbiy  tajovuzga 

uchraganda  unga  ko‘maklashish  ichki  tartibsizliklar  yuzaga  kelganda  o‘zaro  yordam  berish, 

qochoqlarni,  oqsuyak  yoki  oddiy  inson  bo‘lishidan  qat’iy  nazar,  ularga  muruvvatli 

munosabatda  bo‘lish  sharti  bilan,  qaytarib  berish  to‘g‘risida  shartnoma  imzolanganligi 

ta’kidlanardi. 

Kichik  Osiyo  yerlarining  katta  qismida  tashkil  topgan  va  mil.  avv.  XVII-XII  asrlar 

davomida  mavjud  bo‘lgan  Xett  podsholigi  (yoki  Xatti  mamlakati)  qadimgi  Sharqning  eng 

qudratli davlatlaridan biri bo‘lgan.  

Xettlar poytaxti bo‘lgan Xattusa shaxri arxivlarida topilgan mixxat bilan yozilgan sopol 

parchalari  (tablichkalar)  ushbu  podsholik  diplomatiyasi  tarixiga  oid  asosiy  manbalar  deb 

xisoblanadi. Xett podsholarining solnomalarida xam qiziqarli ma’lumotlar mavjud. 

Xatti  mamlakati  podsholarining  faol  tashqi  siyosati  Qadimgi  podsholikning  ilk 

xukmdorlari  davrida  boshlandi.  Xettlar  “dengizdan-dengizgacha  yoyilgan  mamlakat” 

konsepsiyasining  o‘zini  Markaziy  Anatoliyada  ulardan  avval  mavjud  bo‘lgan  aholining 

an’analaridan  meros  qilib  olganlar.  Xett  podsholigi    harbiy  jihatdan  qudratli  mamlakatga 

aylandi va Yaqin Sharqning buyuk davlatlari qatoriga qo‘shildi. Xatti mamlakatining asosan 

harbiy  kuch  tufayli  erishgan  tashqi  siyosiy  muvaffaqiyatlarini  xett  xukmdorlari  diplomatik 

aktlar - shartnomalar orqali mustaxkamlashga intilardilar. Muayyan majburiyatlar bilan qo‘li 

bog‘langan, xarakatlari esa ayg‘oqchilar va kichik garnizonlar yordamida nazorat qilinadigan 

mahalliy sulola vakilining ihtiyorida qo‘shni shahar yoki mamlakatning taxtini saqlab qolish 

ishonchliroq yo‘l ekanligini ular yaxshi tushunishgan. Sheriklar o‘rtasidagi munosabatlarning 

xususiyatiga mos keladigan turli hil shartnomalar mavjud edi. 



 

Shartnomalarda  davlatlar  o‘rtasidagi  chegaralar  kelishib  olingan,  ularni  buzmaslik, 

birovning  hududida  yangi  shaharlarga  asos  solmaslik    va  biror  tomonning  shunga  o‘xshash 

urinishlariga  yo‘l  qo‘ymaslik  kabi  majburiyatlar  belgilangan.  Qaram  bo‘lgan  podshoga 

uchinchi tomon bilan ittifoq tuzish mann etilgan. Xett podshosi urushga kirgan paytda u bilan 

shartnoma  tuzgan  tomonning  “betarafligi”  yoki  xettlar  dushmani  bilan  mahfiy  aloqalarda 

bo‘lganligi g‘animlik harakati deb baholangan. Shartnomalarning ko‘plab moddalari ichki va 

tashqi dushmanlarning har qanday tajovuzlariga qarshi birgalikda kurashishga bag‘ishlangan. 

Birinchi  da’vatning  o‘zida  kontragent  (shartnoma  tuzgan  xar  ikki  tomonning  biri)  o‘zining 

qo‘shinlari bilan yordamga kelishi lozim edi. Shartnomaning ayrim bandlari faqat bir tomon 

uchun  taaluqli  bo‘lishi  mumkin  edi.  Shartnomada  ko‘zda  tutilgan  shartlarning  to‘liq 

bajarilishi ustidan nazorat qilish asosan guvox - xudolar zimmasiga yuklatilgan. 

