Mavzu: Qadimgi davr O’zbekiston hududida foydalanilgan tangalar Reja



Download 158,33 Kb.
bet5/8
Sana07.12.2022
Hajmi158,33 Kb.
#880681
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tangalar

Madaniyati

Kushon shahzodasi, Dalvarzin tepa, 1-asr.


Kushon podsholigi RimParfiya va Xitoy bilan har jihatdan bellasha olgan qadimiy Sharqdagi eng qudratli saltanatlardan biri boʻlib, 2 asr mobaynida osiyoliklarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotiga katta taʼsir oʻtkazgan. Bir saltanat tarkibida 1 necha mamlakatlar, xalq va elatlarning birlashuvi turli madaniyatlarni oʻzaro yaqinlashtirdi, davr madaniyatlari Baqtriya, yunon, sak va hind madaniyatlarini mujassamlashtirdi. Ammo, Kushon podsholigi madaniyati tarixining ayrim jihatlari hanuz noaniq boʻlib, tarixchi, sharqshunos va arxeolog olimlar ularga oydinlik kiritish uchun izchil va chuqur ilmiy tadqiqot olib bormoqdalar. Chunonchi, bu borada 1913 va 1960-yillarda London, 1968-yil Dushanbe, 1970-yil Kobulda xalqaro simpoziumlar oʻtkazildi, YUNESKO qoshidagi Markaziy Osiyo tarixi va madaniyatini oʻrganish komissiyasi esa kushonlar tarixi va madaniyatini oʻrganishni oʻz oldiga asosiy vazifalardan biri qilib qoʻydi.
Arxeologlar Kushon madaniyatiga oid Bagram, Balx, Began, Surxkxoʻtal (Afgʻoniston), Kosambi (Hindiston), Sirsukx, Taksila (Pokiston), Ayritom, Bozorqala, Dalvarzintepa, Zartepa, Koʻhna Voye, Termiz, Xayrobodtepa, Xolchayon (Oʻzbekiston), Kayqubodshoh, Koʻhnaqalʼa, Shaxrinav, Munchoqtepa (Tojikiston)da qazish ishlari olib bordi. Arxeologik topilma va koʻhna yozma manbalar asosida kushonlar madaniyatiga doyr quyidagi muhim ilmiy maʼlumotlar aniqlandi: burjli mustahkam mudofaa devoriga ega boʻlgan shahar qurilishi taraqqiy etgan, bir necha oʻnlab shunday shaharlar, koʻplab yirik sugʻorish inshootlari qurilgan. Shaharlar ichida arklar mavjud boʻlib, ularning atrofini turli binolar majmuasi qurshab turgan. Kushon podsholigining shim.-gʻarbiy hududlaridagi binolar qurilishida koʻproq xom gʻisht va paxsadan, jan.-sharqida esa toshdan foydalanilgan. Shaharlar, odatda, daryo boʻylarida, strategik jihatdan qulay joylarda bunyod etilgan. Ular podsho saroyi, boy-zodagonlar va hunarmandlar mahallasi, koʻcha va maydonlar, hovoʻzlar, turli dinlarga mansub inshootlar, ekinzor va bogʻlardan iborat boʻlgan. Uylar koʻp xonali, hashamatli boʻlib, baʼzilari ikki qanatliqilib qurilgan. Hovli sahni, xonalar poli, zinalar va boshqalarda turli hajmdagi pishiq gʻishtlar qoʻllanilgan. Ayvon yogʻoch ustunlari ostiga ohaktoshdan yoʻnilgan chiroyli tagkursilar oʻrnatilgan. Tomdan toʻshadigan suvlar uchun maxsus sopol tarnovlar ishlatilgan. Bino va xonalar haykaltaroshlik, tasviriy sanʼat asarlari bilan bezatilgan. Haykal va rasmlarda, asosan, podsholar, podsho xonadoni aʼzolari, boy-zodagonlar, sozanda va masharabozlar tasvirlangan (mas, Xolchayonda). Budda diniga mansub inshootlarda esa Budda va uning safdoshlari, izdoshlari, kohinlar va xizmatkorlar ifodalangan (mas, Ayritom, Dalvarzintepa, Qoratepa, Fayoztepatsa). Haykallar, asosan, ohaktosh, loy va ganchdan tayyorlangan, ular orasida sirtiga tilla suvi yuritilganlari ham bor. Devoriy suratlarda esa diniy va bazm marosimlari, tabiat manzaralari, suvoriylar tasvirlangan. Kulolchilik taraqqiy etgan, topilgan sopol idishlar xilma-xilligi va oʻzining nozik, jarangdorligi bilan alohida ajralib turadi. Amaliy sanʼat keng rivojlangan, uning eng yaxshi namunalari Sankt-Peterburgdagi Davlat Ermitajida saqlanmokda. Zeb-ziynat buyumlari, mehnat va jang qurollari yasash, mato toʻqish taraqqiy etgan. Kanishka I davrida Kushon-Baqtriya tili davlat tili sifatida qabul qilingan. Aholi, asosan, buddizm dinining mahayana mazhabiga eʼtiqod qilgan, koʻplab budda ibodatxonalari qurilgan, shuningdek, otashparastlik, hinduizm ham keng tarqalgan. Kanishka buddizm tarixida birinchi boʻlib vaqt-vaqti bilan diniy yigʻin chaqirib turishni joriy etgan. Dastlabki yigʻinda buddizmning mazkur yangi mazhabi — mahayana rasmiylashtirilgan. Bu esa buddizmning Osiyo mamlakatlarida keng tarqalishiga, uning jahon dinlaridan biriga aylanishiga sabab boʻlgan. Topilgan tangalarning orqa tomonida turli maʼbudlar — Mixra-Mitra (Quyosh maʼbudi), Otash (olov maʼbudi), Farr (omad va maʼmurchilik maʼbudi) va boshqa tasvirlanganligi buni isbotlaydi. Saltanatda savdoning rivojlanishi yozuvning keng koʻlamda tarqalishiga imkon yaratgan. Oromiy yozuvi asosida sugʻd va xorazmiy yozuvlari vujudga kelib, taraqqiy etdi. Hind alifbosiga asoslangan kharoshthi yozuvi namunasi ilk bor Termizdan, teri va taxtaga bitilgan xorazmiy yozuvi namunasi esa Tuproqqalʼadan topildi. Kushon podsholigi yerdaridan oʻtgan Buyuk ipak yoʻli tashqi savdoning rivojlanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatganligi aniqlandi. Kushon podsholari zarb qilgan oltin, kumush va mis tangalar Efiopiya, Skandinaviya, Italiya va boshqa koʻpgina mamlakatlarda topildi. Bu esa Kushon podsholigi chet mamlakatlar bilan keng miqyosda savdo va madaniy aloqalar olib borganligidan dalolat beradi. Sharkdan olib kelingan ipakka Gʻarb bozorlaridagi mollar almashtirilgan. Umuman savdoda koʻp tovarlar qatori dorivorlar, Rim tilla tanga va taqinchokdari, fil suyaklari va undan tayyorlangan turli buyumlar hamda „tirik tovar“ — sozanda, raqqosa va hunarmand qullar ham boʻlgan. Kushon podsholigining dastlabki poytaxti Oʻzbekistonning jan.dagi Dalvarzintepada boʻlgan, podsho Kanishka davrida esa Peshovar shahriga koʻchirilgan. Ayni shu davrda badiiy, sanʼat maktablari (Gandhara, Matxura, Baqtriya) shakllandi. Kanishka adabiyot va sanʼat homiysi boʻlib, Kashmir viloyatida Kanishkapur shahriga asos soldi. Uning saroyida mashhur buddaviy olimlar Pareva va Vasumitra, buyuk shoir va faylasuflar Ashvagxosha, Matricheta, Vagarjuva hamda Charaka yashab ijod qilgan.
Kushon podsholigiga doir yozma manba va arxeologik topilmalar kushonlar madaniyatini oʻrganish, ularning Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston xalqlari madaniyati taraqqiyotida tutgan oʻrnini ilmiy baholashda muhim ahamiyatga ega. Kushon podsholigi siyosiy tarixi va madaniyati oʻtmishining hali toʻla, haqqoniy yoritilmagan jihatlari koʻp boʻlib, Oʻzbekiston, Hindiston, Fransiya, AQSH, Italiya, Vengriya, Tojikiston, Afgʻoniston, Rossiya, Yaponiya olimlari ularni aniqlash borasida chuqur, izchil i. t.larni davom ettirmoqda. Kushon davlati haqida tarix kitoblari keng maʼlumot beradi. Markaziy Osiyoda imperiyalarning eng qadimiysi, davriy jihatdan eng yashovchani (milodiy I-IV asrlar) Kushon davlati boʻlgan. Oʻz davriga nisbatan mislsiz ulkan mintaqalarni egallagan Kushon davlati chegaralari — sharqda Xitoy, gʻarbda Kaspiy dengizi, janubda Hindiston va shimolda Orol boʻylarigacha etib borgan. Qadimgi dunyo madaniyatining uch yirik manbai — hind, fors va turk xalqlari tutashgan markaziy zaminda tashkil topgan ulugʻ davlat.
Yuechjeylarning eramizdan avvalgi II asr oʻrtalarida Grek-Baqtriya davlatiga bostirib kirishi ushbu davlatni tamomila tugatilishiga olib keldi. Yuechjeylarning dastlabki mulklari shimoliy Baqtriya hududlarida boʻldi (zamonaviy Oʻzbekistonning janubiy hududlari va Tojikiston). Kusxon davlati eramizning 1-asri birinchi yarmida yuechjeylar davlati amirliklaridan biri Kusxonning yuksalishi oqibatida yuzaga keldi. Kusxon xitoychada Guyshuan deb talaffuz qilinib, yuechjey qabilalaridan birining nomi boʻlish ehtimoli bor. Davlat asoschisi yabgu (amir) boʻlgan. Keyinchalik podshoh Kudjula Kadfiz hukmronligi ostida kusxonlar hozirgi Afgʻoniston va Pokistonning katta qismini bosib oldilar. Uning merosxoʻri X hukmronligi davrida kusxon mulklariga Hindistonning katta bir qismi qoʻshildi. Kusxon davlatining gullab-yashnashi Kanishka hukmronligi davriga toʻgʻri keldi (taxminan eramizning 78-123 yillari). Oʻsha davrda poytaxt Baqtriyadan Peshovorga koʻchirildi, mamlakat sarhadlari esa Hindiston va Xoʻtongacha boʻlgan oʻlkalarni qamrab oldi. Markaziy Osiyoda Kusxon davlatining chegaralari hozirgi Oʻzbekiston janubidagi Hisor togʻ tizmalari choʻqqilaridan oʻtgan. Oʻsha yerdagi baland togʻ daralarida (Darband) mustahkam chegara inshootlari qad koʻtardi. Oʻsha davrlarda davlat sarhadlarida yangidan-yangi shaharlar qad koʻtardi, Hindiston, Xitoy va Rim imperiyasi bilan savdo munosabatlari oʻrnatildi. Pompeyda olib borilgan qazish ishlari mobaynida kusxon tangalari hamda kusxon ustasi tomonidan suyakdan yasalgan figuralar topildi. Kusxon davrida meʼmorchilik yuksak rivojlandi. Ayniqsa saroylar va ibodatxonalar qurilishiga katta eʼtibor qaratildi. Kusxon hukmdorlarining Xolchayondagi saroyida va eski Termiz va Dalvarzindagi budda ibodatxonalarida yuqori badiiy did bilan ishlangan devor chizgilari va haykaltaroshlik namunalari yaxshi saqlanib qolgan.
Xolchayon, Dalvarzin va Ayritomda olib borilgan qazish ishlari davomida kusxon ustalarining yuksak mahoratidan dalolat beruvchi bronza idishlar, muhtasham shagʻamsupalar, koʻzgular hamda zargarlik mahsulotlari topilgan. Dehqonchilik imperiya iqtisodiyotining tayanchi boʻlgan. Yer hosildorligini oshirish maqsadida turli oʻgʻitlardan keng foydalinilgan. Togʻ oldi hududlari va choʻllar chorvachilik maqsadlarida foydalanilgan.
Termizda olib borilgan qazuv ishlari davomida oramiy tili asosida yozilgan xatlar topilgan. Kusxon kursiv xati oʻzining oʻtkir burchakli, kvadrat va aylana shaklidagi harflari bilan ajralib turar hamda oʻsha davrlarda juda keng tarqalgan edi. Kanishka davrida Kusxon davlatiga buddizm kirib keladi va tez orada davlat diniga aylanadi. Ammo shu bilan birga zardoʻshtiylik va mahalliy Oʻrta Osiyo, Hindiston, Eron, Yunoniston va Misr xalqlari dinlari ham oʻz kuchini yoʻqotmaydi. Kusxon davlati eramizning 3-asri birinchi yarmining oxirida barham topdi. Baktriya va Toxariston maxsus mulk huquqi ostida Sosoniylar imperiyasi tarkibiga qoʻshildi.

Download 158,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish