print(‘{0}ning yoshi — {1} da.’.format(‘Swaroop’, 26))
print(‘Nima uchun {0} Python bilan qiziqadi?’.format(‘Swaroop’))
Natija quyidagi rasmda ko’rsatilgan.
Bu qanday amalga oshadi:
Satrning ma’lum joylariga aniq bir qiymatni joylashtirish uchun satrning o’sha joylari ‘{0}’ va ‘{1}’ lar bilan belgilanadi. Python hisobni 0 dan boshlagani uchun birinchi belgilangan joyga 0 va ikkinchi belgilangan joyga 1 qo’yildi.
Biz bunday natijaga
'Swaroop' + 'ning yoshi' + '--' + str(26) + 'da'kabi yozib xam erishishimiz mumkin. Lekin ko’rib turganizdek bunday uslubda yozish qulay emas va biror xatolikka yo’l qo’yish oson.
Satrdagi ma’lum joylarni raqamlar bilan ifodalash shart emas. Quyidagicha yozsak ham bo’ladi:
print(‘{}ning yoshi — {} da.’.format(‘Swaroop’, 26))
print(‘Nima uchun {} Python bilan qiziqadi?’.format(‘Swaroop’))
va yuqoridagi kabi natija olish mumkin.
‘format’ metodi imkoniyatlari.
Kasr qiymatini mingdan bir aniqlikda olish mumkin:
>>> '{0:.3}'.format(1/3)
‘0.333’
Satrni ma’lum uzunlikkacha to’ldirish berilgan satrni markazda saqlagan holda:
>>> '{0:_^11}'.format('hello')
___hello___
Kalit so’zlar yordamida satrni xosil qilish:
>>>'{name}ning yozgan kitobi {lang} dasturlash tili xaqida'.format(name='Swaroop', lang='Python')
‘Swaroopning yozgan kitobi Python dasturlash tili haqida’
‘format’ metodi imkoniyatlariga keyinchalik yana qaytamiz.
Algoritm haqida tushuncha Quyida asosiy bloklar uchun foydalaniladigan shakllar keltirilgan:
Ushbu shakllar Xalqaro standart ISO 1028-73 asosida qabul qilingan.
Algoritmni ifodalash namunasi sifatida berilgan ikkita a va b sonlaridan kattasini topish algoritmini sxematik tarzda ifodalaymiz.
Algoritmning bu blok-sxema tarzidagi ifodasiga hojat yo’q. Faqat turli hollarda bu algoritmning to’g’ri ishlashini xayolan tekshirib ko’rish mumkin. Bu yerda 4-blok tarmoqlanish bloki bo’lib, boshqa bloklardan farqli undan 2 ta yo’nalishda («ha» yoki «yo’q») chiqish mumkin. Masalan, a=10; b=5 bo’lsa, u=10 deb olinib 4-blokdan so’ng 5-blokni tashlab 6-blokka o’tib ketiladi. Chunki 5>10 ga «yo’q» javob to’g’ri keladi.
Algoritmning blok-sxema tarzidagi ifodasining yana bir afzalligi undan uchinchi ko’rinishi, ya’ni algoritmik tildagi ifodasi (dastur)ga o’tishi ham juda oson bo’ladi. Chunki bunda har bir blok algoritmik tilning ma’lum bir operatori bilan almashtiriladi xolos.