Xatti  mamlakatining  tashqi  siyosatida  sulolaviy  nikohlar  muhim  o‘rin  egallagan.  Xett 

podsholarining qizlariga bosh xotin, ya’ni mamlakat malikasi maqomini kafolotlovchi shartlar 

ilgari surilardi. Xettlarning sulolaviy nikohlariga oid konsepsiyasi aynan shunda o‘z ifodasini 

topgan.  

Xett  podsholigining  tashqi  siyosatida  elchilar,  vakillar,  choparlar  va  boshqalar  muhim 

rol  o‘ynagan.  Xett  an’analarida  diplomatik  elchilik  vazifasini  ado  etuvchi  mansabdor  shaxs, 

“aso  odami”  (gerold)  unvoniga  ega  bo‘lgan  inson  uchraydi.  Ushbu  daraja  elchi  va  vakil 

darajasidan yuqori xisoblangan, chunki “aso odami” unvoniga ko‘p hollarda podsho urug‘iga 

a’zo bo‘lgan amaldorlar ega edi.  

Xukmdorlarning  diplomatik  munosabatlarida  mirzalar  (kotiblar)  muhim  rol  o‘ynagan. 

Aynan ular nafaqat o‘z xukmdorining ko‘rsatmalariga, balki, birinchi galda xettlarning o‘zida 

shakllangan  mezonlarga  tayanib,  shartnomalar  va  xatlarning  matnlarini  tayyorlashgan.  Xett 

jamiyatining talabalaridan kelib chiqib, mirzalar bir necha tillarni bilishlari lozim edi. Bunga 

ularni maxsus mirzalik maktablarida o‘rgatishgan.  

Miloddan avvalgi I ming yillikda Yaqin Sharq mamlakatlarida iqtisodiy yuksalish ro‘y 

berdi.  Davlatlar  o‘rtasida  doimiy,  va  birinchi  galda  savdo  aloqalar,  shuningdek,  siyosiy, 

diplomatik  va  madaniy  munosabatlar  yo‘lga  qo‘yildi.  Mintaqa  esa  ushbu  davrda  to‘htovsiz 

urushlar maydoniga aylanib bordi. 

Yaqin  Sharq  xaritasi  va  undagi  kuchlarning  o‘zaro  nisbati  tubdan  o‘zgardi. 

Allaqachonlar  kuchli  bo‘lgan  davlatlardan  (Xett  podsholigi,  Mitanni)  faqatgina  parchalar 

qoldi-ki,  ularni  boshqa  qudratliroq  davlatlar  asta-sekin  yutib  yubordi.  Ikkinchilari  saqlanib 

qolgan  bo‘lsa  ham,  biroq  ichki  va  tashqi  siyosiy  tanazzulni  boshidan  kechirayotgan  edilar. 

Buning  natijasida,  ular  qachonlardir  jahon  siyosatida  o‘ynagan  yetakchilik  rolini  boshqa 

davlatlarga,  ayniqsa  Ossuriyaga  topshirib  qo‘yishdi.  Miloddan  avvalgi  I  ming  yillikda  o‘sha 

davr  ko‘lamlariga  ko‘ra  “jahon”  gegemoniyasi  uchun  ulkan  qamrovli  kurash  olib  borildi-ki, 

unda  eng  qudratli  davlatlar  g‘olib  chiqishdi.  Bu  esa,  o‘z  navbatida,  dastlabki 

“imperiyalar”ning,  yirik  harbiy-siyosiy  birlashmalarining,  o‘ziga  xos  “jahon”  miqyosidagi 

saltanatlarning barpo etilishiga olib keldi. 

