Adabiyoti Eron adabiyotini shartli ravishda 3 bosqichga boʻlish mumkin: qadimiy, oʻrta asr va zamonaviy. Eron adabiyotining ilk namunalari qadimiy fors tilida yaratilgan. Qahramonlik eposining dastlabki koʻrinishlari Axomaniylar davriga mansub mixxat bitiklarida oʻz aksini topgan. Eron arablar tomonidan zabt etilib (7-asr), uning hududi xalifalik tarkibiga kirgandan soʻng Eron adabiyoti arab tili va islom taʼsirida shakllandi. 9-asrga kelib adabiyotda fors tilining mavqei kuchaydi. 10-asrning 2-yarmidan boshlab fors tili Sharqda sheʼriyat tili darajasiga koʻtarildi. 10—15-asrlar Eron nazmining yuksalish davri hisoblanadi. Bu davrda Firdavsiy, Umar Xayyom, Saʼdiy, Rumiy, Hofiz kabi dunyo adabiyotining yorqin yulduzlari oʻzlarining oʻlmas asarlarini yaratdilar. Ularning sheʼriyatida gumanizm, insonning ulugʻ mavjudot ekanligi, maʼnaviy barkamollik sari intilish gʻoyalari tarannum etildi. Fors adabiyotining durdonasi boʻlmish Firdavsiyning „Shohnoma“ dostoni maydonga keldi. Bu davrda Eron adabiyotining mumtoz janrlari boʻlgan ruboiy, qasida, gʻazal va qitʼa yanada takomillashdi. Shu bilan birga Abdullo Ansoriy, Farididdin Attor va boshqalarning asarlarida sufiylik tariqati gʻoyalari oʻz aksini topdi. Moʻgʻullar tomonidan Eronning ishgʻol etilishi (1220—56) natijasida madaniy hayot inqirozga yuz tutdi. 13-asrning 2-yarmiga kelib Eron adabiyotida madhiya va qahramonlik eposlari rivoj topdi. Meʼmorligi Eron hududidagi meʼmoriy yodgorliklar uzoq oʻtmishga borib taqaladi. Eronda neolit davriga oid paxsadan qurilgan turar joylar (Koshon yonidagi TepeSialk, Sheroz yaqinidagi TaliBakun) topilgan. Midiya qirolligi davri (miloddan avvalgi 1-ming yillikning 1-yarmi)da uning poytaxti Ekbatana atrofida (hozirgi Hamadon) istehkom devorlari barpo etilgan. Axomaniylar davrida saroy meʼmorligi keng rivoj topdi (Pasargada, Persepolis, Suzadagi saroy majmualari). Axomaniylar saroy meʼmorlik uslubiga hashamatlilik, hayvon haykalchalari bilan bezatilgan baland ustunlar xos. Asosiy qurilish materiallari — xom gʻisht, tosh va yogʻoch. Toʻrtburchak shaklidagi zardushtiylik ibodatxonalari ham shu davrga mansub meʼmoriy yodgorlik hisoblanadi. Parfiya qirolligi davrida hovli tomoni ochiq ayvonli saroylar qurilgan. Sosoniylar davrida shaharlar tez surʼatlar bilan barpo etila boshlandi. Shaharlar doirasimon yoki toʻgʻri toʻrtburchak tarhli qilib, qalin devor bilan oʻraldi. Bino qurilishida tosh, pishiq gʻisht, yogʻoch ishlatilgan, tom qismi esa yoysimon shaklga ega boʻlgan. Keyinchalik gumbazlar paydo boʻlgan. Sosoniylar davri saroylariga hashamatli ayvon va baland ustunlar xos. Eronning arablar tomonidan zabt etilishi (7-asr) meʼmorlikda yangi uslubdagi binolarning paydo boʻlishiga olib keldi. Bu davrda koʻplab karvonsaroy, masjid, minora, maqbara, tim, madrasa va hammomlar qurildi. Devor bilan oʻralgan qoʻplab shaharlar barpo etildi. Shaharning 4 darvozasini bogʻlovchi 2 asosiy xiyobonning kesishgan nuqgasi saroy, bozor va masjid joylashgan markaziy maydonni tashkil etdi. Baʼzi hollarda shahar markazida ark barpo etildi. 12-asrga kelib masjid qurilishida Eronga xos uslub paydo boʻldi (toʻrt tomoni ayvon va boloxonalar bilan qurshalgan hovli hamda gumbazli bino). Demografiyasi Eron aholisi 70,472,000 kishini tashkil qiladi. Eroning rasmiy tili fors tilidir, ammo Eronning 30 % aholisi turkiy tilli xalqlardan tashkil topgan
Do'stlaringiz bilan baham: |