Bundan  avvalgi  davrlardayoq  Ossuriya  Yaqin  Sharq  davlatlari  orasida  asta-sekin 

yuksalib  bordi.  Miloddan  avvalgi  IX  asrda  Ossuriyaning  tashqi  siyosati  to‘rt  yo‘nalish 

(shimoliy,  janubiy,  sharqiy  va  g‘arbiy)  bo‘yicha  rivojlandi.  Yaqin  Sharqda  Ossuriya 

davlatining mavjud bo‘lguncha, bir tomondan uzluksiz tarzda harbiy-siyosiy ittifoqlar tashkil 

etilardi,  ikkinchi  tomondan,  esa  -  Ossuriya  ushbu  ittifoqlarning  tarqab  ketishi  uchun  barcha 

harakatlarni qilardi va ularni birma-bir bo‘ysundirishga intilardi. 




 

Miloddan  avvalgi  VIII  asrning  birinchi  yarmi  Ossuriya  uchun  chuqur  inqiroz  va 

tushkunlik  davri  bo‘ldi.  Inqiroz  xolati  Ossuriyaning  xalqaro  mavqeiga  ham  salbiy  ta’sir 

ko‘rsatdi. Ossuriya davlatining tashqi siyosiy qudrati mil. avv. VIII asrning ikkinchi yarmida, 

xokimiyat  tepasiga  Tiglatpalasar  III  (mil.  avv.  745-727  yy.)  kelganda  tiklandi.  Tiglatpalasar 

III  zamonida  asosiy  e’tibor  yana  g‘arb  mamlakatlariga  qaratildi.  Janubda  ham  unga  omad 

kulib boqdi. Bobil uchun ossuriyaliklarga qarshi kurash olib borgan xaldey qabilalari ustidan 

g‘alaba  qozonildi.  Tiglatpalasarning  o‘zi  Pulu  nomi  bilan  Bobilda  toj  kiygan.  Bu  orqali 

Ossuriya  ma’lum  darajada  moyil  siyosat  va  diplomatiyaga  ega  ekanligini  namoyish  qildi, 

chunki Bobilga maxsus maqom berildi. 

Sargon  II  xukmronligi  davrida  Ossuriyaning  tashqi  siyosati  quyidagilar  bilan 

tavsiflanadi:  

1) 

tashqi  siyosatga  oid  barcha  an’anaviy  yo‘nalishlarning  yagona,  o‘zaro  bog‘liq 



tugunga chatishib ketishi; 

2) 


harbiy  harakatlarning  hujumkor  xususiyatga,  ya’ni  yangi  yerlarni  bosib  olish 

intilishiga  ega  emasligi,  balki  asosan,  jazo  sifatida  zabt  etilgan  xududlarni  bo‘ysundirilgan 

xolatda saqlab qolishga qaratilganligi.  

Sinaxxerib  esa  (  mil.  avv.  705  -  681  yy  )  o‘z  hujumlarini  asosan  ikki  yo‘nalishda  ( 

g‘arbiy  va  janubiy  )  olib  bordi.  G‘arbda  Ossuriyaga  qarshi  koalitsiya  (ittifoq)  tuzildi. 

Sinaxxerib  unga  qarshi  shiddatli  kurash  olib  bordi.  Natijada  koalitsiya  ishtirokchilari  birma-

bir  jazolandi  va  Ossuriya  xokimiyati  ostiga  qaytarildi.  Xukmronligining  butun  davri 

davomida  Sinaxxeribning  o‘y-fikrlari  Bobilga  qaratilgandi.  Ossuriyaga  qarshi  Bobil-Elam-

Dengiz  bo‘yi  (O‘rta  yer  dengizi)  -  arablar  ittifoqi  doim  mavjud  edi.  Miloddan  avvalgi  689 

yilda  Sinaxxerib  Bobilni  shafqatsizlarcha  yer  bilan  yakson  qilib  tashladi.  Sinaxxeribning 

o‘g‘li  podsho  Asarxaddon  (mil.avv.  681-669  yy.)  “Bobil  masalasini”  xal  etishni  tashqi 

siyosatining  birinchi  galdagi  vazifasi  deb  xisobladi.  Sharqiy  yo‘nalishda  Ossuriya  uchun 

havfli vaziyat yuzaga keldi. Midiyaliklarning Ossuriyaga qarshi tuzgan ittifoqiga manneylar, 

kimmeriylar,  skiflar  va  boshqalar  kirdi.  Miloddan  avvalgi  674-673  yillarda  Ossuriya 

Kashtariti  (Fraort)  boshchiligidagi  qo‘zg‘oloni  bostirishga  urindi,  lekin  muvaffaqiyatsizlikka 

uchradi.  Natijada  mustaqil  Midiya  podsholigi  barpo  etildi.  Biroq  Ossuriya  diplomatiyasi 

koalitsiya  (ittifoq)  a’zolarini  bir-biridan  ajratib,  qo‘zg‘olon  ko‘lamini  kamaytirishga  erishdi. 

Miloddan  avvalgi  674  va  671  yillardagi  yurishlar  natijasida  Ossuriya  o‘zining  eng  ulkan 

istilosini  amalga  oshirdi  -  Misrni  zabt  etdi.  Ammo  Ossuriyaning  Misr  ustidan  xukmronligi 

mustahkam emasdi va uzoqqa cho‘zilmadi.  

Asarxaddon o‘g‘li - Ashshurbanapalga (mil. avv. 668\635-627 yy.) ulkan saltanat meros 

bo‘lib qoldi. Ashshurbanapal boshqaruvi davrida Ossuriyaning tashqi siyosati ikki bosqichga 

bo‘linadi.  Xukmronligining  birinchi  yarmi  (mil.  avv.  654  yy.)  Yaqin  Sharqda  Ossuriya 

ustivorligining  saqlanib  qolishi  va  mamlakat  gullab  yashnaganligining  davom  etishi  bilan 

tavsiflanadi.  Xaddan  tashqari  zo‘r  berishlar,  qarshilik  ko‘rsatuvchilar  va  qo‘zg‘olonchilar 

ustidan  shafqatsiz  jazolar  evaziga,  hamda  josuslik  faoliyatining  mohirona  tarzda  yo‘lga 

qo‘yilganligi  va  tajribali  diplomatiyaning  harakatlari  tufayli  Ossuriya  gegemon  maqomini 

vaqtinchalik saqlab qola oldi. Bunga kimmeriylar va skiflar bilan tuzilgan ittifoq ham yordam 

berdi.  Miloddan  avvalgi  VIII  asrning  o‘rtalarida  Ashshurbanapal  xukmronligi  davridagi 

Ossuriya  tashqi  siyosatining  ikkinchi  bosqichi  boshlandi.  Mamlakatda  siyosiy  inqiroz  bora-

bora  avj  olib  bordi.  Ushbu  inqiroz  Old  Osiyoda  ossuriyaliklar  tomonidan  bo‘ysundirilgan 

davlatlar  va  xalqlarning  eng  yirik  qo‘zg‘olonida  keskin  tarzda  namoyon  bo‘ldi.  Qo‘zg‘olon 

mil.  avv.  654-648  yillarda  eng  yuqori  cho‘qqisiga  chiqdi.  Ossuriyaga  qarshi  chiqishlar  yuz 



 

berganligining o‘zi Bobil atrofida ulkan kaolitsiyaning (ittifoqning ) jipslashishiga olib keldi. 

Koalitsiyaga  Elam,  xaldey-aramey  knyazliklari  va  O‘rta  yer  dengizi bo‘yi qabilalari,  Suriya, 

Finikiya  va  Ossuriyaning  viloyatlari  kirdi.  Ossuriya,  ittifoqchilarning  o‘zaro  ziddiyatlaridan 

foydalanib, bu safar ham qo‘zg‘oloni shafqatsizlarcha bostirishga erishdi.  

Biroq,  ichidan  yemirilgan  Ossuriya  saltanati  Bobil  va  Midiyadan  iborat  qudratli 

ittifoqqa  qarshi  dosh  bermadi  va  parchalanib  ketdi.  Ossuriya  diplomatiyasi  tarixiga  oid 

manbalarda  talaygina  va  rang-barang  ma’lumotlar  mavjud.  Podshoga  taaluqli  yozuvlar  ular 

orasida  birinchi  o‘rinda  turadi.  Asosan  Nineviya  shahri  arxivida  saqlanib  qolgan, 

podsholarning yozishmalari bizlargacha ko‘plab miqdorda etib kelgan.  

Ossuriya va unga qaram bo‘lgan davlatlar o‘rtasida shartnomalar og‘ishmay bajarilishi 

lozim edi. Shartnomani tuzish marosimi sexr-jodu va taomillariga oid amallar, xudolar qasam 

ichishlar  bilan  birgalikda  oldida  amalga  oshirilardi  va  ular  muqaddas  ittifoq  kuchiga  ega 

bo‘lardi.  Shartnomani  buzish  eng  tabarruk  qoidalaridan  xatlab  o‘tishni  anglatardi.  Bu  esa 

shafqatsizlarcha jazolanardi. 

Lekin  shartnoma  bo‘yicha  kichik  xamkorlar  uchun  mann  etilgan  ishlarga 

ossuriyaliklarning o‘zlari bemalol, hech qanday vijdon azoblarisiz qo‘l urishardi. 

Turli  davlatlar  bilan  do‘stona  munosabatlarni  qadrlagan  Ossuriya  podsholari  sulolaviy 

nikohlar  va  xukmron  xonadonlar  bilan  qarindoshchilik  aloqalarini  o‘rnatishga  ma’lum 

darajada  axamiyat  berishgan.  Ossuriya  davlati  xukmronligi  davrida  garovga  olish  amaliyoti 

tinchlik  munosabatlarini  kafolatlash,  imzolangan  shartnomalarga  rioya  qilish,  Ossuriya 

xokimiyatiga bo‘ysunish elementlarining biri sifatida qo‘llanardi.  

Tobe  podsholar  tomonidan  o‘zlarining  o‘g‘illarini,  sodiqligi  kafolati  sifatida,Ossuriya 

xukmdorlari saroyiga yuborishi garovga olish amaliyotining eng tarqalgan shakli edi. 

Ossuriya  podsholari  odatda  boshqa  davlatlardan  kelgan  shox  nasliga  oid  qochoqlarni 

jon deb qabul qilishardi va saroyda ushlab turishardi. Ossuriya podsholari ushbu insonlardan 

o‘zlarining siyosiy o‘yinlari va diplomatiyasida foydalanishdan manfaatdor edilar. Buni o‘zga 

davlatlar xukmdorlari yaxshi tushunardilar. 

Miloddan  avvalgi  I    ming  yillikda  muzokaralar  olib  borish  va  elchiliklar  jo‘natish 

davlatlararo  munosabatlarda  odatiy  xol  edi.  Tinchlik  muzokaralarini  olib  borish 

Ashshurbanapal  davrida  keng  quloch  yoydi.  Zero  Ossuriya  davlati  maksimal  darajada 

kengayib  ketdi,  endi  esa  uning  oldida  zabt  etilgan  hududlarni  tobe  xolatida  saqlab  qolish 

vazifasi  turgandi.  Buning  uchun  esa  nafaqat  harbiy  kuchlar,  balki  diplomatiyaning  barcha 

usullari va nayranglari zarur edi. Ashshurbanapal iloji bor joyda masalani tinch vositalar bilan 

xal  etishga  intilgan,  chunki  harbiy  ustunlik  har  doim  xam  samarali  bo‘lmagan  va  kuchlarni 

xaddan  tashqari  safarbar  qilishni  talab  qilgan.  Ossuriya  xukmdorlari  o‘zlari  olib  borgan 

muzokaralar  natijasi  bo‘yicha  jiddiy  ikkinlanishlar  xis  qilgan  paytlari  ham  bo‘lgan. 

Ashshurbanapalning  Shamashshumukin  qo‘zg‘oloni  qatnashchilari  bilan  olib  borgan 

muzokaralari to‘g‘risidagi ma’lumotlar saqlanib qolingan.  

Ossuriya  xukmdorlarining  diplomatik  xarakatlari  g‘oyat  muvaffaqiyatli  bo‘lib  chiqdi. 

Ular  Shamashshumukin  qo‘zg‘oloni  ishtrokchilarining  safini  buzishga  va  mag‘lubiyatga 

uchratishga yordam berdi. 

Muzokaralar olib boradigan tomonlarning bir-biriga murojaat qilish tartibi to‘g‘risidagi 

masalani ko‘rib chiqish lozim. “Birodar” va “birodar” (yoki “og‘a” va “ini”), “ota” va “o‘g‘il” 

- ushbu so‘zlar davlatlar - xamkorlar o‘rtasidagi munosabatlarning turli nyuanslarini (sezilar-

sezilmas  farqlarni,  tafovutlarni)  ifoda  etardi.  Ossuriyaning  boshqa  mamlakatlarning  ustidan 

xukmronligi  harbiy  kuch  vositasida  o‘rnatilgan  davrda  “xukmdor”  (yoki  “sulton”  )  -  “qul” 



 

formulasi  ko‘proq  ishlatilardi.  Bunday  tartibni  buzishga  urinishlar  yomon  oqibatlarga  olib 

kelishi mumkin edi. 

Ish yuritish Ossuriya davlatida ikki tilda olib borilardi: akkad tilining ossuriya shevasida 

va  aramey  tilida.  Diplomatik  tusdagi  hujjatlar  orasida  nomalar,  xatlar,  “muhrli  hujjatlar”, 

“uzuk osti” hujjatlar, oddiy “hujjatlar” (“tablichkalar”  - sopol parchalari), mahfiy maktublar, 

ma’lumotlar  va  boshqalar  tilga  olinadi.  Muzokaralarda  turli  darajadagi  omilkor  va  e’tiborli 

kishilar qatnashgan.  

Davlat  nomidan  muzokaralarni  podsholar,  shaxzodalar,  taxt  vorislari,  podsho 

amaldorlari:  abarakku,  rabshaku  va  boshq,  elchilar,  choparlar  (“mar  shipri”)  olib  borishgan, 

sarkardalar  va  aholi  istiqomat  qiladigan  joylarning  boshliqlari  ham  uchraydi.  Ossuriya 

razvedka  (josuslik)  xizmatining  juda  katta  va  ko‘p  tarmoqli  apparatiga  ega  edi.  Razvedka 

(josuslik) masalalari bilan odatda shaxzoda - taxt vorisi shug‘ullanardi. 

Ashshurbanapal  ham,  taxt  vorisi  deb  e’lon  qilingandan  so‘ng  razvedka  (josuslik) 

masalalari  bilan  faol  shug‘ullandi.  Ashshurbanapalning  podsholik  davrida  esa  razvedka 

(josuslik)  Ossuriya  tashqi  siyosatining  ehtiyojlarini  qondirish  yo‘lida  g‘ayrat  bilan  ishlardi. 

Ossuriya  diplomatiyasining  harakatlari  xamkor  -  davlatlarning  ichki  ziddiyatlarini,  ushbu 

davlatlar  tarkibidagi  turli  viloyatlarning  va  ayniqsa  qabilalarning  separatizmini,  ularning 

boshqa davlatlar bilan qarama-qarshiligini xisobga olgan holda amalga oshirilardi. Bularning 

barchasi  haqidagi  ma’lumotlarni  Ossuriya  ma’muriyatiga,  shu  jumladan  diplomatiya 



xizmatiga, razvedka (josuslik) yetkazib berardi. 

Download 186,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
toshkent davlat
respublikasi axborot
O'zbekiston respublikasi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
saqlash vazirligi
bilan ishlash
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
qarshi emlanganlik
covid vaccination
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
haqida umumiy
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti